Aniq va tabiiy fanlar metodikasi


Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash



Yüklə 396,5 Kb.
səhifə11/12
tarix23.05.2022
ölçüsü396,5 Kb.
#59191
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi

Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.


  1. Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).

Nazariy qism:
To‘plam matematikaning boshlang‘ich tushunchalaridan bo‘lib, uni o‘zidan
soddaroq tushunchalar orqali ta’riflab bo‘lmaydi. Turmushda ma’lum ob’ektlar
majmuasini bir butun narsa deb qarashga to‘g‘ri keladi. Aytaylik, biolog biror
o‘lkadagi o‘simliklar va hayvonot dunyosini o‘rganar ekan, u jonzotlarni turlar
bo‘yicha, turlarni esa urug‘lar bo‘yi cha sinflarga ajratib chiqadi. Har bir tur yaxlit
bir butun deb qaraladigan jonzotlar majmuasidir.
To‘plam ixtiyoriy tabiatli ob’ektlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Masalan, Osiyo qit’asidagi barcha daryolar yoki lug‘atdagi barcha so‘zlar to‘plam
bo‘la oladi.

To‘plamni tashkil etgan ob’ektlar uning elementlarideyiladi.
To‘plam, odatda, qulaylik uchun, lotin alifbosining bosh harflari, masalan,
A,B,C, ..., uning elementlari esa kichik harflari, masalan, a,b,c,...bilan belgilanadi.
Elementlari a,b,c,...bo‘lgan Ato‘plam qavslar yordamida A = {a,b,c,...}
kabi yoziladi.
{6, 11} , {11, 6} , {11, 6, 6, 11} yozuvlar bitta to‘plamni anglatadi.
Masalan, {0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9} - o‘nlik sanoq sistemasidagi raqamlar
to‘plami, V= {a, e, i, o, u} - ingliz tilidagi unli harflar to‘plami (ing. vowel−unli).
x A to‘plamning elementi ekanix ∈ A kabi, elementi emasligi esax ∉ A kabi yoziladi va birinchi holda«x elementA ga tegishli», ikkinchi holda «x element
A ga tegishli emas» deb o‘qiladi.
Masalan, A = {1, 2, 3, 4, 5, 6, 7} uchun 4 ∈ A, ammo 9 ∉ A.
Agar to‘plamni tashkil qilgan elementlar chekli sonda bo‘lsa, bunday to‘plam
chekli to‘plam, aks holda cheksiz to‘plam deyiladi.
Masalan, A = {2, 3, 5, 8, 13, 21} to‘plam chekli, ℕ={1, 2, ..., n, ...} − barcha
natural sonlar to‘plami esa cheksiz to‘plamdir


  1. Yüklə 396,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin