Animatsiya (lotincha: animare — „jonlantirish“) yoki multiplikatsiya



Yüklə 15,73 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü15,73 Kb.
#200425
1   2   3   4   5
Animatsiya

1. Squash and Stretch
(Siqilish va Cho’zilish)
Birinchi tamoyil eng asosiy va muhim tamoyillardan biri hisoblanib, uning vazifasi chizilgan obyektga vazn va ana shu vaznga mos tarzda moslashuvchanlikni belgilab berishdir. Obyektimiz oddiy, sodda va murakkab bo’lishi mumkin, masalan, oddiy sakrayotgan to’p yoki inson yuzining muskullari. Obyektning ekstrimal nuqtasida obyektni cho’zish, siqish, yaqinlashtirish natijasida ifodaning kamchiligi yoki ortiqcha joylari bilan ishlash imkoniyati mavjud. Realistik animatsiyalarda eng muhim jihatlaridan biri shaklini o’zgartirish hisoblanadi, biroq obyektning hajmi o’zgarmaydi. Koptok uzunligi vertikal uzaytirilganda, kengligini (uch o’lchovli suratida, shuningdek chuqurligi) yetarli darajada gorizontal tomondan kamaytirsh lozim.


2. Anticipation
(Tayyorlov va mustaxkamlash)
Tayyor obyektni erkin harakatlantira olish bu yanada real namoyish imkoniyatini yaratadi. Masalan, o’yinga tushadigan obyektimiz oldin tizzasini buka olishi, tepishi, ko’tarishi kerak. Bu jismoniy harakatlar, yaratayotgan obyektimiz ekranda harakatlanganda odamni yanada hayratlantirishga, qiziqtirishga undaydi. Noodatiy effektlarda obyektimiz harakatlanganida tomoshabinlar uchun qiziqarli yoki kulguli onlarni hadya etishi mumkin. Animatsiyada eng qiyin muommolardan biri bu video o’yinlardagi sakrash chunki unda to’xtashning iloji yo’q. O’yinchi o’yinning boshlanish tugmasini bosishi bilan obyekt shu zahotiyoq hech qanday tayyorgarliksiz yugurishi shart . Bunga misol qilib «Fors Shahzodasi» filmini olishimiz mumkin.


3. Staging
(Ketma-ketlikda sahnalashtirish)
Bu tamoyil asosan teatr yoki kinolar uchun. Bunda asosiy vazifa tomoshabinni o’ziga jalb qilishdir. Shunday ekan bu tamoyilda bizning asosiy vazifamiz sahnada bo’layotgan jarayon va nima sodir bo’lishiga qaratiladi. Djonston va Tomas bu tamoyilni «aniq va tiniq fikr», ya’ni holatni aniq qilib insonga yetqazib berish deb ta’riflaydi. Bunday aniqlikka ramkadagi ramzlar, nur, soyadan foydalanish, kamera holatida yoki burchak kabi yo’llar bilan erishish mumkin. Bu tamoyilning mohiyati ham e’tiborni saqlab qolishdan iborat.

Yüklə 15,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin