kelajakdagi “Men” hozirgi “Men”dan kuchliroq va aqlliroq bo‘lib tuyiladi.
Siz doim
hoziroq ishni boshlashga o‘zingizda kuch topa olmaysiz, ammo ertaga o‘zingizni kuchliroq
bo‘lishingizni tasavvur qilasiz. Bu shunchaki o‘zni aldash hisoblanadi. Siz shunday qilib
vazifa muddati tugaguncha ishni orqaga surib boraverasiz va bir kun qolganda katta bosim
bilan ishlashni boshlaysiz. Buni biz Tim Urbanning fikrlash modelida ham ko‘rgan edik.
Shu holatga qiyos sifatida prokrastinatolog Maksim Darafeyevning “Filosoraptor
paradoksi”ni keltirish mumkin.
“Nima uchun biz ishlarni oxirigacha qoldirib, qoniqarli bitiramiz. Axir boshidan shu
ishni qoniqarli bajarib, keyin chalasini to‘ldirib olsak bo‘ladi-ku!”
Bunday holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab komfort zonaga o‘ralib qolganimiz
hisoblanadi. Komfort zona — bu siz maza qiladigan joy. Rivojlanish doim komfort zonadan
tashqarida bo‘ladi. Ko‘pincha o‘rganish jarayoni ham komfort zonaga aylanib qoladi va siz
shunda ma’lum nuqtadan keyin o‘sa olmaysiz. 1869-yil Frensis Galton (Francis Galton)
31
fanga “OK” nuqta degan terminni kiritadi.
Dostları ilə paylaş: