Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


I. BOB. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə2/53
tarix27.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#199164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши-fayllar.org

I. BOB. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari 
o‘quv kursiga kirish. 
1.1. Aholi geografiyasi va uning predmeti, vazifalari 
Geografik ta’lim tizimida aholi haqidagi bilimlar muhim o‘rinni egallaydi.
Yer kurrasi, uning alohida hududlarini, davlatlarni, geografik tahlil etish uch
qismdan iborat bo‘lib, ular o‘rganilayotgan hududning tabiati, aholisi va xo‘jaligini
tashkil etadi.
Aholi deganda ma’lum hududda yashovchi kishilar guruhi tushuniladi.
Mazkur guruxlar zaminida jamiyat shakllanadi. Yer kurrasada insoniyat paydo
bo‘lganidan to hozirga qadar bir qancha davrlar o‘tdi. Ana shu davrlarda inson,
jamiyat o‘z mavjudligini saqlash va rivojlanish uchun muntazam harakat qilib
keldi. Ushbu jarayonda aholi tabiiy resurslardan foydalanib, moddiy ehtiyoji uchun
zarur vositalarni yaratdi, xo‘jalik tizimini barpo etdi, rivojlantirdi. Ana shunga
monand yer kurrasida aholi va aholi maskanlarining soni ham ko‘payib bordi.
Demak jamiyatni rivojlanishida uch asosiy omil – aholi, tabiiy resurslar va xo‘jalik
o‘zaro bog‘liq holda alohida ahamiyat kasb etadi va geografiya fanining asosiy
ob’ekti hisoblanadi. Geografiya fani esa o‘z o‘rganish predmeti, maqsadi va
mohiyatiga qarab bir nechta qismlarga bo‘linadi. Ularga shartli ravishda tabiiy
(tabiiy geografiya, umumiy yer bilimi, landshaftshunoslik, paleogeografiya,
geomorfologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, biogeografiya, tuproqshunoslik),
sosial (umumiy sosial-iqtisodiy geografiya, aholi geografiyasi, rasseleniya va
mehnat resurslari, siyosiy geografiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, xizmat
ko‘rsatish, madaniyat va boshqalar geografiyasi), tabiiy-sosial (ijtimoiy-ekologiya,
geoekologiya, tarixiy, tibbiy, rekrasion geografiya, okeanlar geografiyasi,
resursshunoslik va tabiatdan foydalanish) va geografiyaga bilvosita dahldor fanlar
(kartografiya, geografiya tarixi, toponimika, metageografiya)
1
qismlarini kiritish
mumkin.
Aholi geografiyasi geografiya fanlari tasnifidagi sosial qismga kiruvchi o‘z
ob’ekti va predmetiga ega bo‘lgan alohida fandir. Aholi geografiyasining o‘rganish
ob’ekti aholi va aholi soni, dinamikasi, tarkibi va takror barpo bo‘lishidagi
geografik farqlar; aholining hududiy taqsimlanishi va joylashuvi; madaniyati,
turmush tarzidagi hududiy jixatlari; aholi migratsiyasining tarkibi va yo‘nalishlari;
mehnat resurslari va ulardan foydalanishning geografik farqlari; aholi punktlapi va
ularning hududiy tizimini o‘rganish tashkil etadi.
2
Demak aholi geografiyasi
tadqiqotlari uning o‘rganish ob’ektiga monand, ikki qismga bo‘linadi. Ularning
birinchisi dunyo va uning kontinentlari davlatlar va ularning ma’muriy hududiy
birliklari bo‘yicha aholini o‘rganish; ikkinchisi esa aholi punktlapi va ularning
joylashuvi tizimining hududiy farqlarini tahlil etish. Aholi geografiyasi aholi va
aholi punktlapini o‘rganar ekan quyidagi yo‘nalishlar asosida tadqiqotlar olib
boradi:
1
В.С. Жекулин. Введение в Географию. Санкт-Петербург, 1989, с. 19-33
2
Е. Л. Шувалов. География населения. Ленинград 1977, с. 8 – 9; В. А. Капылов. География населения М.,
1999, с. 7; Демографический энциклопедический словарь. М., 1985, с. 87.


6
1. Aholi soni dinamikasi, ijtimoiy, iqtisodiy, oilaviy va hududuiy tarkibi, takror


barpo bo‘lishidagi farqlar va ularning sabablarini o‘rganish.
2. Aholi hududiy tarkibidagi mexnat resurslari va bu resurslardan
foydalanishdagi geografik farqlarni o‘rganish. Aholi bu yo‘nalishda ishlab
chiqaruvchi kuch sifatida qaraladi va geografiyaning xo‘jalik bilan va
boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqagasiga tayanadi
3. Aholining hududiy taqsimlanishi va migrisiyaisini o‘rganish. Aholi zichligi
va undagi farqlarni tahlil qilish, migratsiyasini ayniqsa, aholining qo‘chib
kelib joylashishini, mamlakatlar mikyosida aholi joylanishidagi o‘zgarishlar,
migratsiya tufayli alohida hududlardagi aholi tarkibi va sonidagi
o‘zgarishlarni o‘rganish shular sirasiga kiradi.
4. Aholi punktlapi va ularning hududiy tizimini o‘rganish. Bu yo‘nalish shahar
va qishloq aholi punktlapi, ularning rivojlanish va joylanish xususiyatlarini
o‘rganishga bag‘ishlanadi. Aholi punktlapi joylanishini geografik
o‘rganishda aholi geografiyasi va xo‘jalik geografiyasi o‘rtasidagi aloqa juda
mustahkam bo‘lishi kerak.
5. Aholining madaniyati va turmush sharoitidagi geografik farqlar va bu farqlar
sabablarini o‘rganish. Mazkur bo‘limda aholi geografiyasi birinchidan
sosiologiya va etnografiya, ikkinchidan aholiga xizmat ko‘rsatish
geografiyasi, ayniksa tibbiyot bilan yaqin hamkorlik qiladi. Xalqlar
geografiyasini balkim, ularning madaniyat va turmush sharoitining milliy
xususiyatlari bilan birgalikda berilsa, maqsadga muvofiqdir.
6. Aholi geografiyasining tarixini o‘rganish. Ushbu bo‘limda tarixiy
geografiyaning qismi hisoblangan o‘tgan tarixiy davrlarni olib o‘rganadi.
Aholi geografiyasi alohida fan sifatida nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan
qator vazifalarni bajaradi:
·
Nazariy vazifalari: aholi geografiyasining nazariy masalalarini
takomillashtirib borish (aholi takror barpo bo‘lishi jarayonlari va
qonuniyatlarini o‘rganish, tabiat bilan uzviy bog‘liqligini tadqiq etish,
aholi joylashuvi va jamiyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini
o‘rganish)
·
Amaliy vazifalari: dunyo va uning hududlari, chet davlatlar,
mamlakatimiz aholisi soni, tarikibi, takror barpo bo‘lishi, hududiy
joylashuvi, migratsiyasi, shahar va qishloqlarning rivojlanishi, ular
bilan bog‘liq muammolar bilan mutahassislar, davlat tashkilotlari va
kitobxalarni tanishtirish; aholini hisobga olish, mehnat balanslarini;
aholi migratsiyasi prognozini tuzish; aholiga xizmat ko‘rsatish,
bolalar muassasalari joylashuvi va qurilishini ilmiy asosda
rivojlantirish va x. k.
O‘zbekistonda aholi geografiyasining eng muhim vazifalaridan biri uni
o‘rganishda, shu sohada mutahassislar tayorlashda jaxon miqyosidagi dasturlarga
amal qilish, ilmiy, tarixiy, mantiqiy yondashishdir. Shuningdek, O‘zbekistonning
ijtimoiy-iqtisodiy va demografik taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan qishloq va
shaharlarda xalq xo‘jaligi tarmoqlarini to‘g‘ri, ilmiy joylashtirish; aholiga moddiy
va maishiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish; Respublika demografik


7
vaziyatidan kelib chiqqan holda, mehnat resurslaridan mumkin qadar to‘g‘ri va


oqilona foydalanish; yangi avlod uchun kerakli ishlab chiqarish muassasalarini
to‘g‘ri joylashtirish; (bunda Respublikaning har bir hududi geografik va
demografik xususiyatlarini nazarda tutmoq lozim) ham aholi geografiyasining
muhim vazifalariga kiradi. Shuni alohida, ta’qidlash joizki, (XXI asr boshida)
Respublikaning mustaqil iqtisodiy taraqqiyoti davrida aholi migratsiyasida, mehnat
resurslari tarkibi, shakllanishi va joylashuvida, oila tarkibida, keskin o‘zgarishlar
sodir bo‘ldi. Ushbu jarayonlarni ularning sabablari, muammolari kutilayotgan
oqibatlarini hududlar bo‘yicha mukammal o‘rganish, aholi ro‘yxati o‘tkazish aholi
geografiyasining ham asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Ana shulardan kelib
chiqqan holda bugungi kunda aholi geografiyasi qo‘yidagi aniq vazifalarni bajarish
lozim:
1. Ma’lumki XX asrning oxirgi choragi va XXI asr boshlariga kelib yer
kurrasining qator hududlarida ekologik nomutonosiblik muammosi kuchayib
bomoqda. Bu muammoning kelib chiqishi bir tomondan ilmiy texnik
rivojlanishning avj olishi, tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanilishi
natijasida suv, havo va tuproq tarkibining buzilishi bo‘lsa ikkinchi tomondan
1960 – 1970 yillarda kuzatilgan “demografik revolyusiya” natijasida dunyo
aholisi sonining keskin ko‘payib borishi bilan bog‘liqdir. Bugungi kunga
kelib ekologik nomutonosiblik jarayoni geografiyasi kenganyib, jaxondagi
juda ko‘p davlatlarda shu jumladan O‘zbekistonda ham aholi salomatligi,
tabiiy resurslardan foydalanish borasida muammolar tug‘dirmoqda. Ushbu
muammolarni ijobiy hal etish, Respublikaning har bir viloyati, tumanlarida,
ayniqsa ekologik vaziyatining xozirgi holati, kelajakda sodir bo‘lishi
kutiliyotgan oqibatlarni o‘rganish, chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha
mukammal ilmiy tadqiqotlar o‘tkazib borishini taqozo etadi. Bunday
tadqiqotlarni o‘tkazish barcha aholi o‘rganuvchi fanlar qatori aholi
geografiyasining ham dolzarb vazifasidir.
2. Sobiq SSSRning parchalanishi va bozor iqtisodiyotining shakllanishi
Respublikada moddiy boyliklar ishlab chiqarishi strukturasini ma’lum
darajada o‘zgarishiga, bu esa o‘z navbatida mehnat resurslari bandligiga
ta’sir etdi. Ularning bandlik darajasi, sohalarida e’tiborli o‘zgarishlar sodir
bo‘ldi. Bular aholi geografiyasi oldida mehnat resurslarining moddiy ishlab
chiqarishda bandligini o‘rganish bilan bir qatorda ularning aholiga xizmat
sohasida bandligini, shuningdek o‘lkada, rekreasiya, savdo, yarmarka,
bozor, din, ma’lumotlilik, mutahassilar tayyorlash geografiyasini
o‘rganishdek muhim vazifalar qo‘yadi.
3. Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda aholi migratsiyasi jadallashdi.
Qishloqdan shaharga, tomon migratsion oqim kuchaydi. Ayniqsa mehnat
yoshidagi aholi, yoshlar Rossiya, Koreya, Tursiya, AQSh, Angliya kabi
davlatlarga ishlab kelish, o‘qish uchun ketmoqdalar. Shuningdek aholini
Respublikani shahar joylariga, asosan Toshkent shahriga kelib ishlash
(savdo-sotiq, qurilish, maishiy xizmat sohalarida) holatlari keng tus
olmoqda. Shunisi e’tiborliki, bugungi kunda ham tashqi, ham ichki
migratsiyasida ayollar ishtiroki ham kuchaymoqda. Toshkent shahriga yaqin


8
bo‘lgan Toshkent viloyatiga qarashli (Qibray, G‘azalkent, O‘rta Saroy .... –


tumanlarida) tumanlarga Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlaridan gurux,
qavmlarning oilasi bilan ko‘chib kelib alohida qishloq bo‘lib yashayotgan
hollari ham uchramoqda. Yuqorida qayd etilgan jarayonlar aholi ko‘chib
ketgan, va ko‘chib kelgan hududlarda aholi va mehnat resurslari, oila-
qishloq, tarkibiga, aholi takror barpo bo‘lish jarayonlariga, aholi punktlari
shakllanishiga transport hamda aholiga hizmat ko‘rsatish umuman moddiy
va nomoddiy ishlab chiqarig tizimiga o‘ziga hos ta’sir ko‘rsatadi,
muammolar tug‘diradi. Aholi migratsiyasini juda kichik tuman doirasidan
ilmiy, amaliy tahlil etish, o‘rganish ularni omillari, muammolarini aniqlash
ham aholi geografiyasining hozirgi davrdagi muhim vazifalaridandir.
Yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarishga aholi geografiyasi iqtisodiy,
tabiiy geografiya, demografiya, iqtisod, etnogeografiya, tibbiyot, sosiologiya
kabi aholishunoslik fanlari natijalaridan uslublaridan foydalangan holda, ular
bilan uzviy bog‘liq holda tadqiqot olib borishi lozim.
Aholi geografiyasi o‘z tadqiqotlarida tizim-tarkibiy, geografik, iqtisodiy,
sosiologik va tarkibiy yondashuvga asoslanadi, statistik, demografik, matematik,
kartografik uslublardan foydalanadi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin