Annotatsiya



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə58/81
tarix11.05.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#57513
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

Ta’lim vositalari – ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproyektor, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar.

Ta’lim jarayoni – tarbiyachi va bolalar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.

Ta’lim maqsadi – ta’lim berishdan (olishdan) ko‘zlangan muddao.

Ta’lim mazmuni – 1) o‘qitish jarayonida egallash lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar ma’nosi, hajmi va xarakteri. 2) shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.

Ta’lim tizimi – yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari majmui.

Tushuncha – atrof-muhitdagi hodisalar, predmetlarning muhim xususiyatlarini, ular orasidagi aloqa va munosabatlarni bilish.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin