33
Aholi takror barpo bo‘lishining netto koeffisenti. Bu koffisent, aholi
takror barpo bo‘lishining sof koeffisenti bo‘lib, u avlodlar almashinuv darajasini
aniq ifodalaydi, chunki bu ko‘rsatkichda tug‘ilgan qiz bolalarni onasini yoshiga
yetgunga qadar yashab borganlari hisobga olinadi. Boshqacha qilib aytganda aholi
takror barpo bo‘lishining netto koeffisentida o‘lim ehtimoli hisobga olinadi va
netto koeffisenti formulasi quyidagicha ifodalanadi.
R
o
= RL
x
R
o
– netto koeffisienti ifodasi
R – brutto koeffisient
L
x
– ona yoshigacha yashagan qizlar
Agar R
o
>1 aholi soni muntazam ko‘payib boradi, R
o
<1 bo‘lsa esa aksincha >kamayadi.
Jamiyat taraqiiyoti davomida aholi takror baro bo‘lish turlari muntazam
o‘zgarib kelgan. Hozirgi davrga (XXI asr boshi) kelib mutaxassislar tomonidan
aholi takror barpo bo‘lishini asosan 2 turi mavjudligi ta’kidlanmoqda.
1 tur-aholi takror barpo bo‘lishining qisqargan turi. Bu turdagi avlodlar
almashinuvi jarayonida aholi soni ko‘paymaydi, chunki tug‘ilganlarga nisbatan
o‘lganlar soni yuqori bo‘ladi.
2 tur- aholi takror barpo bo‘lishining kengaygan turi, bunda aksincha
tug‘ilganlar soni o‘lganlar sonidan yuqori bo‘ladi va natijada keyingi avlod
vakillarining soni oldingi avlod vakillari sonidan ko‘p bo‘ladi. Bunday holda aholi
muntazam ko‘payib boraveradi.
Tug‘ilish, o‘lim va aholi tabiiy o‘sishi past bo‘lgan huddlarda aholi takror
barpo bo‘lishining 1 turi kuzatiladi. Hozirgi davrga kelib aholi takror barpo
bo‘lishining 1 turi Yevropa, Shimoliy Amerika davlatlarida kuzatilmoqda. Aholi
takror barpo bo‘lishining 1 turida har bir oiladagi farzandlarning o‘rtacha soni 2,5
tadan kamdir. Ilmiy manbalarda har bir oila o‘rtacha 2 tadan farzand ko‘rsa o‘z
ota-onalari o‘rnini to‘ldiradilar. Agar oilada 3 tadan farzand bo‘lsa uchinchi bola
turli sabablar (baxtsiz hodisalar, kasalliklar) bilan hayotdan ko‘z yumgan bolalar
va farzandsiz oilalarni “qoplaydi”, ya’ni o‘rnini bosadi. Shuning uchun ham aholi
sonini bir me’yorda saqlanishi uchun oiladagi farzandlar soni o‘rtacha 2,5 bolani
(demak oilalarning yarmi 2 bolali yarmi esa 3 bolali) tashkil etishi lozimdir. Agar
oilada farzandlar soni 2,5 dan kamayib borsa, aholi soni kamayadi va demografik
inqiroz sodir bo‘ladi. Oiladagi farzandlar soni tug‘ilishning yig‘indi koffisenti
(har bir 15-49 yoshdagi ayolga to‘g‘ri kelgan bolalar soni) yordamida aniqroq
ifodalanadi. 2009 yilda tug‘ilishning yig‘indi koeffisenti dunyo bo‘yicha 2,6 ni,
Afrika qita’sida 4,6, Amerikada 2,2, Osiyoda 2,3, Yevropada 1,5 va Avstraliya va
Okeaniyada 2,5 ni tashkil etgan.
Yuqorida qayd etilganidek Yevropa davlatlarida oiladagi farzandlar soni
demografik mezondan (2,5 ta bola) ancha past bo‘lib, ular “demografik inqiroz”
holatidadurlar. Yevropa bo‘yicha 2009 yilda tug‘ilishning umumiy koeffisenti
(1000 aholiga nisbatan tug‘ilganlar soni) ham 11 promilleni, o‘limning umumiy
koeffisenti (1000 aholigi nisbatan o‘lganlar soni) ham 11 promilleni tashkil etib,
aholining tabiiy o‘sishi 0,0 ga teng bo‘lgan. Qator davlatlarda esa o‘lganlar soni
34
tug‘ilganlardan yuqori bo‘lib, aholi sonini kamayishi, ya’ni aholining qisqargan
takror barpo bo‘lishi kuzatilmoqda. Bunday davlatlarga Shimoliy Yevropadagi
Latviya, Litva, G‘arbiy Yevropadagi Germaniya, Sharqiy Yevropadagi
Belarussiya, Bolgariya, Vengriya, Moldaviya, Ruminiya, Rossiya, Ukraina,
Janubiy Yevropadagi Xorvatiya, Serbiya kabi davlatlar kiradi. Bugungi kunda
demografik krizisning eng yuqori holati Rossiya davlatida kuzatilmoqda. 2009 yil
Rossiya tug‘ilish 12; o‘lim 15; aholining tabiy o‘sishi -0,3 promilleni tashkil
etgan.
Demografik inqirozga yuz tutgan, aholi takror barpo bo‘lishining 1 turi
kuzatilayotgan davlatlarda demografik siyosat “depopulyasiya” ya’ni aholi sonini
kamayib ketish jarayonini to‘xtatishga qaratilmog‘i lozimdir. Bunday siyosatning
asosiy maqsadi oilada ikkinchi, uchinchi farzandlarni ko‘rish, davlat, jamiyat
tashkilotlari tomonidan ham iqtisodiy, ham ma’naviy qo‘llab quvvatlashga
qaratiladi. Aholi takror barpo bo‘lishining 2 turi, aholining tug‘ilishi, tabiiy
o‘sishi juda yuqori, o‘limning esa nisbatan kam bo‘lgan holatlarida kuzatiladi.
Bunday holat Afrika qit’asidagi deyarli barcha davlatlarda, Avstraliya va
Okeaniyada, Osiyodagi ba’zi davlatlarda kuzatilmoqda. Aholi takror barpo bo‘lishi
2 turi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar G‘arbiy Afrikadagi Niger davlatida
(tug‘ilishning yig‘indi koeffisenti-7,4; tug‘ilish-53; o‘lim-14 va tabiiy o‘sish 39
promille) Sharqiy Afrikadagi deyarli barcha davlatlarda (tug‘ilish 30-47 promille;
o‘lim 3-18 promille, tabiiy o‘sish 10-34 promille) kuzatiladi.
Aholi takror barpo bo‘lishining 2 turi kuzatilayotgan qator davlatlarda
aholining haddan oshib ko‘payib borishi, ya’ni “demografik portlash” jarayonini
oldini olish muammosi mavjuddir. Ushbu muammoni bartaraf etishda tug‘ilishni
nazorat etish uslubidan foydalaniladi. Davlat siyosati oilani demografik nuqtai
nazaridan rejalashtirishga qaratiladi. Bunday siyosat Xitoy, Xindiston va qator
rivojlanayotgan davlatlarda olib borilmoqda.
1>
Dostları ilə paylaş: