Anomaliya- me’yordan chetlanish, umumiy qolipdan chiqishi



Yüklə 24,73 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü24,73 Kb.
#114326
mohinurga


GLOSSARIY
Adekvat- bilish nazariyasida narsa va hodisalarning xossalari va aloqalarini ularning ob’yektiv mazmuniga to‘g‘ri keladigan, aniq va mos qilib olish. Inson ongi ob’ektiv borliqni ijtimoiy amaliyot asosida Adekvat aks ettira boradi
Anesteziya- nerv tizimining kasallanishi oqibatida sezgirlikning yo‘qolishi.
Anomaliya- me’yordan chetlanish, umumiy qolipdan chiqishi.
Antipatiya- biror narsaga yoki kimsaga nisbatan bo‘lgan salbiy munosabatdan kelib chikadigan va uni ifodalaydigan yokimsiz hissiyot.
Apatiya- charchash, og‘ir his-tuyg‘u yoki kasallik oqibatida qiziqishning so‘nishi, atrofdagilarga nisbatan befarq bo‘lish, ma’yuslik kabi ruhiy holatlar.
Autoagression- jismoniy va ruhiy sohalarda shaxsning o‘ziga zarari qaratilgan faoliyat (ongli yoki ongsiz) hisoblanadi. Psixoanaliz nuqtai nazaridan u psixologik himoya mexanizmlarini nazarda tutadi.
Bevosita esga tushirish- narsa va xodisalar, fikrlar, xarakatlarni idrok kilgandan keyinok, oradan vakt utkazmay,esga tushurishdan iborat xotira prosyessi.
Bir martalik konsultasiya- bu aniq mijozning savoliga javob izlashni o‘z ichiga olgan bir martalik terapevtik uchrashuv.
Deduksiya- bilish jarayonida umumiy xukmlardan xususiy xukmlarga utish orkali mantikiy xulosa chiqaruchi tafakkur turi.
Dekompensasiya- kasallik tufayli ro‘y bergan o‘zgarishga organizm moslashuvining, ya’ni kompensasiyaning buzilishi sababli biror a’zo yoki a’zolar sistemasi yoxud butun organizm faoliyatining izdan chiqishi. Biror kasallik yoki jarayonning avj olishi jismoniy zo‘riqish yoki organizmning o‘ta toliqishi, haroratning ta’siri, turli shikastlanishlar, shuningdek, asosiy kasallikka yo‘ldosh kasalliklar tufayli ro‘y beradi.
Diqqatning to‘planganligi- diqqatning muayyan ob’ektlar doirasida tez xamda kuchli to‘plana olishdan iborat xususiyati.
Direktiv- bu yuqori organ tomonidan bo‘ysunuvchiga berilgan umumiy ko‘rsatma.
Eyforiya – bu odam o‘zini qoniqtiradigan va yaxshi his qiladigan ruhiy holat. Psixiatriyada eyforiya har doim patologik ma’noga ega va ko‘pincha miya bilan bog‘liq kasalliklarning birinchi belgisidir. Yuqumli emas, odam hech qanday sababsiz xursand bo‘ladi; chunki mamnunlik hissi ongni yo‘qotishiga va xafalik va xavotirni his qilmaslikka asoslangan.
Egoist-faqat o‘z manfaatini o‘ylovchi, bu jamiyatda o‘zidan tashqari boshqani «tanimaydigan», o‘zining extiyojlarini qondirishni ko‘zlovchi kishi.
Egoizm- xudbinlik bo‘lib, shaxsning o‘z qiziqishlari va extiyojlarini boshqa shaxs bilan qiziqmay, uning extiyoj va qiziqishlaridan ustun kuyish.
Eksperiment metodi- yangi psixologik bilimga ega bulish uchun ob’yektiv tarzda ilmiy bilishning asosiy vositasi. U laboratoriya va tabiiy E. metodlarga bo‘linadi.
Eksperiment- ilmiy tajriba, biror maqsadni ko‘zlab qilinadigan sinov.
Eksteroreseptiv sezgilar –tashqi olamdagi narsa va xodisalarning turli xususiyatlari haqida darak beruvchi, tana sirtida joylashgan reseptorlar, sezgilar. Mas: ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilishdan iborat tashqi sezgilar.
Emosionallik- kishining his-tuyg‘u va emotsiya dinamikasi, mazmunini xarakterlovchi sifatlari.
Emotsiya- his tuyg‘u, kechinma, xayajon (g‘azab, qo‘rquv, quvonch).Odam yoki hayvonlarning sub’ektiv ifodalangan ichki yoki tashqi qo‘zg‘ovchilar ta’siriga javob reaksiyasi.
Empirik metod- tekshiriluvchi haqidagi ma’lumotlarni tajribaga asoslanib, amaliy tajribalar bilan aniqlash usuli.
Esga olib qolish- yangi qabul qilingan ma’lumotlarni oldin egallangan bilim va tajribalar bilan bog‘langan xolda esda saqlashga qaratilgan psixik faoliyat.
Esga tushirish- o‘tmishda idrok qilinganlarni (narsa, his-tuyg‘u, fikr, ish, hatti-harakat) ongimizda qayta tiklashdir. Xotira jarayonlaridan biri.
Ekstremal vaziyat- odam tomonidan hayotga tahdid soladigan yoki sub’ektiv ravishda qabul qilinadigan to‘satdandan paydo bo‘luvchi vaziyat.
Empatiya- boshqa odamning tajribasiga kirib borish. Shaxsning o‘sha his-tuyg‘ularni parallel ravishda boshdan kechirish qobiliyati.
Favqulodda vaziyat - avariya, xavfli tabiat hodisasi, falokat, tabiiy yoki boshqa hodisalar natijasida ma’lum bir hudud yoki akvatoriyada yuzaga kelgan vaziyat.
Favqulodda vaziyat zonasi- bu sodir bo‘ladigan hudud yoki akvatoriya favqulodda vaziyat, odamlar, qishloq xo‘jaligi hayvonlari va o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi yoki mag‘lub bo‘lishi mumkin bo‘lgan hudud.
Favqulodda vaziyatning manbai- xavfli tabiat hodisasi, baxsiz hodisa yoki texnogen hodisa, odamlar, hayvonlar va hayvonlarning yuqumli kasalliklari va hokazolar.
Fazoni idrok kilish voqeilikdagi narsa va xodisalarining fazoda tutgan o‘rnini, shaklini, mikdorini uch o‘lchov asosida (balandlik, kenglik, uzunlik) bevosita aks ettirish.
Fenomenal xotira- idrok qilingan narsa va xodisalarni, ularning bog‘lanishi munosabatlarini favqulotda tez hamda aniq esda qoldirish va esga tushirishdan iborat nodir xotira qobiliyati.
Fiksasiya- bu ularning tuzilmalarini iloji boricha o‘zgarishsiz holatda saqlab qolish uchun mikroskopiya uchun mo‘ljallangan namunani qayta ishlash.
Flegmatik- hatti –harakatlari va nutqi bir xil maromda bo‘lgan, ruhiy holati tashqi tomonda ifoda etiluvchi temperament turi.
Gallyusinasiya-(alahlash, bosinqirash)-sezgi aldanishi, yo‘q narsani bor deb idrok etish. Odatda muayyan tashqi ta’sirlarsiz vujudga keladi. Asosan ko‘rish, eshitish galllyusinasiyalari mavjud. U psixik kasallarda uchraydi. Real voqeilikdagi narsa va xodisalarning analizatorlarga bevosita ta’sirisiz ongimizda turli obrazlarning xayoliy ravishda paydo bulishi.
Gipertrofiya- a’zoning to‘qima elementlari (hujayralar, muskul tolalari) o‘sishi oqibatida shu a’zo yoki uning biror qismining kattalashib ketishi. Gipertrofiyaga asosan a’zoning zo‘r berib ishlashi sabab bo‘ladi.
Gomeostaz- (qadimgi yunon. «bir xil, o‘xshash») yo‘qolgan muvozanatni tiklash, tashqi muhitning qarshiligini yengish istagi. Ushbu atama har qanday ochiq tizimning ichki holatining barqarorligini dinamik ravishda saqlab turish qobiliyati hisoblanadi.
Idrok aniqligi- idrok obrazlarini idrok qilinayotgan narsalarga qanchalik muvofik kelish darajasi.
Idrok tezligi- idrok qilinayotgan narsaning sezgi a’zolariga ta’sir qila boshlagan paytdan, to bu narsaning obrazini anglab olgunimizgacha o‘tgan vaqt.
Idroklilik- idrokning to‘liqligi, aniqligi va tezligi kabi ijobiy xususiyatlardan tashkil topgan aql sifati,zehn tezligi.
Inklyuziv ta’lim- bu maxsus o‘quv ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha o‘quvchilar uchun ta’lim muassasalarida ta’lim olish huquqini teng ravishda ta’minlashdir .
Idrokning konstantligi- idrok qilinayotgan narsalarning o‘lchami, shakli va rangi ungacha bo‘lgan masofani o‘zgartirganda ham nisbatan turg‘unlik holatining o‘zgarmasligi.
Idrok-sezgi a’zolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi narsa va hodisalarning kishi ongida yaxlit holda psixik aks etirishdan iborat psixik jarayon.
Illyuziya- borliqning, voqelikning noto‘g‘ri idrok etilishi, idrokning chalg‘ishi. Sezgi a’zolari takomillashganmaganligi natijasidagi qo‘rquv.
Improvizasiya (lot. improvisus — kutilmagan, bexosdan) — she’r, musiqalarni oldindan tayyorgarliksiz, ijro davomida ijod etish; aktyor o‘yinida bexosdan paydo bo‘ladigan ilhom, ijodiy fantaziya, ruhiy ko‘tarinkilik, fikr, so‘z, ohang va tasvirning erkinligi.
Individuallik- muayyan shaxsning boshqa shaxslardan ajratib turuvchi, shaxsning o‘ziga xos xislatlari.
Induksiya- juz’iy yoki yakka hollarda umumiyga, ayrim faktlardan umumlashmalarga qarab boradigan induktiv xulosa chiqarishga asoslangan mantiqiy bilish metodi, tafakkur formasi.
Instinkt- organizmning tashqi yoki ichki ta’sirotlar natijasida paydo bo‘ladigan murakkab tug‘ma harakatlari majmui, murakkab shartsiz refleks (ovqatlanish, himoyalanish, jinsiy instinkt va b.). Odamda instinkt uning ongi bilan boshqariladi.
Iroda- kishining o‘z oldiga kuyilgan maqsadlarga erishishi uchun qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga qaratilgan faoliyati va xulq –atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o‘zini –o‘zi boshqarishidir.
Ishonchlilik- ob’yektiv voqeilikdagi narsa va hodisalarni fikran to‘g‘ri, shak-shubhasiz aks ettirishdan iborat mantiqiy kategoriya.
Ishontirish- shaxsga muayyan ta’sir o‘tkazish; buning natijasida kishi irodasi va ongidan qat’iy nazar, unda muayyan holat, hissiyot, munosabat vujudga keltiriladi.
Istak- intilishning maqsadi aniq bo‘lmagan holat. Bu maqsadga erishuvning yo‘li va vositalarini to‘la anglab yetmaslikdan iborat irodaviy holat.
Iste’dod- shaxsning rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon bo‘ladigan tug‘ma layoqatlari yoki boshqacha aytganda shaxsning tabiiy va muayyan ijtimoiy muhit ta’sirida erishgan noyob xislatlari .Biror sohada yuksak darajadagi qobiliyat.
Ixtiyoriy diqqat- ongimizning ob’ektga ixtiyorsiz ravishda yo‘naltirilsada, uning ustida ma’lum vaqt barqaror holda, to‘planib turishidan iborat ixtiyoriy diqqat turi.
Ixtiyorsiz diqqat- ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz ravishda muayyan ob’ektga yo‘naltirilishi va unda to‘planishidan iborat diqqat turi.
Ixtiyorsiz xotira- biror narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad bulmagan holda esda olib qolish va qayta esga tushirish kabilar aniqlanadi.
Kayfiyat- inson his-tuyg‘usining yaxlit shakli, kechinmalarining umumiy xolati. Kayfiyat doirasi har xil. U insonning umumiy kechinmalaridan to zerikish, qo‘rquv, xafalik yoki quvnoqlik, umid va qiziqish kabilargacha bo‘lgan barcha shakllarni o‘z ichiga oladi.
Kuzatish metodi- faoliyat mahsulini tahlil etish, erkin tavsifnomalarni umumlashtirish usuli.
Kuzatish- shaxsni qiziqtirgan narsalar va tevarak atrofidagi hodisalarni bilish uchun maqsadli va rejali tarzda idrok etish.
Layoqat- individning ma’lum faoliyatning bajarishga undovchi saylanma yo‘nalganligi. Nerv tizimining ba’zi irsiy determinlashgan anatomfiziologik xususiyati.
Longityud tadqiqot- insonning yosh va individual o‘zgarishlar ko‘lamini o‘rganish maqsadida yashash davri fazalari o‘zgarmas bo‘lgan guruhni uzoq va uzluksiz tekshirish usuli.
O‘zini taqdim etish (joylashishni aniqlash) - bu imo-ishoralar, bayonotlar, kayfiyat, tashqi ko‘rinish, xulq-atvorning ma’lum bir uslubi, bu orqali odam atrofdagilar orasida o‘z shaxsining xohlagan g‘oyasini yaratishga harakat qiladi. Qoida tariqasida, sun’iy ravishda yaratilgan tasvir olamdan katta qurbonliklarni talab qiladi, insonning tashqi qiyofasi, xulq-atvori va xarakterining individual xususiyatlarini belgilaydi, bu uning shaxsiyatini belgilaydi.
Manipulyasiya - bu ijtimoiy ta’sirning bir turi yoki ijtimoiy-psixologik hodisa, bu boshqa odamlarning idrokini yoki hatti-harakatlarini o‘z manfaatlari yo‘lida yashirin, aldamchi va zo‘ravonlik taktikalari yordamida o‘zgartirish istagi.
Mas’uliyat- terapevtik makon qulayligini ta’minlovchi va terapevtik jarayonning samaradorligini oshiradigan mijoz va maslahatchi ixtiyoriy ravishda o‘z zimmasiga oladigan o‘zaro majburiyatlar.
Melanxoliya (yunon.melas-qora, chole-o‘t,safro)-temperament turlaridan psixik faollikning sust, tez ta’sirlanuvchilik, hatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta’sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Melonxolik- Gippokrat ta’limotiga ko‘ra, temperamentning bir turi. Yuksak darajadagi ta’sirchanlik va hissiyotning zohiran nisbatan sust ifodalanganligi.
Metod- bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi.
Mexanik xotira- muayyan material ma’nosini, mazmunini, ichki mohiyatini, ichki mantiqiy bog‘lanishlariga tushunmagan holda takrorlashga asoslangan xotira turi.
Mijoz- hayotiy qiyinchiliklarga duch kelgan har qanday shaxs yoki qiyin kechinmalar: Uni hal qilish uchun o‘z kuchlari, bilimlari, tajribalarining yetishmovchiligini boshdan kechirish.
Model (fr.modele-namuna)- ilmiy tadqiqotlarni tuzish, ishga tadbiq etish, idrok etishga qaratilgan tuzilma.
Muammo - bu qiyinchilik, uni yengish vazifa shaklida tuzilgan bo‘lib, uning yechimi mijoz o‘zi ko‘rmaydi yoki o‘z kuchi, bilimi, tajribasi yetishmasligi tufayli uni amalga oshira olmaydi.
Nedensellik- (Sababiyat), odatda sababiyat tamoyili sifatida tanilgan; Hodisalar va faktlar bir-biri bilan ma’lum bir tarzda bog‘langanligi, har qanday natijaning sababi bor yoki har qanday natijani sababga bog‘lash bilan izohlash mumkin yoki ba’zi sabablar ma’lum natijalarni yaratadi degan da’voni o‘z ichiga olgan falsafa atamasi, xuddi shu sabablar bir xil sharoitda bir xil natijalarga olib kelishi.
Oltinchi sezgi- odamdagi asosiy besh sezgidan tashqari xar xil holatlarda namoyon bo‘ladigan sezgi.
Operativ xotira- kishi tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan zaruriy hatti-harakatlar, shularga xizmat qiluvchi mnemik jarayonlar.
Orzu- shaxsning o‘zi uchun yoqimli bo‘lgan istiqbol obrazlarini ongida yaratishdan iborat xayol turi.
Paranoya - bu instinkt yoki fikrlash jarayoni bo‘lib, unga tashvish yoki qo‘rquv katta ta’sir qiladi, deb o‘ylashadi , ko‘pincha aldanish va mantiqsizlikka qadar. Paranoid tafakkur odatda ta’qib etuvchi e’tiqodlarni yoki o‘ziga nisbatan tahdid bilan bog‘liq fitna haqidagi fikrlarni o‘z ichiga oladi. Paranoya fobiyalardan ajralib turadi, bular mantiqsiz qo‘rquvni ham o‘z ichiga oladi.
Parishonxotirlik- kishining maqsadga qaratilgan, yo‘naltirilgan faoliyatining funksional yoki organik buzulishi, diqqatni ma’lum ob’yektga qarata olmaslik.
Periodizasiya- bu tizimlashtirishning o‘ziga xos turi bo‘lib, u tarixiy jarayonni ma’lum xronologik davrlarga shartli ravishda ajratishdan iborat. Ushbu davrlar tanlangan davriylashtirish asosiga (mezoniga) qarab belgilanadigan ma’lum o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Personifikasiya- bu jonsiz narsalar, tabiat hodisalari va kuchlarini insoniy xususiyatlarga ega qilish uchun ong xususiyatini belgilash uchun dastlab ishlatilgan atama. Shaxsiylashtirish hodisasi (boshqacha aytganda, personifikasiya) ko‘pincha mifologiya, ertaklar, din, sehr-joduda uchraydi. Konsepsiya sosiologiya, falsafa va psixologiyada ham keng tarqaldi.
Postmodernizm- ijtimoiy hayoti va ikkinchi yarmida madaniyati dunyoda tizimli ravishda o‘xshash hodisalarni aks ettiradi XX asr oxirlaridan XXI asr boshlarigacha odatda «modernizmni almashtirgan narsa» deb talqin qilingan . U falsafaning klassikadan keyingi turini tavsiflash uchun ham, badiiy uslublar uchun ham ishlatiladi.
Postulat- nazariyaning boshlang‘ich pozisiyasi bo‘lib, u ushbu nazariya doirasida isbot talab qilinmasdan haqiqat deb qabul qilinadi va uning boshqa bayonotlarini isbotlashda foydalaniladi. teoremalar deyiladi.
Proyektiv metod- shaxsni tadqiq kilish metodlaridan biri.
Proprioreseptiv sezgilar- tana turli qismlari, holatlari va ularning harakatlari haqida darak beruvchi sezgilar.
Psixik jarayonlar- faoliyatning hozir ta’sir etadigan (sezgi, idrok) yeki kachonlardir yuz bergan kuzgatuvchiga javob tarikasida ruy beradigan shu ta’sirni umumlashtiradigan, ular pirovardida olib keladigan natijalarni (tafakkur xayol) oldindan ko‘ra bilishga yordam beradigan, bir xil ta’sirotlar natijasida faoliyat ( his –tuyg‘u) ni kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faollashtirib yoki sekinlashtiradigan, odamlar xulq-atvoridagi tafovutlarni aniqlaydigan boshqaruvchilaridir.
Psixik reaksiya- tashqi yoki ichki ta’sirotga javob sifatida paydo bo‘ladigan xar qanday psixik jarayon.
Psixodiagnostika- shaxsning induvidual psixologik xususiyatlarini aniqlovchi va ularni o‘lchashni ishlab chiquvchi psixologiya usuli
Psixologik test- qisqa muddatli, yozma savolli topshiriq bo‘lib u orqali kishilar qobiliyati, ko‘nikma, bilim va malakalari, kasbga layoqati kabilar o‘rganiladi.
Psixologik metodikalar- jamoa yoki alohida kishini psixologik o‘rganish maqsadida tuzilgan savollar to‘plami.
Psixologik tahlil-inson psixik faoliyatining psixologik shart-sharoitlari va tarkibini ochib berishdan iborat ilmiy-tekshirish metodlaridan biri.
Psixologiya metodlari- psixik xodisalar va ularning qonuniyatlarini o‘rganadi. Mas.: Kuzatish, tajriba, laboratoriya tajriba, tabiiy kuzatuv, o‘z-o‘zini kuzatish, biografiya. Psixologik tadqiqot usuli 4 bosqichga bo‘linadi. 1.Tayyorgarlik bosqichi 2. Tajriba-sinov bosqichi 3.Tadqiqotga ishlov berish 4.Olingan natijalarni izohlash bosqichi.
Psixoterapevt- asosan psixogen kelib chiqadigan kasalliklarni aniqlab, davolay oladigan malakali mutaxassis, psixoterapiya sohasida shug‘ullanadigan mutaxassis.
Qiyinchilik - bu mijoz tomonidan hozirgi paytda u yengib bo‘lmaydigan to‘siq yoki hayotning boshi berk ko‘chasi sifatida qabul qilinadigan hayotiy vaziyat yoki ichki tajribalar.
Qobiliyatlar – u yoki bu unumli faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarini egallay olishni ta’minlaydigan shaxsning individual – psixologik xususiyati.
Raddiya-tafakkurning turli operasiyalari xamda formalaridan foydalangan xolda biror fikrning yolgon ekanligini isbotlashdan iborat bo‘lgan mantikiy operasiya.
Rang sezish- ko‘zning idrok qilinayotgan narsa va hodisalarning rangini ajrata olish qobiliyati.
Refleks (lot.reflexus-aks etish)- organizmning reseptorlar qo‘zgalishiga javob reaksiyasi. Vujudga kelgan qo‘zg‘alish markaziy nerv sistemasiga uzatilgach, u ham kuzgalish bilan javob qaytaradi.
Refleksiya -sub’yektning u bilan muloqotga kirishgan sherigi tomonidan qay tarzda idrok etilishini anglab yetishi.
Regressiya- bu mojaro yoki xavotir sharoitida psixologik moslashishning bir shakli bo‘lgan himoya mexanizmi, bu odam ongsiz ravishda o‘zini himoya qilishni kafolatlayotgandek tuyulgan oldingi, kam yetuk va yetarli bo‘lmagan hatti-harakatlar uslubiga murojaat qiladi.
Reseptor- tashqaridan yoki organizm ichki muhitidan ta’surotni qabul kilib va uni nerv impul’slariga aylantirib, markaziy nerv sistemasiga o‘tkazib beradigan sezuvchi nerv tolalari uchlari.
Sangvinik – ruhan kuchli, faol, harakatchan, tez va yorqin qiyofali, hissiyoti o‘zgaruvchan, nutqi tez, ba’zan e’tiborsiz va shoshiluvchan bo‘lgan temperament turi.
Sensor buzilish – sezgi a’zolari faoliyatining buzilishi.
Sensorika – sezgi va idrokning birgalikda umumlashtiruvchi tushuncha.
Senzitiv yosh davrlari-bunda ma’lum yosh davri xos psixik xususiyat va jarayonlar, yuqori darajada yaxshi hisoblanadi.
Senzitivlik-sezgilarning turli xil ta’sirotlarga nisbatan kuchli va tez qo‘zg‘alishi
Sezgi chagarasi- minimal kuchga ega bo‘lgan qo‘zg‘ovchining bilinar-bilinmas ta’sirini sezishning kuyi chegarasi, eng yuqori kuchi ta’sirni sezishi (maksimal) yuqori chegarasi deyiladi.
Sezgi- dunyoning bilishning boshlangich nuqtasi. Sezgilar ob’yektiv reallik xossalarining in’ikosi, ana shu xossalarning sezgi organlariga ta’siri va bosh miya nerv mexanizmlarini qo‘zg‘atishi natijasida vujudga keladi.
Stress (ing.stress-zo‘riqish) - to‘satdan va kuchli ta’sirot natijasida hosil bo‘ladigan ruhiy zo‘riqish holati.
Sub’yekt- ob’yektiv dunyoni biluvchi, uni o‘zining ehtiyoj va qiziqishlariga moslab o‘zgartiradigan ongli mavjudot.
Suhbat- psixologiyaning og‘zaki muloqot kilish yo‘li bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bavosita ma’lumot olish jarayonidir.
Tabiiy eksperiment- o‘yin, mexnat va o‘quv faoliyatini tekshiriluvchiga sezdirmasdan psixologik o‘rganish usuli.
Tafakkur-inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi, idrok va tasavvurlar orkali bevosita bilib bulmaydigan narsalarni ongli ravishda aks etish mumkin. Fikr yuritish, uylash, jiddiy ravishda yangilikni kidirish va ochishga ijtimoiy jixatdan bog‘lik , aloqador psixik jarayon. Shuningdek, uning tahlili va sintezida voqelikni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishlardan paydo buladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chikib ketadi.Intuitiv, ko‘rgazmali-obrazli, amaliy, suzli-mantikiy , ijodiy ,nazariy tafakkur turlari mavjud.
Tahlil-tafakkur qilish usuli, bunda murakkab ob’yektlar qismlarga bo‘lib o‘rganiladi
Taktil sezgilar-teri sezgilarining biror narsaning badanga tekkanini, bosilganini, tebranishini aks ettirishdan iborat turi.
Talant- qobiliyatlar, ayniqsa maxsus qobiliyatlar rivojlanishining yuqori darajasi. Talantli kishi ishga ijodiy yondashadi. Muayyan faoliyatning muvaffakiyatli va ijobiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat xamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat.
Tasavvur- oldin shakllangan manzaralar asosida tuzilgan obrazlarning psixik akslanish shakli. Tasavvur faqat insonga xos.
Temperament- individning psixik faoliyati (sur’ati, ritmi, psixik jarayon va xolatlar jadalligi)dagi dinamik xususiyatlar jihatidan uning tavsifi.
Terapevtik effekt (ta’sir)- mijozning his-tuyg‘ularidagi, munosabatidagi, odatdagi reaksiyalaridagi yoki umuman hayotidagi sifat o‘zgarishlari, umuman olganda u terapiya paytida qayd etadi.
Terapevtik holat - terapiya jarayonida yuzaga keladigan va yuzaga keladigan qiyinchiliklar, muammolar, mijozning hayot tarixi, ushbu mijozning kelajagi uchun terapevtik ta’sir.
Terapevtik jarayon - ushbu bitim bilan tartibga solingan maslahatchi va mijozning maqsadli qo‘shma ishi, uning asosiy mazmuni ikkinchisining terapevtik so‘rovi. Terapiya terapevtik seanslar doirasi bilan cheklanib qolmay, terapevtik kontrakt tuzilgan paytdan boshlab shartnomada belgilangan terapiya tugaguniga qadar davom etadi. Bundan tashqari, asosiy ish mijoz tomonidan o‘zi uchun qulay vaqtda mustaqil ravishda amalga oshiriladi va sessiyalarda uning natijalari yig‘iladi va kelgusida ishlashning mumkin bo‘lgan usullari muhokama qilinadi va bayon qilinadi.
Terapevtik makon - bu terapevtik munosabatlar rivojlanib, davom etadigan vaqtinchalik, hududiy, ijtimoiy va ma’naviy joy .
Terapevtik munosabatlar - bu mijoz va maslahatchi ko‘ngilli bo‘lgan o‘ziga xos munosabatlardir.
Test- psixologik standart sinov. Bu sinov natijalariga ko‘ra sinalayotgan shaxsning to‘liq yoki ayrim psixofiziologik xususiyatlari, shuningdek, bilim, malaka, ko‘nikmalari to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Tush- bosh miya yarim sharlari pustlog‘ida hosil bo‘ladigan xayolning ixtiyorsiz faoliyati, ong bilan tashqi muhit o‘rtasidagi aloqa ma’lum darajada uziladi.
Unutish-oldin xotirada bo‘lganni qayta tiklanmaslik, ya’ni esga qoldirgan narsa va xodisalarning zarur paytda aytib bera olmaslik jarayoni.
Xarakter hislatlari- ijtimoiy muxit ta’sirida tarkib topgan, shaxsning hatti-harakatlarida muntazam uchraydigan doimiy xususiyat va sifatlari yig‘indisi.
Xarakter- kishidagi barqaror psixik xususiyatlarning induvidual birligi. Odamning hatti-harakatlari va atrof- muxitga munosabatida namoyon bo‘ladigan shaxsiy psixik xususiyatlari yig‘indisi. Xarakterni tashkil kiluvchi xususiyatlar xarakter hislatlari deyiladi.
Xayol-mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik aks ettirish jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol va tasavvur xayol turlariga ajraladi.
Xayolparast- kishining voqea, dalillarini asta-sekin buzib, ularni o‘z xohishiga qarab fikri -xayoliga moslab tasvirlab berishi.
Xolerik- temperament turi, u hissiyotning jo‘shkinligini, kayfiyatning birdaniga tez o‘zgarib qolishi, hissiyotning muvozanatsizligi va umuman xarakatchanligi bilan ifodalanadi.
Yüklə 24,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin