Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə18/137
tarix22.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#189828
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   137
1.05.majmua kimyo-2023

MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI

1-mavzu: KIMYO FANINING ASOSIY VAZIFALARI . (2 soat ma’ruza)


Reja:

  1. Kimyo fanining mazmuni va vazifalari

  2. O’zbekistonda kimyo fani va sanoati rivojlanishi.

  3. Kimyo fanining tarixi.

Kimyo fani va uning vazifalari Kimyo tabiiy fanlar qatoriga kiradi. Atrofimizni o‘rab olgan o‘simliklar, hayvonlar dunyosi va jonsiz tabiat — bularning hammasi moddalardan tarkib topgan. Kimyo fani ana shu moddalarning tarkibi, xossalari, tuzilislii, shuningdek, moddaning bir turdan ikkinchi turga o‘tishini o‘rganadi. Demak, kimyo tabiat haqidagi fan bo‘lib, u fizika, biologiya, mineralogiya kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlanadi. Tabiatda moddalaming turlari juda ко‘p. Shu sababli ular doimo bir-biriga aylanib turadi. Kimyo fanining muliim vazifalaridan biri— moddalaming bir-biriga aylanishidagi qonuniyatlami tushuntirib berishdan iborat. Tabiatdagi o‘zgarishlami umuman ikki guruhga bo‘lish mum kin:


1. Fizik o‘zgarishlar.
2. Kimyoviy o‘zgarishlar.
1. Agar modda o‘zgarishga ucliraganida moddaning tarkibi, kimyo viy xossasi o‘zgarmasdan, faqat uning holati yoki shakli o‘zgarsa, bunday o‘zgarish fizik o‘zgarish deb ataladi. Masalan: temimi egish, bukish va h.k. Suv 0 °C dan past temperaturada qattiq holatga o‘tadi. 0 °C dan yuqori temperaturada esa suyuq holatga o‘tadi, bunda suvning faqat holati o‘zgaradi, lekin molekulasining tarkibi o‘zgarmaydi.
2. Modda ustida o‘zgarish borganda moddaning tarkibi o‘zgarib, yangi modda hosil bo‘lsa, bunday o‘zgarish kimyoviy o‘zgarish deb ataladi. Masalan: shakami maxsus idishga solib qizdirsak, avval jigarrang suyuqlik hosil bo‘lib, keyinchalik qorayib ketadi. Bunda shakar molekulasi uglerod va suvga ajraladi. Demak, kimyoviy o‘zgarishlarda dastlabki moddalaming tarkibi o‘zgaradi. Odamlar bundan necha ming yil ilgari tog‘aralash jinslaridan metallar ajratib olish, metall qotishmalar tayyorlash, shisha pisliirish va shunga o'xshash jarayonlarni amalga osliirishda kimyoviy hodisalardan keng foydalanib kelganlar. Hozirgi kunda sanoat va qishloqxo‘jaligining rivojlanisliini kimyo fani si 7 tasavur etib bo‘lmaydi. Kauchuk, plastmassalar, portlovchi moddalar, qog‘oz, sun’iy tola, mineral o‘g‘itlar, doridarmon va boshqa moddalar olish kimyoviy jarayonlarga asoslan- gan. Mustaqil respublikamizda kimyo sanoati uchun zaruriy xomashyo — tabiiy gaz, neft, toshko‘mir va rudalaming mo‘l-ko‘lligi ko‘plab ilmiy-tadqiqot institutlari, o‘nlab oliy o‘quv yurtlarining kimyo kafedralarida yirik kimyogar olimlar rahbarligida katta ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayotganligi kimyoviy mahsulotlaming yangidan-yangi navlarini yaratishga imkon beradi.

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin