FLASH DASTURIDA INTERFAOL ANIMASIYALAR YARATISH. Reja Flash haqida
Macromedia flash dasturida animatsiya yaratish
Dastur interfeysi
Dasturdan foydalanish imkoniyatlari
Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF) formatidagi vektor grafikadan foydalanishga asoslangan. Albatta bu format eng kuchli formatlardan bo’lmasada, SWF yaratuvchilariga grafikani imkoniyatlari, grafika bilan ishlovchi vositalar va natijani Web-saxifalarga qo’shish mexanizmlarini birlashtirish o’rtasida eng qulay yechimi topilgan. SWF ni qo’shimcha imkoniyatlardan yana biri bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (MacOS sistemali Macintosh kompyuterlari yoki Windows sistemali IBM kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. SWF ning yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animasiyali bo’lishi, balki interaktiv elementlar va tovush bilan boyitilishi mumkin.
Moslashuvchanlik va interaktiv multimediya dasturlarini yaratish imkoniyati SWF formatining Web-dizaynerlar o’rtasidagi mashxurligini oshishiga imkon berdi. Shuning uchun bu format yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia firmasi (xozirda bu dasturlar Adobe firmasiga tegishli) tomonidan ikki asosiy tarmoq brauzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun komponentlar (Plug-In) yaratildi. Bu esa, o’z navbatida SWF ni Internetda yana ham keng tarqalishiga olib keldi. Natijada ushbu brauzerlar yaratuvchilari SWF formatini o’z dasturlarini asosiy formatlar bazasiga kiritishdi. Bu yo’lni boshqa yirik dasturiy ta’minot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi ) ham tutishdi.
Yana bir bor aytish kerakki, agar Macromedia SWF formatini juda oddiy va qulay uskunalar bilan ta’minlamaganda bu format shunchalik ko’p muxlis orttirmagan bo’lardi. xozirgi vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha to’liq to’plamlari mavjud.
Ushbu uskunalarni bir turi (Director Shockwave Studio) multimediyali prezentasiyalar yaratish, boshqalari (FreeHand va Fireworks) grafik tasvirlar, uchinchilari esa (Authorware va CourseBuilder) interaktiv o’rgatuvchi kurslarni yaratish imkoniyatini beradi. Lekin Web-yaratuvchilar orasida eng ko’p ishlatiladigani bu Adobe Flash dir, chunki ushbu dastur xar qanday saytga mashxurlik olib keluvchi Web-saxifalar yaratish imkonini beradi. Balki shuning uchundir SWF formatini oddiy qilib Flash deb atalishi odatga kirib qolgan. Shunday qilib Flash-texnologiyalari quyidagilardan iborat:
vektorli grafika;
animasiyani bir qancha turlarida ishlash imkoniyati;
HTML formati va boshqa Internetda ishlatiluvchi barcha formatlarga eksportni ta’minlash;
platformali mustaqillik
Flash-filmlarni avtonom rejimda ham, Web-brauzer yordamida ham ko’rishning imkoniyati mavjud.
vizual yaratish uskunalari mavjudligi Flash-film yaratuvchilarini ko’plab murakkab operasiyalardan xalos etadi, shuningdek Flash-texnologiyalarning texnik aspektlarini o’rganish zarur bo’lmaydi
Flash - bugungi kunda bu texnologiyani qo’llanilishining asosiy yo’nalishi bu chiroyli va dinamik Web-saxifalar yaratishdir.
Flash-filmni brauzerda namoyish etilishini ikki usuli mavjud:
uni SWF formatida saqlash, so’ng sichqoncha yordamida fayl belgisini shu fayl saqlanadigan katalogdan brauzer oynasiga o’tkazish .
Flash-filmni HTML formatiga eksport qilish, so’ng oddiy usul bilan brauzerda o’chish.
Flash-filmni HTML-kodga o’tkazish mexanizmi ActiveX elementlarini ishlatish yoki Plug-in komponentlarini qo’shishga o’xshashdir. Internet Explorer brauzeri uchun HTML-kodiga o’tkazish