Annotatsiya


Ta’limdagi strategik rejalashtirish



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə41/81
tarix11.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57513
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

Ta’limdagi strategik rejalashtirish jarayoni fanda, ishlab chiqarishda va umuman jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni ko‘zgudagidek aks ettiradi. Unda asosiy vazifalar va maqsadlarni aniqlash, kuchli va zaif tomonlarni, imkoniyatlarni va tahdid soluvchi xavf-xatarlarni tahlil qilish uchun foydalaniladigan omillar ta’lim sohasiga ham joriy qilinadi.

Strategik rejalashtirish uzoq muddatli ustuvor jihatlarni shakl­lantirishga imkon beradi va oqilona o‘zgarishlarga ko‘maklashadi. Muassasa strategiyaga ega bo‘lmay turib, yangi imkoniyatlardan juda yaxshi foydalanish uchun maqbul vaziyatda ekanligiga ishonch hosil qila olmaydi. Strategik rejalashtirishning еtakchi maqsadlari ta’lim muassasasini rivojlantirishning muayyan vaqt oralig‘iga mo‘ljallangan umumiy dasturini ishlab chiqish bilangina emas, balki ushbu ta’lim muassasasi ko‘rsatadigan ta’lim xizmatlarining eng muhim yo‘nalishlarini, shuningdek, bu yo‘nalishlarning iste’molchilar ehtiyojlariga nechog‘li mosligini tushunib olish va ularni qayta ko‘rib chiqish bilan ham belgilanadi.

Strategik rejalashtirishda odatda, muhim muammolarning ma’lum bir majmuini ishlab chiqishga alohida ahamiyat beriladi. Ularning ro‘yxati quyidagicha bo‘lishi mumkin:

Garchand nazariyadan amaliyot sari ishlash oqilona yo‘l bo‘lsa-da, strategik rejalashtirishga kirishayotib rioya qilish lozim bo‘lgan xatti-harakatlar majburiy izchilligi mavjud emas. Biroq kelajakni rejalashtirishda tizimli yondashish nihoyatda muhim. Strategiya iste’molchilarning turli guruhlari ehtiyojlariga tayanishi lozim. Shundan kelib chiqqan holda bosh maqsadni belgilab beradigan hamda umuman nuqtai nazarni kengaytiradigan siyosat va rejani tuzish zarur.

Strategik rejalashtirishda harakatlarning muayyan izchilligi bo‘lishi mumkin.

Ta’lim muassasasining bosh maqsadi uning yo‘nalishini, bosh­qalardan farqini belgilab beradi. Bosh maqsadning ushbu ta’lim muassasasining barcha imkoniyatlaridan maksimal ravishda foydalanishga imkon beradigan zarur harakatlarga o‘tishini ta’minlash juda muhim. Ular o‘z sohasining peshqadamlaridan bo‘lishni maqsad qilib qo‘yganliklarini, odatda, istar-istamas oshkora e’lon qiladilar. Ular, bu holda, mag‘lubiyatga uchrash ehtimolidan cho‘chiydilar. Siz asosiy maqsadni aniqlar ekansiz, uzoq muddatga mo‘ljallangan, aniq ifodalangan sifat strategiyasiga tayansangiz, bu hol, albatta, aks etishi lozim. Ta’lim muassasasining bosh vazifalarining asosiy qoidalarini belgilashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:



  • yodda oson saqlanishi;

  • oson ommalashishi;

  • tashkilotning nima bilan shug‘ullanishi aniq belgilanishi

  • sifatni oshirishga qo‘shilgan hissa darajasi;

  • tashkilotning uzoq muddatli maqsadlari to‘g‘risida nizom bo‘lishi;

  • iste’molchiga yo‘naltirilgan bo‘lishi;

  • moslashuvchan bo‘lishi shart.

Ta’lim muassasasi qadriyatlarni o‘zi aniqlab olishi zarur, ammo ular quyida tavsiya qilinadiganlardan aksariyatini o‘z ichiga olishi mumkin:

    • ta’lim oluvchilar (o‘quvchi, talaba)ni birinchi o‘ringa qo‘yamiz;

    • kasbiy halollikni yuqori darajada tutgan holda ishlaymiz;

    • yagona jamoa bo‘lib ishlaymiz;

    • doimiy yaxshilanishga (taraqqiyotga) intilamiz;

    • barchaga teng imkoniyatlar yaratish ustida ishlaymiz;

    • ta’lim xizmatlarining eng yuqori sifatini ta’minlaymiz.

Nuqtai nazar, vazifa va qadriyatlar aniqlangach, ularni erishish mumkin bo‘lgan maqsadlar bilan bog‘lash kerak. Ular o‘lchanadigan bo‘lishi juda muhim, ya’ni ularning yutuqlari natijasini muntazam ravishda baholab turish mumkin bo‘lishi lozim. Shunday qilib, maqsadlar haqiqiy va erishaoladigan bo‘lishi kerak.

Ehtimol tutilgan ijobiy va salbiy omillarni, istiqbol yo‘nalishlari va omadsizliklarni tahlil qilish strategic rejalashtirishning zaruriy bosqichi hisoblanadi. U ta’lim muassasasining imkoniyatlarini aniqlashning samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Unda ikkita tarkibiy qismni, ya’ni, ob’ekti ta’lim muassasasining o‘z faoliyati bo‘lgan ichki tahlilni va uning faoliyatidagi tashqi vaziyatlar tahlilini ajratib ko‘rsatish mumkin. Kuchli va zaif tomonlarning nisbatini, mohiyatan, ta’lim muassasasi samaradorligining ichki auditi deyish mumkin. Imkoniyatlar va ehtimol tutiladigan xavf-xatarlar jihati esa Ta’lim muassasasining ish olib boradigan sharoitdagi tashqi vaziyatlarga tegishlidir.

Bu tahlilning maqsadi — afzallikni kuchaytirib, nuqsonlarni mumkin qadar kamaytirish, xavf-xatarni susaytirib, yangi imkoniyatlarni yaratishdan iborat. Agar tahlilni ham iste’molchilarning talablariga, ham Ta’lim muassasasining talab bozorida raqobatlashish imkoniyatlariga qaratsak, tahlilning samaradorligini oshirish mumkin bo‘ladi. Bular uzoq muddatli korporativ strategiyani yaratishda ikki asosiy soha hisoblanadi. Ta’lim muassasasining strategiyasi Ta’lim muassasasining raqobatbardoshliligini oshirib, iste’molchilarni o‘ziga jalb etishini maksimal darajada kuchaytiradigan tarzda ishlab chiqilishi lozim.

Agar bu missiya va qadriyatlarni o‘rganish bilan qo‘shilsa, u holda ushbu muassasaning raqobatchilaridan farqini belgilab olish mumkin bo‘ladi. Muassasaning farqli xususiyati belgilab olingach, uning uchun sifat tavsifnomasini aniqlash ancha oson bo‘ladi.

Ehtimol tutilgani jobiy va salbiy omillarni, istiqbol yo‘nalishlari va muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilish natijalari quyi­dagicha ko‘rsatilishi mumkin:

Ijobiy omillar:


  • o‘quvchilarning ko‘p miqdorda qabul qilinishi;

  • ijodiy boshqaruv ishi;

  • imtihonlarning ijobiy natijalari;

  • kuchli musiqa va san’at kafedralari;

  • ota-onalarning kuchli ko‘magi;

  • hokimiyat organlarining qo‘llab-quvvatlashi.

Salbiy omillar:

  • eski, xarob bino;

  • xodimlarning yoshi (o‘rta va katta yoshdagilarning ko‘pligi);

  • byudjetning ozligi;

  • uskuna va jihozlar kamligi.

Istiqbollari:

  • yaxshi yеrda joylashgan, o‘zi kabi yuqori obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan qo‘shni Ta’lim muassasasining bilan qo‘shilish;

  • predmet bo‘yicha olimpiadalarda va sportda obro‘-e’tibor qozonish;

  • qo‘shilish va yangi muassasa hosil bo‘lishi natijasida umumiy yuksalish;

  • taklif qilinadigan ta’lim xizmatlari sonini ko‘paytirish uchun xodimlarning kasbiy saviyasini oshirish imkoniyati;

  • birlashgan muassasa qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishi mumkin.

Muvaffaqiyatsizliklar:

  • o‘z qiyofasini, ustunliklarini va obro‘-e’tiborini yo‘qotish xavfi;

  • vaqtidan ilgari nafaqaga chiqib ketishi mumkin bo‘lgan tajribali o‘qituvchilarni yo‘qotish xavfi;

  • boshqa Ta’lim muassasasining muhiti ustun bo‘lib qolishi;

  • ba’zi bir hokimiyat vakillarining qo‘llab-quvvatlashlaridan mahrum bo‘lish ehtimoli.

Muvaffaqiyatning tanqidiy omillari - bu, agar ta’lim muassasasi iste’molchilar talablarini qondirishga va bosh vazifani hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, u erishishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlardir. Ular strategiyaning navbatdagi bosqichi bo‘lib, Ta’lim muassasasining asosiy tavsifi yo‘nalishini belgilab beradi.

Ular faoliyat ko‘rsatkichlari bilan, juda bo‘lmasa ham, o‘xshash. Farqi shundaki, faoliyat ko‘rsatkichlari, odatda, Muvaffaqiyatning tanqidiy omillaridan kelib chiqadi va Ta’lim muassasasining asosiy vazifasiga yoki iste’molchilar talabiga doim ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri taalluqli bo‘lavermaydi.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin