VII. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
- Menejment faoliyati turi va boshqaruv tizimi, boshqaruv haqidagi fanning rivojlanishi va taraqqiy etishi, ta’lim menejmenti funksiyalari, metodlari, boshqaruv qarorlari, ta’lim tizimlari va ta’lim sifatini tadqiq qilishning metodologik asoslari, menejmentning vazifalari, menejment tizimida strategik va takttik rejalari tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
- Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida konfliktlarni nizolarni bartaraf etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida marketing xizmati faoliyatini tashkil etish, ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- Faoliyatni tashkil etish shakllari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kadrlar menejmentini amalga oshirish, insonni va guruhni boshqarish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rahbarlik, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariga qo‘yiladigan talablar, rahbarning uslubi va imiji to‘g‘risida aniq malakalariga ega bo‘lishi kerak.
|