Angren universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 103,31 Kb.
səhifə6/13
tarix10.07.2023
ölçüsü103,31 Kb.
#136239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tursunbayeva X

Maxsulot orqali to’lash. Bu tushuncha barcha bitimlarni o’z ichiga oladi, bunda sotib oluvchi (import qiluvchi) mol yetkazib berish qiymatini, xususan, tovarlar savdo-sotigining kelajakda shu tovar ishlab chiqariladigan asbob-uskuna va dastgoxlar qiymatini to’liq yoki qisman to’laydi.



3. O`zbekiston Respublikasida eksport-import operatsiyalarini moliyalashtirish mexanizmi
O’zbekiston savdo aloqalarini moliyalashtirishni rivojlantirishga zarurat sezmoqda. Buning uchun tegishli iqtisodiy boshqaruv muayyan darajadan joriy operatsiyalar bo’yicha hisoblarning taqchilligi, o’rta muddatli kapitalga bo’lgan muhim talab, hukumatning investitsiya dasturi tomonidan moliyalashtirishga kafolat berishi lozim. Xalqaro munosabatlarga kirishishda O’zbekiston nol (ya'ni, sof) balans bilan ish yurita boshladi. 1992 yil noyabr oyida u nol variantli bitimni imzoladi va ushbu bitimga ko’ra, sobiq SSSRning tashqi mablag’lari va majburiyatlari Rossiyaga berildi. 1995 yil oxiriga kelib, O’zbekiston xalqaro agentliklardan muhim ahamiyatga ega bo’lgan mablag’larni oldi va bu mablag’larning kreditorlari, savdoni moliyalashtirishni ta'minlaydigan tijorat banklari bo’ldilar. Jahon banki tomonidan muhim moliyalashtirishlar uchun yo’l ochib bergan XVFning krediti kelishib olindi. O’zbekiston ETTBdan bir qancha kreditlar olgan. Deyarli, ko’pchilik qarzlar davlat tomonidan olingan, lekin ularning orasida xususiy sektor tomonidan olingan ayrim qarzlar ham bor. Moliya vazirligi tashqi qarzlari bo’yicha shartnomalarni tuzishni nazorat qilishga javobgardir. Bu sohada muhim operatsion javobgarlik O’zbekiston Milliy bankiga yuklatiladi va u davlat manfaatlariga mos kredit bitimlarini tuzadi hamda hukumatga qarzlami boshqarish bo’yicha texnik yordamni ta'minlaydi. O’zbekiston zahiralari mamlakatimizda va shuningdek, rivojlangan G’arb mamlakatlarining yetakchi banklarida hukumat zahiralari sifatida saqlanadi. Jahon bankining Markaziy Osiyodagi rasmiy missiyasi o’tkazgan tadqiqotlariga ko’ra, O’zbekistonning tashqi moliyalash-tirishga bo’lgan umumiy ehtiyoji 1993-99 yillarda taxminan 5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Xalqaro bank respublikaga 1 mlrd. AQSH dollari miqdorigacha mablag’ berishga tayyor ekanligini bildirdi. Iqtisodiy islohotlarning samaradorligi, bozor iqtisodi rivojlanish yutuqlari va xorijiy investorlaming ishonchini kozongan holda missiya umumiy to’lovlar miqdori 3-3,5 mlrd. AQSH dollariga yetishi mumkinligini ta'kidladi.

O’zbekistonda oxirgi ikki yilda, tashqi savdoni erkinlashtirish yo’nalishida muhim qadamlar qo’yildi: eksport qilishda cheklangan tovarlar sonini 176 tadan 4 tagacha kamaytirildi; respublikalararo savdoga qo’yilgan cheklashlar qisqartirildi; sobiq Ittifoq respublikalari bilan ikki tomonlama bitimlar imzolandi. Madomiki, tovarlar importi katta qismi davlatning ulgurji buyurtmalariga bog’liq bo’lib, strategik tovarlar eksporti esa, davlat tomonidan nazorat qilinar ekan, ushbu sohani erkinlashtirishga qaratilgan siyosat yuritilishiga qaramasdan, tashqi savdoningn markazlashganlik darajasi xali ham yuqoriligicha qolmoqda. Bu ayniqsa, paxta masalasida aniq kurinadi. Davlat mahalliy ishlab chiqarishning 60 foizgacha sotib oladi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi (shu nom bilan ataladigan sobiq vazirlik), o’zining 10 ga yaqin savdo kompaniyalari bilan eksport-import operatsiyalari bo’yicha asosiy hamkorlik qiladi. Bu tashkilot davlat zahiralaridan paxta sotib, tashqi savdo bo’yicha eng katta tovar aylanmasiga ega. Eksport va import qiluvchilar tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi litsenziyasini olish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligida ro’yxatdan o’tishlari shart. Xorijiy flrma import yoki eksportga litsenziya olishi uchun quyidagilarni Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligida ko’rib chiqish uchun taqdim etilishi shart. Xarid qilish(sotish) haqidagi imzolangan bitim nusxasi, tovarning kelib chiqishi to’g’risidagi guvoxnoma yoki hujjat rasmiy bayonoti, Moliya vazirligining guvoxnomasi - nizom, xorijiy hissadorlar to’g’risida umumiy ma'lumot, ya'ni kompaniya nomi, rasmiy manzillar, ro’yxatdan o’tkazish joyi va vaqti, kompaniyaga xizmat ko’rsatiladigan bankning tavsiyanomalari, boshqaruvchining ismi va familiyasi hamda millati ko’rsatiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi shuningdek, litsenziyalashni talab qiladigan tovarlar hamda hukumatlararo bitimlarda ko’rsatilgan tovar bo’yicha shartnoma va bitimlar bo’yicha ro’yxatdan o’tkazadi va maslahatlar beradi. Tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish, eksport-import operatsiyalarini tarifli va notarifli boshqarishni yaxshilash, eksport mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirishni rag’batlantirish maqsadlarida 1997 yilning 10 oktyabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovar (ish va xizmatlar) eksportini rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni qabul qilingan. Respublika eksport potentsialini oshirishni ta'minlash masalasini echish bilan birga, 1997 yil 1 noyabrdan boshlab, Farmonga muvofiq, maxsus mahsulotlarning bir necha guruhlaridan tashqari, barcha tovarlar uchun hamda tovarlar eksportini litsenziyalash uchun eksportga boj to’lovlari bekor qilinadi. Rakobatbardosh va qayta ishlashning yuqori darajasiga ega bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishni iqtisodiyotni islox qilishning ustuvor yo’nalishlaridan biri, deb hisoblangan holda, 1997 yil 1 noyabrdan boshlab, o’z ishlab chiqarishi mahsulotini erkin kovertirlanadigan valyutada eksport qilayotgan korxonalarga qo’shimcha imtiyozlar berildi. Xususan, ularga o’z mahsulotini oldindan to’lovsiz va akkreditiv ochmasdan, vakolatga ega bo’lgan banklarning kafolatlari bilan, xaridorlarga xizmat ko’rsatuvchi ishchilarsiz va amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgan valyuta tushumlari kirimi muxlatiga amal kilmasdan eksport qilish huquqi beriladi. Agar mahsulot eksporti bozor naxlaridan past narxlarda amalga oshirilsa, korxonalar uchun soliqqa tortiladigan bazasi eksport mahsuloti sotuvining haqiqiy narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Agar, eksport qilinayotgan tovarlar sotuvining umumiy hajmidagi ulushi 30 foiz va undan ko’prokni tashkil etsa, daromad soligi stavkasi amaldagi stavkaga qaraganda 2 barobarga pasaytiriladi. Eksport qiluvchi korxonalar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan rag’batlantiruvchi omil bo’lib, Farmonda qabul qilingan MDH davlatlariga o’z ishlab chiqarishi mahsulotini erkin konvertirlanadigan valyutaga eksport qiladigan korxonalarni aktsiz soligi va qo’shimcha qiymat soligidan, agar hukumatlararo bitimlarda boshqalar ko’zda tutilmagan bo’lsa, ozod qilish qarori hisoblanadi.

O’rnatilgan imtiyozlar manzilli yo’nalishga ega va qayta ishlashning yuqori darajasi bilan eksportga tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarni rag’batlantirish uchun qabul qilingan. Shu boisdan, ko’rsatib o’tilgan imtiyozlar savdo-vositachilik tashkilotlari, shuningdek, xom-ashyo (rangli va qimmatbaho metallar, kora metallar prokatiga, neft, tabbiy gaz, paxta tolasi) eksport qiladigan korxonalarga taalluqli emas.
Tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini ta'minlash va ishlab chiqarilayotgan mahsulotni reklama qilish maqsadida, Farmonga muvofiq, barcha mulk shaklidagi, o’z ishlab chiqarishning mahsulotini eksport qiluvchi ishlab chiqarish korxonalariga xorijda konsignatsiya shartlarida tovarlami yetkazib berish asosida, savdo uylari va vakolatxonalarga ochishga ruxsat etiladi.
Mamlakatda tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatini himoya qilishni ta'minlash va ichki bozorda ular ishlab chiqarayotgan mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida, importga yangi, birxillashtirilgan boj to’lovlari qayta ko’rib chiqildi va tasdiqlandi. Bunda 1998 yil 1 yanvardan boshlab, bojxona to’lovlari stavkasi tovar (ish, xizmat)ning bojxona qiymatida hisoblanadi.
Eksport-import operatsiyalari bilan shug’ullanadigan korxona va tashkilotlarning axborot ta'minotini yaxshilash maqsadida manfaatdor vazirlik va idoralarga joriy yilda davlat tashqi savdo statistikasi ma'lumotlarini tuplash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish bo’yicha zarur choralarni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Mamlakatlar va tashkilotlar uchun hech qanday imtiyozli ta'rif stavkalari mavjud emas. Kompaniyalar imtiyozli soliqlar uchun talabnoma berishlari mumkin; bu talabnoma faqat O’zbekiston RespublikasiningVazirlar Mahkamasi tomonidan qondirilishi mumkin.
O’zbekiston 1994 yilda bosh kelishuvda kuzatuvchi yuridik maqomini olishga talabnoma bergan bo’lsa ham, uning tarif tarkibi «Tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv» bilan bog’liq emas. Bundan tashqari, mamlakat xali tariflarning muvofiqlashtirilgan tizimini ishlab chiqqani yo’q.

O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari asosida, Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi tomonidan berilgan litsenziyalar bo’yicha, eksport-importi amalga oshiriladigan maxsus tovarlar ro’yxati:
1. Qurol-yaroq va harbiy texnika hamda ularni ishlab chiqarish uchun maxsus butlovchi mahsulotlar.
2. Qimmatbaho metallar, ulardan ishlangan mahsulotlar, kotishmalar, kontsentratlar, chikindilar, qimmatbaho tabiiy toshlar va ulardan ishlangan mahsulotlar; marvarid va undan ishlangan buyumlar, kaxrabo va undan ishlangan buyumlar.

  1. Uran (faqat uranning kontsentrantlari) va boshqa radioaktiv moddalar, ulardan ishlangan buyumlar va ularning chikindilari.

  2. Radioaktiv moddalar foydalanilgan asbob-uskunalar.


Yüklə 103,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin