xisoblanadi, lekin u takomilashgan usul xisoblanmaydi. CHunki dielektrikning
kichik xajdagi tarqalgan defektni aniqlashda katta xotolikga yoʻl quyishi mumkin.
SHuning uchun maxaliy defektlarni aniqlashda maxsus usullarni qoʻllash
tavsiya
etiladi. Lekin shuni takidlash lozimki ba’zi xollarda dielektrikdagi maxaliy
defektlarni bu usullar bilan xam topib boʻlmaydi,
misol uchun dielektrikda xususiy
teshilishi natijasida teshilgan joyda oʻtkazuvchan qatlam xosil boʻldi.
Bunday
defekt teshilish kuchlanishining juda katta qiymatga pasayishiga olib keladi va u
ancha oshirilgan kuchlanishni qoʻyish orqali sinaladi.
Demak izolyatsiyani profilaktik sinashning bir qancha usullari mavjud.
SHuning uchun xar bir izolyatsiga munosib boʻlgan defektlarni profilaktik
tekshirish uchun bir qancha usullar gruxini qoʻllash tavsiya etiladi.
Bundan tashqari profilaktik sinashning quyidagi usullari xam mavjud:
1.
Singish tokiga boʻlgan qarshiliqni oʻlchash;
2.
Dielektrikni rengen nuri bilan yoritish;
3.
Dielektrik boʻylab kuchlanishning taqsimlanishini oʻlchash;
4.
Oshirigan kuchlanish usuli.
Yuqori kuchlanish bilan sinov ishlarini oʻtkazish
uchun ish joyi tayyorlashda
oʻlchov asboblari va sinov oʻtkazilayotgan qurilmani shunday joylashtirish keraki
xizmat koʻrsatayotgan xodimlarga mos va xavfsizligi ta’minlansin.
Yuqori kuchlanish bilan sinov ishlarini oʻtkazishda asosiy e’tiborni sinov
ishlari tugalangandan soʻng sinov oʻtkazilayotgan
qurilmadagi qoldiq zaryadni
razryadlashga qaratilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: