Antenna hasharot moʻylovi elektromagnit toʻlqinlarini



Yüklə 217,1 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.10.2023
ölçüsü217,1 Kb.
#159116
Antenna - Vikipediya



Antenna
Antenna
(
lotincha
: antenna — hasharot
moʻylovi) — elektromagnit toʻlqinlarini
fazoga tarqatuvchi (uzatuvchi antenna)
yoki qabul qiluvchi (qabul qiluvchi
antenna) qurilma. Har qanday uzatuvchi
antennani qabul qiluvchi antenna oʻrnida
yoki, aksincha, qabul qiluvchi antennani
uzatuvchi antenna oʻrnida ishlatish
mumkin, chunki ularning hamma elektr
xususiyatlari bir xil. Uzatuvchi antenna
uzatgich moslama energiyasini


elektromagnit toʻlqinlari energiyasiga,
qabul qiluvchi antenna elektromagnit
toʻlqinlari energiyasini yuqori chastotali
tok energiyasiga aylantiradi. Bundan
tashqari, uzatuvchi antenna energiyani
muayyan tekislik va yoʻnalishda tarqatish
xususiyatiga, qabul qiluvchi antenna turli
yoʻnalishdan keluvchi toʻlqinlarni saralash
xususiyatiga ega boʻladi. Qabul qiluvchi
antennaning bu xususiyati yoʻnalish
boʻyicha tanlash deyiladi. Antennaning
ishlash tarzi ochiqtebranish konturining
elektromagnit toʻlqinlarini tarqatishiga
asoslangan. Chastotalar diapazoniga
qarab antennalar uzun, oʻrta, qisqa va
ultraqisqa toʻlqin antennalariga boʻlinadi.
Antennalarning tuzilishi va shakli ularning


qanday maqsad uchun
moʻljallanganligiga bogʻliq. Uzun va oʻrta
toʻlqin antennalarining asosi yetarlicha
uzun (va baland), tik oʻrnatilgan
oʻtkazgichdan iborat. Past chastotalar
diapazoni uchun moʻljallangan antennalar
simlardan yasalgan murakkab moslama
(1-rasm), yuksak va ultrayuksak
chastotalar diapazoni uchun
moʻljallangan antennalar linza va karnay
shaklidagi moslamadir. Vazifasiga koʻra,
antennalar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
a) radioeshitirish stansiyalari antennasi;
b) radioaloqa stansiyasi antennasi; v)
televizion antennalar; g) radiolokatsiya va
radiotelemexanika antennalari; d)
radioastronomiya antennasi. Bu


antennalarning tuzilishi bir-biridan farq
qilishiga qaramay, barchasida simmetrik
yoki simmetrikmas vibrator boʻladi.
Simmetrik vibrator oʻzaro teng ikkita
oʻtkazgich boʻlib, ularning bir uchiga
oʻtkazgich yoki priyomnikdan keladigan
fider liniyasi ulanadi. Oʻtkazgichning
uzunligi uzatilayotgan radiotoʻlqinlar
uzunligining yarmiga (oʻlcham yarim
toʻlqin uzunligiga) teng boʻlgan vibratorlar
antenna texnikasida koʻp ishlatiladi.
Simmetrikmas vibrator faqat bitta
oʻtkazgichdan iborat. Shuning uchun fider
liniyasining ikkinchi uchi yerga ulanishi
kerak. Koʻrsatkichlari: yoʻnalganlik
diagrammasi, kuchaytirish koeffitsiyenti,
tarqatilgan toʻlqinlarning qutb tekisligi,


f.i.k., taʼsir balandligi va hokazo
Tuzilishiga koʻra, antennalar gorizontal,
vertikal, magnitli, qiya, rombsimon,
parabolik, dielektrikli va hokazo xillarga
boʻlinadi. Olisdagi stansiyalardan
signallarni qabul qilishda va uzatishda
gorizontal hamda vertikal antennadan,
kichik („choʻntak“) va koʻtarib yuriladigan
radiopriyomniklarda signallarni qabul
qilishda magnitli antennadan (3-rasm)
foydalaniladi. Magnitli antenna
radiotoʻlqinlarning magnitli tashkil
etuvchilarini yaxshi sezadi. Bunday
antenna magnit material (ferrit) dan
yasalgan sterjendan iborat boʻlib, unga
priyomnik tebra-nish konturining
induktivlik gʻaltagi oʻrnatilgan. Ult ra qisqa


toʻlqinlarda ancha murakkab yoʻnaltirilgan
antennadan foydalaniladi. Ular metall
sterjenlarga simmetrik mahkamlanib
botiq koʻzgular koʻrinishida yasaladi.
Qisqa toʻlqin tarqatuvchi va kdbul qiluvchi
eng sodda antenna oʻlchami yarim tulkin
uzunligiga teng simmetrik vibratordir.
Vibrator energiyani asosan gorizontga
nisbatan biror burchak ostida oʻtuvchi
tekislikda tarqatadi (vibrator oʻz oʻqi va
yer sirti boʻylab energiya tarqatmaydi),
vibratorning yoʻnalganligi juda kam.
Vibratorning yoʻnalganligini orttirish
uchun koʻp qavatli sinfaz va rombsimon
Alar yasaladi. Koʻp qavatli sinfaz antenna
gorizontal joylashgan, ikki boʻlagining
oʻlchami yarim toʻlqin uzunligiga teng


vibratorlardir. Ulardan bitgasi tarqatgich,
ikkinchisi qaytargich hisoblanadi.
Qaytargich vibrator toʻlqinni bir
tomonlama tarqatadi. Rombsimon A
simdan yasalgan va keng toʻlqin
diapazonida ishlaydi. Antennalar metr,
desimetr, santimetrli toʻlqinlar antenna
siga boʻlinadi, mas, shleyf antenna va
direktorli antennalar (4-rasm). Shleyf
antenna uchlari tutashtirilgan, parallel
joylashgan, oʻlchami yarim toʻlqin
uzunligiga teng 2 ta vibratordan tuzilgan.
Direktorli antenna esa gorizontal
tekislikda joylashgan faol (aktiv) va sust
(passiv) vibratorlardir. Oʻlchami yarim
toʻlqin uzunligiga teng vibrator yoki shleyf
antenna faol tarkatgich vazifasini ba-


jaradi. Udiametri yetarlicha katta, yaxlit
yoki naysimon silindrik oʻtkazgichdan
yasaladi. Suct vibratorlar (old tomonda —
direktor, or-qada — reflektorlar)ning
boʻlishi antennaning yoʻnalganligini
oshiradi. U tor polosalidir. Optik turdagi
antennalar — koʻzgu va linzalar san-
timetrli toʻlqinlar antennalariga kiradi.
Koʻzgu metalldan, linza dielektrikdan
yasaladi. Ular qaytargich
(projektorlarning koʻzgusi kabi) vazifasini
bajaradi va sferik (silindrik) toʻlqinga ay-
lantiradi. Bunday antennalar
radiolokatsiya, 546radioastronomiya va
radioreley aloqada keng ishlatiladi
(qarang Radiolokatsiya).Radioreleyli
aloqada, kosmik radioaloqada,


radioastronomiya va boshqa sohalarda
oʻta yuqori chastotali parabolik antenna
keng tarqalgan. U parabola shaklidagi
metall koʻzgu va tarkatgichdan iborat
(qarang Aloqa). Tarqatgich sifatida
kucheiz yoʻnaltirilgan antenna (karnaylar,
kichik reflektorli vibratorlar, spirallar va
boshqalar) ishlatiladi. Energiyani biror
fazoviy burchak-ka toʻplab tarqatish
xususiyati antennaning yoʻnalganligi
deyiladi. U yoʻnalish dia-grammasi
(Antenna)da ifodalanadi. Antennaning
f.i.k. koʻpaytmasi antennaning
kuchaytirish koeffitsiyenti deyiladi.
Radioeshitti-rish va televideniyeni
antennalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi.
Ular imkoni boricha baland quriladi.


Oʻzbekiston, Rossiya, Fransiya, Angliya va
boshqa mamlakatlarda eng baland
teleantennalar bor. Mas, Moskvadagi
Ostankino teleminorasining balandligi
533,3 m, Toshkentdagi teleminoraning
balandligi 375 m.
Ostankino teleminorasi


Toshkent teleminorasi
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 15-Iyun 2023, 11:27 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Antenna&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Antenna&oldid=3769540

dan olindi

Yüklə 217,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin