Aniq va tabiiy fanlar



Yüklə 19,13 Kb.
tarix30.04.2022
ölçüsü19,13 Kb.
#56729
4-maktab MB xisobot yillik


SIRDARYO VILOYATI OQOLTIN TUMANI XTB GA QARASHLI 4-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI “ANIQ VA TABIIY FANLAR” METODBIRLASHMASI RAHBARI XONTURAYEVA ZARNIGOR RAXMONOVNANINNG 2020-2021 O’QUV YILIDA BAJARILGAN ISHLAR YUZASIDAN TAYYORLAGAN

XISOBOTI

Men faoliyat yuritayotgan 4-umumiy o’rta ta’lim maktabining “Aniq va tabiiy fanlar” uslub birlashmasi a’zolari quyidagilar:



  • Xonturayeva Zarnigor kimyo va biologiya fani o’qituvchisi;

  • Movlonov Bekzod matematika fani o’qituvchisi;

  • O’razaliyeva Dilnoza geografiya fani o’qituvchisi;

Maktabimizda ta’lim rasman 18-sentabrdan boshlandi. Xar bir fan o’qituvchilari sinf xonasini DTS talablariga mos ravishda jihozladi, hamda o’z ish rejalarini kundalik.com platformasiga joylab, reja asosida dars o’tib, o’quvchilarni baholab kelmoqdalar.

Kimyo va biologiya fani o’qituvchisi Xonturayeva Zarnigor o’quv yili boshidan o’quvchilarga o’z fanidan salmoqli bilim berib kelmoqda. U yarim yillik faoliyati davomida turli tadbirlar va ochiq darslar o’tkazdi. Jumladan, 9-sinfga kimyodan “Uglerodning tabiatda tarqalishi va fizik xossalari.Adsorbsiya.”, 6-sinfga biologiya fanidan “Ildiz turlari va tizimlari” mavzularida ochiq dars o’tdi. Bundan tashqari Z.Xonturayeva o’zi rahbarlik qilayotga 7-sinf bilan birgalikda maktabda 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” hamda 8-dekabr “Konstitutsiya qabul qilingan kun” munosabati bilan tadbirlarni namunali tarzda o’tkazdi.

Sirdaryo viloyati hokimi tomonidan tashkil etilgan “Viloyatning eng yaxshi sinf rahbari” ko’rik tanlovining tuman bosqichida Z.Xonturayeva faol ishtirok etdi va 76 ball bilan yuqori natija ko’rsatdi.
Geografiya fani o’qituvchisi O’razaliyeva Dilnoza 2020-2021 o’quv yilini samarali davom ettitdi. D.O’razaliyeva geografiya fanidan 8-sinfga “Rangli metallurgiya” va iqtisodiy bilim asoslari fanidan 9-sinfga “Jahon mamlakatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakli” mavzularida ochiq dars o’tdi.

Movlonov Bekzod o’quv yili boshidan beri 8,9,11-sinflarga matematika fanidan dars berib kelmoqda. U o’z fanidan o’quvchilarga samarali dars berib kelmoqda. B.Mavlonov I-II chorak mobaynida 9-sinfga “ funksiya” va “Sonli tengsizliklarni darajaga ko`tarish” mavzularida ochiq dars o’tdi.

4-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-11 sinf o’quvchilari “Aniq va tabiiy fanlar” uslub birlashmasiga qarashli: kimyo, biologiya, fizika, informatika, geografiya, IBA, matematika fanlaridan “Fanlar olimpiadasi” ning tuman bosqichida faol ishtirok etdilar.

Xususan: 9-sinf o’quvchisi Bektemirova Chinora kimyo fanidan 78 ball bilan faxrli I-o’rinni, 11-sinf o’quvchisi Akramova Dilnoza kimyo fanidan 68 ball bilan faxrli III-o’rinni, 11-sinf o’quvchisi Erkinjonova Zilola biologiya fanidan 80 ball bilan faxrli I-o’rinni egalladilar. Bundan tashqari o’quvchilarimiz fizika va informatika fanlaridan ham yuqori ballarni to’pladilar. Fanlar olimpiadasining viloyat boqichida ham o’quvchilarimiz namunali ishtirok etdilar.

Metodbirlashma a’zolaridan Xonto’rayeva Zarnigorning 8-sinfga “Xlorid kislota” mavzusida o’tgan darsi tuman miqyosida ommalashgan. Respublika jurnallarida maqolalari chop etilgan.

Geografiya o`qituvchisi O`razaliyeva Dilnozaning pedagogik faoliyati tuman miqyosida ommalashgan,



4-umumiy o’rta ta’lim maktabi aniq va tabiiy fanlar o’qituvchilari tumanda har xafta tashkil etiladigan o’quv seminarlarida muntazam ishtirok etadilar.

Aniq va tabiiy fanlar” metod birlashmasi rahbari: Z.Xonturayeva
Yüklə 19,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin