Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi


bosqichlari……………………………………………………………………



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix05.08.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#138703
1   2   3   4   5   6   7
O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqish muammolari

bosqichlari…………………………………………………………………… 
18 
2.2. O‘zbekistonning jahon bozoriga kirib borishining ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolari………………………………………………………………….. 
26 
Xulosa……………………………………………………………………….. 
36 
Foydalanilayotgan adabiyotlar…………………………………………… 
38 




Kirish 
Mavzuning dolzarbligi
: Bugungi kunda davlatimizda ishlab chiqarilayotgan 
maxsulotlar hamda korxonalarni jahon bozoriga yaroqli raqobatbardosh qilib 
ishlab chiqarish hamda buni amalga oshirish maqsadida avvalo ishchi kuchini 
samaradorligini oshirishdir.Bozor iqtisodiyotiga o'tishning besh tamoyili 
konsepsiyasi Konsepsiya muallifi Islom Karimov qayd etgan ediki, «O'zbekistonda 
bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'lini varatish uchun zamin vo'q 
emas. 
1
Sharqda odamlar azaldan savdo-sotiq bilan shug'ullanganlar. Agar birinchi 
yo`nalish, O`zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko`lamda xom ashyo, tayyor 
mahsulotlar, texnalogiyalar, fan-texnika axborotlari bozoriga kirib borishini 
ta`minlasa, unga qudratli transport tarmoqlari va aloqa vositalaridan foydalanish 
imkoniyatini yaratsa, ikkinchi yo`nalish, respublika iqtisodiyotini keng ravishda 
jahon hamjamiyatiga birlashuvining iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslarini 
yaratish imkonini beradi.`zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan 
boshlab jahon tajribasini hamda milliy iqtisodiyot rivojlanishning o`ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olgan holda o`z tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga 
oshirishini bildiradi. 
Oʻzbekistonning samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini 
taʼminlash maqsadida soʻnggi yillarda mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining muhim asosi sifatida aholi salomatligi 
uchun maqbul sharoitlarni yaratish va ekologik muvozanatni saqlashni 
takomillashtirishga yoʻnaltirilgan yangi bosqichdagi tizimli islohotlar olib 
borilmoqda. 
Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar — odam organizmi va 
ekotizimlarda qayta tiklab boʻlmas oʻzgarishlarga olib keluvchi xavfli kimyoviy 
birikmalardir. Ular oʻz-oʻzidan parchalanish xususiyatiga ega boʻlmagani sababli 
atrof-muhitda uzoq yillar mobaynida saqlanib qolishi mumkin. 
1
I.A.Karimov “Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo’lida” 106-bet 



Maʼlumotlarga koʻra, hozirgi kunda mamlakat hududida 90 ming tonnaga 
yaqin shu turdagi moddalar mavjud boʻlib, bunday xavfli kimyoviy birikmalar 
“Oʻzagrokimyohimoya” 
aksiyadorlik 
jamiyatining 
maxsus 
omborlarida 
saqlanmoqda. Oʻz-oʻzidan koʻrinib turibdiki, ular tabiat va inson salomatligi 
muhofazasida jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Turgʻun organik 
ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 
22-may) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun bu boradagi dolzarb 
muammolarni hal qilish, buning uchun zarur amaliy yechimlar va mexanizmlarni 
ishga solishga qaratilgan. 
Qonun Oʻzbekistonda turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar bilan bogʻliq 
ekologik holatning yaxshilanishida, qolaversa, aholi, atrof-muhit, oʻsimlik va 
hayvonot dunyosiga yetkazilishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni bartaraf 
etishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur Qonun bilan 2001-yil 22-mayda Stokgolm 
shahrida qabul qilingan va 2004-yildan kuchga kirgan konvensiya milliy 
qonunchilikka ratifikatsiya qilindi. Konvensiya 30 ta moddadan iborat boʻlib, 
hozirgi kunda 182 davlat uning ishtirokchisi hisoblanadi. 
Mamlakatning ekologik xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasi bilan bogʻliq 
masalalarda mazkur xalqaro hujjatni ratifikatsiya qilishning bir qator afzalliklari 
bor. Avvalo, turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar bilan ishlashda hamda 
hozirgi ekologik qonunchilikda yangi xalqaro standartlar joriy etiladi 
Eng muhimi, Oʻzbekistonning jahon bozoriga oʻz mahsulotlarini eksport 
qilishida imkoniyatlar eshigi keng ochiladi. Yaʼni, mamlakatda yetishtirilgan 
mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi bozorlariga eksport qilishda qoʻshimcha tarif 
ustunliklarini olishni yanada tezlashtirishga sharoit tugʻdiradi. Natijada 
mahsulotlarning tashqi savdo hajmi va geografiyasi kengayadi. Istiqbolda 
Oʻzbekistonning 6000 dan ziyod mahsulot turlari boʻyicha Yevropa Ittifoqi 
mamlakatlari bilan boj toʻlovlarisiz erkin savdo qilish imkoniyati yaratiladi. Bu esa 
eksport hajmini qariyb 3 baravar, yaʼni 1,3 milliard AQSH dollarigacha oshirishi 
mumkin. 



Qonun majburiy xarakterga ega, aholi salomatligi va atrof-muhitni turgʻun 
organik ifloslantiruvchi moddalardan muhofazalash maqsadida ularni keskin 
qisqartirishga, tashlanmalarini toʻxtatishga hamda odam organizmida va 
ekotizimlarda qayta tiklab boʻlmas oʻzgarishlarga olib keluvchi 12 ta xavfli 
birikma (keyingi toʻldirishlarni hisobga olgan holda 26 ta modda) ishlab 
chiqarilishini, ishlatilishini chegaralash yoki taqiqlashga yoʻnaltirilgan. 
Qolaversa, mazkur Konvensiya ratifikatsiya qilinganidan soʻng ikki yillik 
muddatda turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalarni ekologik xavfsiz yoʻl bilan 
yoʻq qilishga doir milliy harakatlar rejasi ishlab chiqiladi. Uni hayotga tatbiq 
etishda esa, mamlakatda moliyaviy hamda ilgʻor texnologiyalardan foydalanish 
imkoniyatlarining mavjudligi, davlat tomonidan ishlab chiqilgan dasturni amalga 
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Xulosa oʻrnida aytganda, Oʻzbekistonning ushbu Konvensiyaga qoʻshilishi 
qoʻyidagi imkoniyatlarni yaratadi: 
– Turgʻun organik ifloslantiruvchilar bilan bogʻliq ekologik holatni 
yaxshilash, aholi, atrof-muhit, oʻsimlik va hayvonot uchun yuzaga kelishi mumkin 
boʻlgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish; 
– Konvensiya doirasida yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun 
rivojlanayotgan hamda iqtisodiyoti oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlarga koʻmak 
doirasida turgʻun organik ifloslantiruvchilarni ekologik xavfsiz yoʻq qilish 
boʻyicha moliyaviy resurslar va texnologiyalarga ega boʻlish; 
– Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa ittifoqi imtiyozlari (The EUʻs 
Generalised scheme of preferences (GSP)) Bosh tizimiga qoʻshilishi hisobiga 
milliy mahsulotlarni eksport qilish geografiyasi va hajmini kengaytirish. 
Ushbu 
Qonunningqabul 
qilinishi 
mamlakatdagi 
ekologik 
vaziyatni 
sogʻlomlashtirish, atrof muhit ifloslanishini sezilarli tarzda kamaytirishni 
taʼminlash tizimini takomillashtirish. 
Taʼkidlash oʻrinli, mazkur Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi 2017-2021-
yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi 
boʻyicha Harakatlar strategiyasining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish 



yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining beshinchi yoʻnalishida 
belgilangan: “mamlakatdagi ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish, atrof-muhit 
ifloslanishini sezilarli tarzda kamaytirishni taʼminlash tizimini takomillashtirish” 
chora-tadbirlariga ham hamohangdir. 
Bir soʻz bilan aytganda, Ushbu Qonunning amal qilishi Oʻzbekistonning 
jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada yuksaltirib, xalqaro imijiga ijobiy taʼsir 
koʻrsatadi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin