Angren universiteti mustaqil ish



Yüklə 223,5 Kb.
səhifə8/16
tarix05.04.2023
ölçüsü223,5 Kb.
#93741
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi. Estetikaning zamonaviy muammolari

Kulgililik. Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi. Arastu fikricha, kulgi ayrim xatoliklar hamda kishilarga ozor etkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib chiqaradi. Insondagi badjahllik, suskashlik, ziqnalik, subutsizlik, izzattalablik, shuhratparastlik kabi illatlar kulgililik uchun ob’ekt bo‘ladi. O‘rta asrlarga kelib kulgililikka insonning Xudoga bo‘lgan e’tiqodini susaytiruvchi vosita sifatida qaraldi. Xususan, bu davrda «Islom dini kulgini inkor etadi», - degan fikrlar ham yuzaga keldi. Aslida esa Islom dinining muqaddas manbalarida kulgi va kulgilik ulug‘lanadi: hadislarda «Kuldiruvchi ham, yig‘latuvchi ham Olloh taolodir!»-deyiladi.
Kulgilililk boshqa nafosatli hodisalar singari faqat ob’ektiv tomonga ega bo‘lmay, sub’ektiv tomonlarni ham o‘zida birlashtiradi. Kulgililikning sub’ektiv tomoni - keng ma’nodagi hazil (yumor) tuyg‘usidir. (Moler hazil tuyg‘usini insonni hayvondan ajratib turadigan xususiyati deb atagan edi.) Hazil - insonlararo munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli beo‘xshov ziddiyatlarni anglagan xolda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan javob berish qobiliyatidir.
Kulgi tabiatan demokratik mazmunga ega bo‘lib, barcha odamlarni bir-biriga qovushtirib baravarlashtiradi, chunki kulishayotgan odamlar o‘zaro tenglashadilar. Kulgi eskilik bilan kurashning omilkor vositasigina bo‘lib qolmay, balki insonning kuch-qudrati va ozodligi timsoli hamdir. Kulgi beqiyos rang-baranglik, xilma-xil qirralarga ega bo‘lib, mayin, rag‘batlantiruvchi, hushfe’l hazil tuyg‘usidan tortib, to ayovsiz achchiq istehzogacha bo‘lgan keng doirada amal qiladi.
Xajviya - jamiyat, inson faoliyatidagi illatlar va ularning oqibatlari, olam mukammalligi va inson ideallariga nomuvofiq kelishini ko‘rsatib beruvchi kulgi turidir. Lekin mashara, mazax kabi kulgi turlari ham borki, ular estetik tarbiya vositasi bo‘lolmaydi. Aksincha, ular mohiyatan insonni qoralashga, uni hafa qilishga, obro‘sizlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu kulgining o‘ta ziddiyatli va g‘ayriaxloqiy ko‘rinishidir. SHu bois mashara fisqu-fasodning muqaddimasi sanaladi. Mazah qilish ibosiz so‘z bilan insonga daxl etmoq demakdir. Mazah qilish, kalaka qilish, o‘zganing ustidan, jismoniy kamchiligidan kulish masharaning real voqelikdagi ko‘rinishlaridir.
Umuman olganda, estetikaning mezoniy tushunchalari (kategoriyalari)ni bir-biri bilan doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. Ayniqsa, bu jarayonda go‘zallik kategoriyasi bog‘lovchi vazifasini bajaradi. Shuning uchun fojiaviylikda, ulug‘vorlikda, xunuklikda ham go‘zallik unsurlarining uchrashi bejiz emas .

Tabiat haqida gap ketganda, “tabiatni asrash”, hatto “tabiatni qutqarish” degan so‘zlarni tez-tez eshitamiz. Xo‘sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak, odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini bo‘ysundirganidek bo‘ysundirishi, “olamni o‘zgartirishi” mumkin emas. Aks holda oxir-oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar.


Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti jahonning deyarli barcha sivilizatsiyalashgan mamlakatlarida landshaftning (er yuzi manzarasining) o‘zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko‘raylik. Hozirgi paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki, landshaft hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarining uyg‘unligidir. Biz esa tabiatga bo‘lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to‘ydiradigan, hayotimizni farovon qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg‘unlikni muntazam ravishda buzib kelmoqdamiz.
Biz tabiatni nutqlarimizda, she’rlarimizda, maqolalarimizda “Ona-tabiat” deb ataymiz. Darhaqiqat, tobimiz qochsa, shifokorlar bizga bahavo, shaffof suvli tabiat qo‘ynida joylashgan oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo‘ylaridagi butazorlar orasida chodir qurib, bir muddat tashvishlardan forig‘ yashashni tavsiya etadilar. SHahar shovqinlaridan, mehnatdan, axborotlar siquvidan charchaganimizda, jamoa bilan yoki oilaviy tarzda shanba yo yakshanba kuni tabiat qo‘yniga chiqib dam olamiz. Toliqsak, doim “onamiz” qo‘yniga intilamiz, ona-tabiat bizni davolaydi, go‘zalligi bilan hayratlantiradi, ruhlantiradi. Lekin bir-ikki kundan so‘ng yana hammasini unutamiz, tag‘in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? CHunki biz uni tushunmaymiz, uni bilmaymiz. SHu sababli biror bir odamning yaxshi yoki yomonligiga asl sabablar nimaligini, uning mohiyatini bilmaganimiz, tushunmaganimiz uchun “falonchining tabiati o‘zi shunaqa”, yoki muayyan hayvon yoxud o‘simlikning sir-sanoatidan bexabarligimiz tufayli uni “tabiatan o‘zi shunday” deyish bilan muammoga nuqta qo‘yamiz. Zero tabiat olamiy kubromi (katta olammi), olami sug‘romi (kichik olammi), ya’ni odammi, u – sirli, uni lozim darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, uni fan sifatida zo‘r berib o‘qitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan ekologiya tabiatni asrashni, qutqarishni, boyitishni targ‘ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika yordamida, uning ekologiya bilan hamkorligida erishish mumkin. Chunki estetika insonga tabiatni sevishni, uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi. Ha, tabiat go‘zallik va ulug‘vorlik manbai, lekin faqat inson uchungina shunday emas. Masalan, bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, namozshomgul va ba’zi boshqa gullar faqat qorong‘u tushayotgan paytdan boshlab ochiladi. Demak, hayvonlarni, o‘tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, tog‘larni faqat “biz uchun” deb emas, “biz uchun ham” deb tushunishimiz lozim.

Yüklə 223,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin