Anvar Abduqayum 1981-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bek tumanida Besh Qayrag’och mahallasidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashgan 116 – maktabda o’qigan. Keyinchalik Toshkent arxitektura-qurilish institutida o’qiydi. “Matematik statistika” fanidan institutlar o‘rtasidagi olimpiadada respublika darajasida ikkinchi o‘rindi oladi va “Beruniy” nomli stipendiya sohibi bo‘ladi. Magistaturani ham grand asosida o’qiydi.
2003-yil magistraturada o‘qib yurgan kezlari darsdan keyin xalqaro import-eksport bilan shug‘ullanadigan kompaniyada tarjimon va menejer yordamchisi bo‘lib ishlaydi. Bir muddat o‘tgach, Turkiyadagi Niderlandiya korxonasi A,Abduqayumni MDH davlatlari bilan ishlovchi bosh menejer lavozimiga tayinladi. Lekin baribir o‘z biznesini boshlah xohishi uni tinch qo‘ymasdi. Bir kuni kompani mijozlaridan biri bankrot bo‘lib, xomashyo pulini berolmay qolgani uchun paket ishlab chiqaruvchi stanoklarini berishga majbur bo‘lgan. Stanoglarni hechkim sotib olmagan, Anvar Abduqayum o’z rahbaridan shu stanoglardan birini unga berishini va O’zbekistonda yurg’izib biznes qilmoqchi bo’lganini aytgan, Rahbari sherikchilik asosida rozi bo’gan.