Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 94 International Conference O„qitishdan ko„zlanadigan maqsad bu davlat ta‟lim standartlarida
belgilangan bilim va ko„nikmalarini o„quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki
o„quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o„quvchi malaka
oshirish uchun mo„ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina,
o„qitish muvaffaqiyatli kechdi, deb hisoblasa bo„ladi.
Ma‟lumki, ta‟lim olish (ma‟lumot olish) jarayoni – bu ma‟naviy va aqliy
qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va
olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir.
Bu jarayon ta‟lim oluvchining o„zi orqali yoki boshqa birov- ta‟lim beruvchining
ko„magida amalga oshirilishi mumkin. Ta‟lim olish jarayoni esa turli xil
metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi [1;59].
Metod – grekcha “metodos” so„zidan olingan bo„lib, izlanish yoki bilish
yo„li, nazariya, ta‟limot ma‟nosini anglatadi. Ta‟lim metodini(usulini) - ta‟lim
oluvchi va ta‟lim beruvchining ma‟lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi
faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga va tartibga solingan yo„l-yo„rig„i
sifatida ta‟riflash mumkin. Ta‟lim modelini, esa bir yoki bir nechta ta‟lim
metodlari yordamida amalga oshiriladigan ta‟lim jarayoni amalga oshirish
tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin. Ta‟lim metodi -bu ta‟lim oluvchi va ta‟lim
beruvchining ma‟lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil
qilishning muayyan tizimga solingan yo„l-yo„rig„i. “Metod” yunoncha so`z bo`lib
“ yo`l” ma`nosini anglatadi. Ta`lim metodi ta`lim jarayonida o`qituvchi va
o`quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining
usulidir. Ta`lim metodlari o`qitishning o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishish
usullari hamda o`quv materialini nazariy va amaliy jihatdan yo`naltirish yo`llarini
anglatadi. O`qitish metodlari ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchi faoliyatining
qanday bo`lishi, o`qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini
hamda shu jarayonda o`quvchilar qanday ish-harakatlarni bajarishlari kerakligini
belgilab beradi [2;17].