Angren Universiteti Maktabgacha ta'lim tarbiya yo'nalishi


Ta’limning an’anaviy shakllarining ijobiy va salbiy tomonlari



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə5/7
tarix22.07.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#137166
1   2   3   4   5   6   7
Hozirgi zamon an\'anaviy ta\'limi

Ta’limning an’anaviy shakllarining ijobiy va salbiy tomonlari.

  • Biz o’qitish metodlarini sanash orqali o’qitish metodlaridan I. Yangi bilimlar berish metodi haqida to’xtalmoqdamiz. Bu metod o’z vazifasiga ko’ra tushuntirish, hikoya, maktab ma’ruzasi kabi metodlar yig’indisidir. Quyida shu metodlarning har birini alohida ko’rib chiqamiz.
  • Tushuntirish ayrim tushunchalar, voqealar, harakat prinsiplarini og’zaki talqin etishdir. Bu metodni qo’llash uchun avvalo o’qituvchi yangi materialni o’tishda o’qitadigan o’quv predmetining ilmiy mazmunini chuqur bilishi, dars uchun zarur materialni tanlay olishi va tushuntirishning samaradorligini belgilashi kerak. Darsni qiziqarli, mazmunli bo’lishini, o’quvchi va talabalarning psixologik yosh xususiyatlarini yaxshi bilishi, tushuntirishda diqqatini jalb eta olishi, o’qituvchining nutqi yorqin, tushunarli bo’lishi zarur.
  • Og’zaki bayon qilish metodining keyingi usuli bu hikoyadir. Hikoya – xabar shaklidagi yangi materialni yoritish usuli bo’lib, undan hamma sinflarda foydalansa bo’ladi. Hikoya metodini qo’llashda uning g’oyaviy yo’nalishini ta’minlash, yetarli miqdordagi yorqin va ishonarli misollar, dalillar, to’g’ri, tekshirilgan ma’lumotlar berish, asosiy fikr va muhim jihatlar bayon qilinishi, hikoya tushunarli, sodda tilda aytilishi, o’quv materiali yorqin ifodalanishi kerak.

Ta’limning an’anaviy shakllarining ijobiy va salbiy tomonlari.

  • Ma’ruza davomida beriladigan bilimni og’zaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida o’quvchi – talabalarning diqqatini tutib turish hamda ularning fikrlashini faollashtirish, dalillash, isbotlash, tasniflash, ta’riflar berish, tizimga keltirish, umumlashtirish kabi pedagogik usullardan foydalaniladi. Ma’ruzalarga asosan talaba va kollej, akademik litsey o’quvchilari jalb qilinadi. Umumta’lim maktablarining yuqori sinf o’quvchilarini oliy o’quv yurtiga o’qishga tayyorlash maqsadida ayrim fanlardan ma’ruzalar tashkil qilinadi. Ma’ruza rejasini aniq o’ylab, uni texnologiyalashtirish zarur. Reja bandlarining barchasida, ularning har birining maqsad, yakun va xulosalarini izchil bayon qilishda mantiqiy uyg’unlik bo’lmog’i kerak. Ma’ruza shunday sur’atda o’qiladiki, talaba, o’quvchi ma’ruzaning muhim joylarini yozaolsinlar. Shuning uchun ham o’qituvchi ma’ruzaning yozib olinadigan joylarini aniq ajratishi, zarur bo’lsa yozib olishlarini yengillashtirish uchun takrorlashi lozim. Ma’ruza zerikarli bo’lmasligi uchun talabalarning fikrini faollashtirish maqsadida ma’ruza davomida muammoli vaziyatlarni shakllantirish yaxshi pedagogik samara beradi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin