Annotatsiya


 O’zaro munosabatlar sabablari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə20/81
tarix11.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57513
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

1. O’zaro munosabatlar sabablari.

Ta’lim muassasasida ushbu toifa o’qituvchilarni ularning oldida turgan umumiy maqsad - ya’ni, ijtimoiy-foydali mehnatning barcha asosiy yo’nalishlari bo’yicha malakali kichik mutaxassislarni tayyorlash maqsadi birlashtiradi. Shu bois o’qituvchilar tarkibi o’quvchilarda bo’lg’usi kasbiy faoliyatning nazariy asoslarini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Bularning hammasi birgalikdagi pedagogik ishni loyihalashtirish samarali pedagogik texnologiyalarni, ta’lim vositalarini va tegishli axborot almashishni, ish tajribasini talab qiladi.

Islohotlarni davlat va jamiyat tomonidan kafolatli qo’llab-quvvatlash - Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda modelini amalga oshirishning bosh omili va sharti. Bu nimalarda namoyon bo’ladi?

Birinchidan. Uzluksizlik va uzviylik prinsipi asosida ta’lim tizimini progressiv rivojlantirishni ta’minlash uchun davlat boshqaruvi va hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlarining siyosiy irodasi hamda muayyan natijani ko’zlovchi maqsadi mavjud bo’lishi darkor.

Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta’lim tizimining ustuvorligi, uning amal qilishi hamda barqaror rivojlanishining kafolatlari taalluqli qonunlarda qayd etilgan.

Insonning dastlabki teng imkoniyatlar bilan hamda davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishi mumkinligi, ona tilida o’qish kafolatlari, ma’lumotlilik va iste’dodni rag’batlantirish, kam ta’minlangan bolalar hamda yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash asosida sifatli ta’lim olish borasidagi huquq va erkinliklarini amalga oshirish ta’minlanadi.

Ikkinchidan. Islohotlar jarayonida ta’lim sifatini oshirish, o’sib kelayotgan avlodni o’qitish va kasbiy tayyorlash uchun me’yoriy-huquqiy, tashkiliy-boshqaruv hamda mazmuniy shart-sharoitni shakllantirish va rivojlantirish ta’minlanadi. Bu narsa aholini turli ta’lim muassasalarida o’qitish bilan imkon qadar kengroq qamrab olish yo’li orqali uning umumta’lim darajasini oshirishga ta’sir ko’rsatadi.

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni ta’lim tizimining yagona o’quv-ishlab chiqarish majmui sifatida davlat hamda nodavlat ta’lim muassasalari negizida rivojlanish uchun zarur bo’lgan huquqiy bazani yaratib berdi.

Uchinchidan. Kadrlar tayyorlash tuzilmasi va hajmi bilan mehnat bozorida ularga bo’lgan talab tuzilmasi va hajmi o’rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish choralari ko’rilmoqda; davlat va jamiyat ehtiyojlarini shakllantirish mexanizmlari, shuningdek, nodavlat tuzilmalar, korxonalar hamda tashkilotlarning tayyorlanayotgan kadrlar soni va sifatiga buyurtmasi mexanizmlari joriy etilmoqda.

Ta’lim xizmatlari bozori rivojlanmoqda hamda ta’lim sohasida raqobat muhiti yaratilmoqda.

To’rtinchidan. Uzluksiz ta’lim tizimining davlat tomonidan majburiy va yetarlicha moliyalashtirilishi ta’minlanmoqda. Chunonchi, ta’limga umumdavlat xarajatlari kapital sarfi hissasi 1995 yildagi 6,1 %dan 2002 yilda 34 %gacha oshdi.

Ta’lim sohasiga moliyalashtirishning turli manbalari (moliyalashtirishning ko’p variantli mexanizmlari - davlat va nodavlat mablag’lari, shu jumladan, chet el investitsiyalari) faollik bilan jalb etilmoqda.

Beshinchidan. Davlat va jamiyat kafolati hamda nazorati asosida, Davlat ta’lim standartlari negizida ta’limning barcha turlari hamda darajalarining uzluksizligi va uzviyligi, ta’lim sifati va samaradorligining oshirilishi ta’minlanmoqda.

Ta’lim sifatini mustaqil, ob’yektiv nazorat qilishning mavjud tuzilmalari va mexanizmlari takomillashtirilmoqda, yangilari shakllantirilmoqda. Ta’lim sohasida jamoat tashkilotlarini, shu jumladan, ta’lim sifatini ijtimoiy boshqarish va nazorat qilishni ta’minlash uchun rejali shakllantirish amalga oshirilmoqda. Ta’limni va uning sifatini boshqarishning yangi organlari («markaz - mintaqa - muassasa», jamoat boshqaruvi darajasida) joriy etilmoqda.

Uzluksiz ta’limning barcha turlari uchun ta’lim oluvchilarni tayyorlashning umumta’lim va professional darajasiga qo’yiladigan zarur talablarni tartibga soluvchi Davlat ta’lim standartlari va davlat talablari, shuningdek, o’quvchilarni o’qitish hamda ularning bilimlari sifati ko’rsatkichlari va ularni nazorat qilish uslublari joriy etilgan hamda muntazam yangilab boriladi.

Oltinchidan. Hukumatning ta’lim muassasalarini o’quv, o’quv-uslubiy adabiyotlar bilan o’z vaqtida ta’minlash muammolarini hal etish, ta’limda zamonaviy axborot muhitini shakllantirish bo’yicha tizimli va muayyan maqsadni ko’zlovchi faoliyati amalga oshirilmoqda.

Zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarni ishlab chiqarish sanoatini (mualliflar jamoasini shakllantirishdan tortib, o’z matbaa bazasini shakllantirishgacha) yaratish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Yettinchidan. Davlat va jamiyat ta’limning barcha turlari uchun pedagoglar tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini va bu ishlarni tashkil qilishni tubdan yangilashni kafolatlaydi.

Ta’lim tizimining axborot bazasini va uni axborotlashtirishni shakllantirishni ta’minlovchi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Uzluksiz ta’limni rivojlantirish va uning samaradorligini baholash monitoringi tizimi joriy etilgan.

Sakkizinchidan. Jahon hamjamiyati bilan ta’lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasiga, darsliklar, o’quv-uslubiy qo’llanmalarni nashr etish va respublika o’quv muassasalarini ular bilan ta’minlash, ta’lim tizimining moddiy-texnika bazasini yaxshilash jarayoniga chet el investitsiyalarini jalb etish bo’yicha aloqalar kuchaymoqda.

Mamlakat va chet el homiylarining yordami: moliya va moddiy-texnika ta’minoti, pedagoglarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, ta’lim tizimini axborot bilan ta’minlash sohasida texnik ko’maklashish amalga oshirilmoqda.

Uzluksiz ta’lim milliy tizimi chet el ta’lim tizimlari va xalqaro tashkilotlar bilan (mutaxassislarning xalqaro safarlari: tajriba o’rganish, o’qish, axborot va inson resurslari almashish asosida va b.) o’zaro foydali munosabatda bo’lib, bu hol mamlakat ta’lim tizimini rivojlantirish jarayonida ijobiy aks etadi.

Shunday qilib, uzluksiz ta’lim tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun sharoit yaratishdagi davlat kafolatlarini, ta’lim xizmatlari bozorining va ta’limning lozim darajadagi sifatining davlat tomonidan tartibga solinishini, davlat tuzilmalari hamda jamoat tashkilotlarining o’sib kelayotgan avlodni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish uchun mas’uliyatini O’zbekis­ton Respublikasidagi ta’lim islohotlarining o’ziga xos farqli xususiyati deb hisoblamoq darkor.

Ko’plab xalqaro tashkilotlar, chet el mutaxassislari va ekspertlari ushbu xususiyat va farqni ta’kidlaydilar. Masalan, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining rektori, akademik V. A. Sadovnichiy shu munosabat bilan: «Biz O’zbekistonda qilinayotgan barcha ishlar kelajak - o’sib kelayotgan avlod foydasiga «ishlashi» lozimligining guvohi bo’ldik. Erkin fikrlovchi, yuqori ma’lumotli va yuksak professional yosh avlodni shakllantirishga mamlakat rahbariyati, shaxsan O’zbekiston Prezidenti tomonidan katta e’tibor berilmoqda», - degandi.

Yuqorida ko’rsatilgan qoidalarni tasdiqlovchi ayrim qonunchilik va tashkiliy-boshqaruv jihatlar hamda mexanizmlarni qayd etib o’tamiz.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin