Moderator (Модератор, Moderator) - 1. Forum, teleanjuman va chatlarda qoidalarga rioya qilishni nazorat qiluvchi etakchi. Odatda teleanjuman qoidalari juda oddiy: spam, fleym va anjumanga tegishli bo’lmagan mulohazalar man etiladi. Moderator, zarur bo’lganda ishtirokchilarga nisbatan ma’muriy choralar ko’rishi mumkin – tartibbuzarlarni ogohlantirishdan tortib ma’lum xabarlarni o’chirish yoki hatto ba’zi foydalanuvchilar uchun erkin foydalanishni man etishgacha. 2. Kataloglarda moderator – u yoki bu mavzu bo’limiga javobgar shaxs. U sayt mavzusi va katalog bo’limining mosligini tekshirib turadi. Ba’zan (agarda bu katalogda axborotni joylashtirish shartlari bilan belgilangan bo’lsa) moderator saytlar mazmuni bilan tanishib chiqadi.
Modul (Модуль, Module)- biror o’quv materialini tashkil qiluvchi tarkibiy bo’laklar.
Monitor (Монитор, Monitor) yoki Displey (Displey, Display) – ekranda tasvirni aks ettiruvchi ixtiyoriy qurilma. Tasvir ekranda nuqtalarning yoritilishidan hosil qilinadi.
Offlayn (Оффлайн, Off-line)- tarmoqqa ulanmagan (avtonom) holatda ishlash tartibi.
Offlayn texnologiyalari (оффлайновые технологии, offline technologies) - ma’lumotlar va xabarlar almashuvida, sezilarli asinxronlikka yo’l qo’yadigan, axborot makonidagi xabarlar kommunikatsiyasi vositalari: tarqatish ro’yxatlari, yangiliklar guruhi, web-forumlar va h.q.
Onlayn (онлайн, online)- 1. On-line. Sizning Kompyuteringiz xost - tizim bilan ulangan marom, hamda Kompyuteringiz FTP-server, WWW-server, BBS va boshqa umumiy foydalanish mumkin bo’lgan tizim bilan ulanganda bevosita xizmatni taqdim qilish. O’zgacha qilib aytganda, foydalanuvchi bilan bevosita o’zaro aloqada ishlash maromi (foydalanuvchi talabnomalarini paket ishlash tizimlaridan farqli). 2. On-line (sifat). - elektron, tarmoqli nashrlarga, ma’lumotlar bazalariga nisbatan. Masalan, online magazine - tarmoq jurnali; - online documentation – tarmoq dasturining ichiga o’rnatilgan elektron shakldagi hujjatlar; online help – ichiga o’rnatilgan aytib turish.