5.2. Qishloq aholisi va aholi punktlapi geografiyasi
Qishloq aholi punktlapining aniq bir ta’rifi yo‘q, ammo aytish mumkin-ki,
shahar aholi punktlapi talablariga javob bermaydigan barcha aholi punktlapi
qishloqlar hisoblanadi. Shuningdek, uncha katta bo‘lmagan, sanoat, transport
o‘rmon xo‘jaligi, dam olish uylari, sanatoriyalar qoshida paydo bo‘lgan kichik
posyolkalar qishloq aholi punktlapiga tegishli bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha qishloq
aholi punktlapining umumiy soni mavjud emas. Har bir davlat o‘zining ma’muriy-
hududiy tuzilishidan kelib chiqib qishloqlarni ajratishadi. Masalan, O‘zbekistonda
rasmiy shahar yoki shaharcha maqomini olmagan, aholisi 2000 kishigacha bo‘lgan,
aholisining deyarli barchasi qishloq xo‘jaligida va u bilan bog‘liq tarmoqlarda
band bo‘lgan aholi punktlapini qishloq aholi punktlapiga kiritish mumkin.
Shaharlar qaysi funksiyani bajarmasin, qaysi kattalik va salohiyatga ega
bo‘lmasin qishloq aholi punktlapisiz, ya’ni qishloqlarsiz shaharga aylanmaydi. Bu
o‘rinda aholi punktlapining ikkinchi yirik tarmog‘i qishloqlarni, qishloq aholi
punktlapini geografik o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yer shari aholisining 50 foizi (2009 y.) shaharlardan tashqarida
qishloqlarda yashaydi. Jamiyat taraqqiyoti va hududiy mehnat taqsimotidagi
o‘zgarishlar tufayli kishilarning hududiy ijtimoiy va tarixiy shakl topgan birligi
qishloqlar vujudga kelgan.
Qishloq aholi punktlapi unda yashovchilar soni, joylashgan geografik o‘rni,
bajaradigan funksiyasiga ko‘ra shaharlardan farq qiladi. Qolaversa, shaharlar
uchun qo‘yilgan talablarning birortasiga qishloqlar javob bermaydi.
A.S. Soliev ta’biricha, qishloq aholi geografiyasi shaharlar geografiyasiga
(geourbanistikaga) qaraganda uncha “omadi kelmagan” ilmiy yo‘nalish
hisoblanadi. Qishloq aholi punktlapining rivojlanishi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i
bilan chambarchas bog‘liq. Biroq, aholisi qishloq xo‘jaligida band bo‘lmasdan
sanoatda, transportda va boshqa tarmoqlarda ishlaydigan aralash funktsiyali
qishloq aholi punktlapi ham mavjud. Shu boisdan dunyodagi davlatlar aholisini
hududiy bo‘yicha qaralganda qishloq aholisi alohida statistik ko‘rsatkichni qishloq
xo‘jaligida band bo‘lganlar boshqa ko‘rsatkichni tashkil etadi. Masalan,
1
Солиев А, Назаров М. Ўзбекистон қишлоқлари (Қишлоқ жойлар географияси).-Т.: “fan va texnologiya”-
2009. Б.18-19.
121
O‘zbekiston aholisining 52 foizi qishloqlarda yashaydi, 28 foizi qishloq va o‘rmon
xo‘jaligida band.
Aksariyat qishloq aholi punktlapi bevosita yer bilan chambarchas bog‘langan.
Yer qishloq ahlining asosiy ishlab chiqarish vositasi, ularni boqadigan zamini
hisoblanadi.
Biroq
yerlardan
foydalanishdagi
va
qishloq
xo‘jaligi
ixtisoslashuvidagi tafovutlar iqlim, rel’ef hamda tabiiy sharoit bilan uzviy
bog‘langanligi tufayli bir-biridan keskin farq qiladi. Bu esa qishloqlardagi ishlab
chiqarish tiplarining ham xilma-xilligiga olib keladi. Qishloq joylarda qishloq
xo‘jaligida bevosita band va ma’lum bir qismi esa qishloq xo‘jaligida band
bo‘lmagan aholi ham yashaydi. Shu boisdan, qishloq xo‘jaligida band bo‘lmagan
qishloq aholisini uchta guruhga ajratish mumkin: 1) qishloq xo‘jaligiga xizmat
qiluvchi tarmoqlarda (savdo, xizmat ko‘rsatish, maorif, sog‘liqni saqlash va
boshq.) band bo‘lganlar; 2) shaharga yaqin bo‘lgan korxona va muassasalarda
ishlovchilar; 3) qishloq joylarda joylashgan sanoat va boshqa korxonalarda
bandlar. Qishloq aholisining bunday o‘ziga xos xususiyati turli davlatlarda bir-
biridan tubdan farq qiladi. Jumladan, iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi
tashkil etadigan mamlakatlarda aholining katta qismi qishloq xo‘jaligi bilan
bog‘langan bo‘ladi. Rivojlangan mamlakatlarda esa, aksincha, qishloq joylardagi
aholi qishloq xo‘jaligi bilan juda kam shug‘ullanishadi.
Tabiiy sharoit qishloq aholisi punktlapidagi xo‘jalik tarmoqlarining
ixisoslashuviga hamda shu asosda kichik-kichik ixtisoslashgan qishloqlarning
paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Masalan, dehqonchilik, qoramolchilik,
o‘rmon xo‘jaligi, tog‘-kon va hokazo.
Barcha qishloq aholi punktlapi shaharlar singari o‘z bajaradigan funktsiyasiga
qarab uchta asosiy guruhga birlashtiriladi.
1. Qishloq xo‘jaligi
2. Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘lanmagan
3. Aralash qishloq aholi punktlapi
Qishloq xo‘jaligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, aholisi qishloq xo‘jaligi
maxsulotlari yetishtirish va uni qayta ishlash bilan band bo‘lgan aholi punktlapi
qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan aholi punktlapi, deb yuritiladi. Bunday
qishloqlar aholisi odatda dehqonchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik hamda
chorvachilik bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumki, yer yuzi qishloq aholisining asosiy qismi qishloq xo‘jaligida
band. Qishloq xo‘jaligining zonal ixtisoslashuvi, qishloq aholi punktlapining zonal
farqini keltirib chiqaradi. Bu esa nafaqat qishloq aholi punktlapi kattaligi,
funksional tiplari, balki ularning joylanishiga ham ta’sir etadi. Masalan, o‘rmon
zonalaridagi aholining o‘rmon xo‘jaligida bandligi, cho‘l zonasidagi qishloqlarning
mayda va tarqoqligi, aholisining chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanishi
va boshqalar. Qishloq xo‘jaligi funksiyasini bajaruvchi aholi punktlapi unchalik
katta bo‘lmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda jami aholi punktlapining 30 foizidan
70 foizigacha, rivojlangan davlatlarda deyarli 100 foizini tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘lanmagan ikkinchi guruh aholi punktlapi miqdori
jihatdan o‘sib bormoqda. Bu aholi punktlapi yana bir necha guruhlarga ajratiladi:
1. sanoat korxonalari posyolkasi
122
2. transport
3. o‘rmon sanoati
4. baliqni qayta ishlash
5. dala-hovli va hokazolar
Mazkur qishloq aholi punktlapida xizmat ko‘rsatuvchi soha tarmoqlar o‘sha
joy geografiyasiga mos va xos holda rivojlanadi. Aytaylik, kichkina temir yo‘l
stansiyasi yoki kon atrofida juda katta qishloq aholi manzilgohi vujudga kelmaydi,
ba’zi posyolkalar vaqtincha ham hisoblanadi (dala hovli, sanatoriya, stansiyalar).
Qishloq aholi punktlapining ikkinchi guruhiga bir qismi aholi qishloq
xo‘jaligida, qolgani sanoat, transport, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band
bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘lanmagan aholi punktlapi kiradi. Bunday
aholi punktlapi odatda, “temir yo‘l bekatlari, meterologik stansiya, rekrasiya va
turistik sohalar, qazilma boyliklar, suv omborlari va kanallar asosida shakllangan.
Bu qishloqlarning aholisi ham uncha ko‘p bo‘lmaydi”
1
. Ko‘pgina tuman ma’muriy
markazlari ushbu guruhga kiradi. Aynan, mana shunday ma’muriy markaz
funksiyasini bajaruvchi punktlap qishloq aholi punktlapi orasida o‘zining yirikligi,
agrar-industrial xususiyati bilan asosiy o‘rinni egallaydi. Shuningdek, ushbu aholi
punktlapi nafaqat ma’muriy – tashkiliy markaz, balki, madaniy, savdo-sotiq
markazlari hamdir. Qolaversa, bunday qishloq aholi punktlapida xom ashyo va
mehnat omiliga tayanilgan iqtisodiyot tarmoqlarining kichik korxonalari
joylashadi, ya’ni o‘rmon, yog‘och tayyorlash, ovchilik, transport xizmati (temir
yo‘l, quvur o‘tkazish va.hak.). Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘lanmagan qishloq aholi
punktlapida yashovchilar aholiga rekrasion xizmat ko‘rsatishni, tabiatni asrash,
qo‘riqxonalarni qo‘riqlash kabi vazifalarni ham bajaradi.
Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘lanmagan aholi punktlapi eniga va bo‘yiga qarab
o‘sib bormoqda. Chunki, aksariyat mamlakatlarda qishloq aholisi salmog‘ining
kamayishi, suburbanizasiya masshtabi kengayishi, transport va xizmat ko‘rsatish
sohalarining ko‘payishi ushbu turdagi aholi punktlapi nisbiy va mutloq miqdori
ortishiga olib kelmoqda. Ammo, bunday aholi punktlapi kichik, mayda
qishloqlardan iborat bo‘ladi. Sababi, uncha katta bo‘lmagan temir yo‘l stansiyasi,
foydali qazilma koni, kichik davolanish, dam olish maskanlaridan boshqa
qishloqning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan omillar yetarli bo‘lmagan holda aholi
manzilgohi kichikligicha qoladi. Hatto, foydali qazilma konlari ba’zasida tashkil
topgan kichik qishloqlar vaqtinchalik xususiyat kasb etadi. Kon-qazilov ishlari
yakunlanishi bilan bu qishloqlarni ko‘chirishga to‘g‘ri keladi.
Aholisining aksariyati qishloq xo‘jaligida, ma’lum bir yashovchilar
sanoatda, transportda, qurilishda, xizmat ko‘rsatish yoki boshqarishda ishlaydigan
qishloq aholi punktlapi aralash qishloqlar, deb ajratiladi. “Aralash tipdagi
qishloqlar ikki sohalarning rivojlanishi yoki, odatda, qishloq xo‘jaligi va u bilan
bog‘liq sanoat korxonalar negizida vujudga kelgan. Bunday qishloqlarning
demografik salohiyati nisbatan katta bo‘lishi mumkin. Demak, qishloqlarning
katta-kichikligini ularning bajaradigan funksiyasi belgilab beradi. Bu aholi
1
Солиев А, Назаров М. Ўзбекистон қишлоқлари (Қишлоқ жойлар географияси).-Т.: “fan va texnologiya”-
2009. Б.10.
123
punktlari geografiyasining eng muhim qonuniyatlaridandir”
1
. Bu tipdagi aholi
punktlapi o‘rtasida eng ko‘p tarqalgani agrar-industrial punktlap hisoblanadi.
Holbuki, aralash qishloqlar funksional jihatdan agra-industrial, mahalliy ma’muriy,
madaniy-maishiy markaz, shahar atrofi hududlariga ajratiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda qishloq aholi punktlapidan eng avvalo iqtisodiy
jihatdan foyda beradigan, ya’ni fermer xo‘jaliklariga e’tibor qaratiladi. Ishlab
chiqarish yo‘lga qo‘yilgan xo‘jaliklarda ishlovchi va yashovchilar uchun barcha
sharoitlar, ya’ni ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari tezlik bilan yo‘lga qo‘yiladi,
rivojlantiriladi. Kommunikasiya tizimi, maktab, bog‘cha, sog‘liqni saqlash, uyda
xizmat ko‘rsatish kabi qator xizmatlar amalga oshiriladi.
O‘tgan asrning ikkinchi yarmidayoq qishloqlarda ishni tashkil etish
maqsadida G‘arbda nemis geograflari V. Kristallyor va A.Lyosh “markaziy
o‘rinlar” g‘oyasini o‘ylab topishgan edi. Ularning g‘oyasiga binoan, shu rayondagi
boshqa barcha aholi punktlapini xizmatlar va mahsulotlar bilan ta’minlaydigan
aholi manzilgohi markaziy o‘rinda bo‘lishi lozim. Eng kichik markaziy joy, deb
aholisi 1000 kishidan iborat, kunlik ehtiyoj uchun kichik bozor, militsiya
uchastkasi, mayda ustaxonalari bor posyolkani hisoblashdi. Navbatdagi yirikroq
markaziy joyda bank, boshlang‘ich maktab, kutubxona, ixtisoslashgan do‘konlar
joylashadi. Har bir keyingi markaziy joy bajaradigan funksiyasiga ko‘ra eniga va
bo‘yiga kengayib boraveradi yoki bu aholi punktlapida turli soha va tarmoqlarning
murakkab tizimlari o‘rin olgan bo‘ladi.
Qishloq aholi punktlapini klassifikasiyalashganda aholiyligi ko‘rsatkichidan
foydalaniladi. S.A. Kovalyov tomonidan qishloq aholi punktlapi aholiyligiga ko‘ra
quyidagicha klassifikasiyalangan (1963. 36 bet).
1) aholisi 10 kishidan kam aholi punktlapi (yakka hovli, yakka yashash
joyi);
2) 100 kishigacha yashovchilari bor kichik aholi punktlapi;
3) 200-500 kishigacha, bunga fermer xo‘jaligi, bir xo‘jalik brigadasi misol
bo‘la oladi;
4) 1000-2000 aholisi bor qishloq aholi manzilgohi, bular endi nisbatan yirik
hisoblanadi. Xo‘jalik markazi, qishloq markazi misol bo‘la oladi;
5) 3000-5000 aholisi bor yirik qishloq aholi manzilgohi. Bularga shahar
darajasidagi qulayliklarga ega aholi punktlapini kiritish mumkin.
Qishloq aholi punktlapini geografik tadqiq etishda ularda yashovchi aholi
soniga, o‘sishi, joylashishi, zichligi va taqsimlanishiga alohida e’tibor berish talab
etiladi. Demografik jarayonlarni aholining mexanik harakati, tarkibi kabi
xususiyatlarini ham tahlil qilish aholi geografiyasining muhim vazifalaridan biridir.
Aholisining rivojlanishi va joylanishiga daxldor jarayonlarni geografik nuqtai-
nazardan o‘rganish o‘sha hududdagi qishloq aholi punktlapi ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini belgilash, muammolarini hal etish imkonini beradi. Bundan tashqari,
qishloqlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ularning iqtisodiy geografik o‘rni
muhim o‘rin tutadi. Holbuki, qishloq aholi punktlapi aholisi hayotida uning
1
Солиев А, Назаров М. Ўзбекистон қишлоқлари (Қишлоқ жойлар географияси).-Т.: “fan va texnologiya”-
2009. Б.11.
124
ahamiyati shaharlar singari o‘ta yuqori emas. Qishloq aholi punktlapi, ayniqsa
qishloq xo‘jaligi uchun yer hosildorligi alohida rol o‘ynaydi. “Qishloqlar
shaharlarga nisbatan tabiiy sharoit bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Modomiki,
qishloq xo‘jaligi bevosita geografik sharoit ta’sirida rivojlanar ekan, uning
qishloqlar geografiyasiga ta’siri ham hech qanday shubha qoldirmaydi. Qolaversa,
mahalliy qurilish materiallar-qum, shag‘al, ohak, tosh va boshqalar ham qishloqlar
qiyofasining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Soy va boshqa gidrologik
shahobchalar, tor tog‘ vodiylarida joylashgan qishloqlar uylari terrasimon, aholi
punktlapi esa cho‘zinchoq, tasmasimon hududiy shaklga ega bo‘ladi”
1
. Umuman
olganda tabiiy sharoit xususiyatlari, ya’ni suv bo‘ylari, vodiy, demografik sig‘im
kabilar qishloqlar katta-kichikligini belgilovchi omillardan hisoblanadi.
Chunki, qishloq aholisi yashashi, tumush tarzi, moddiy ta’minoti kabi
masalalar bevosita yer bilan chambarchas bog‘liq. Shuningdek, shahar aholi
punktlapidan farqli ravishda qishloqlar uchun tabiiy muhit, tabiiy sharoit xo‘jalik
yuritishi (dehqonchilik, chorvachilik, o‘rmon xo‘jaligi, tog‘-kon sanoati), umuman
qishloq aholi punktlapi shakllanishida yetakchi omil hisoblanadi. Tabiiy muhit,
sharoit qishloq aholisi joylanishida, xo‘jalik yuritishida, aholi manzilgohi uchun
joy tanlanishida yaqqol kuzatiladi. Masalan, Mirzacho‘lning iqlimi, tabiiy sharoiti
dehqonchlik, xususan paxtachilik va polizchilik uchun qulayligi, aholini hududiy
tashkil etishga sabab bo‘ldi. Natijada, qishloq aholi punktlapi shakllandi,
rivojlandi. Qolaversa, qadimdan aholi suv bo‘ylarida, yashash uchun qulay
joylarda o‘rnashganligi, tabiiy sharoiti yaxshi hududlarda turli kattalikdagi aholi
punktlapining tarkib topishiga va to‘planishiga olib kelgan.
Yuqorida aholisining soniga qarab qishloq aholi punktlapi tabaqalarga
ajratilgani hamma vaqt va hamma joyda bir xil degani emas. Qolaversa, bunday
tabaqalanish bugungi qishloq aholi punktlapi talabiga javob bermaydi. Sababi 10
kishigacha bo‘lgan aholi manzilgohi hozir deyarli uchramaydi. Odatda, ovchilik,
qoramolchilik kabi tarmoqlarda aholi tarqoq holda joylashishi kuzatiladi. Bunday
aholi punktlapidagina yashovchilar soni 10 kishigacha boradi. Shu boisdan, boshqa
adabiyotlarda qishloq aholi manzilgohi aholisining quyi chegarasi 200, ayrimlarida
500 kishi, deb qabul qilingan. Barcha hollarda ham tabaqalashtirish qishloq aholi
punktlapi sharoitlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Jumladan, qishloq
aholi punktlapini ularning katta-kichikligiga qarab quyidagi sinflarga (klasslarga)
bo‘lishimiz mumkin:
kichik - aholisi 200 kishigacha;
o‘rta - 201 – 500 kishigacha;
katta - 501 – 1000 kishigacha;
yirik – 1001 kishi va undan ko‘p. Bizning respublikamiz qishloqlarining
aholiyligi ham aynan shu mezonga birmuncha mos keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra,
2008 yilda 11831 ta qishloq aholi punktlapi bo‘lgan, ulardagi aholi soni 17374,0
ming kishini tashkil etgan. Mazkur qishloq aholi punktlapining 54 foizi kichik,
1
Солиев А, Назаров М. Ўзбекистон қишлоқлари (Қишлоқ жойлар географияси).-Т.: “fan va texnologiya”-
2009. Б.10.
125
o‘rta va katta qishloqlardan iborat, qolgani yirik qishloqlardir. Mamlakat qishloq
aholisi demografik salohiyatining yildan-yilga ortib borishi qishloqlarning tobora
yiriklashuviga, ular orasidagi masofalarning yaqinlashishiga, kichik va mayda
qishloqlarning qo‘shilib ketishiga olib kelmoqda. Bu esa katta va yirik qishloqlar
miqdori ortishiga sabab bo‘ladi.
Kelajakda qishloq aholi punktlapini shahar aholi punktlapiga nisbatan
alohida olib tadqiq qilish dolzarb masaladir. Chunki, qishloq aholi punktlapini
aholi geografiyasi fani doirasida o‘rganib, shahar aholi punktlapiga nisbatan ba’zi
tomonlari alohida tadqiqot talab qilishini guvohi bo‘lamiz. Kelajakda, aksariyat
qishloqlar nafaqat mahsulot yetkazib beruvchi, balki uni qayta ishlovchi, xizmat
ko‘rsatuvchi vazifalarni ham bajarilishini unutmaslik lozim.
Dostları ilə paylaş: |