16
Oila shakllanishi esa, o‘z o‘rnida nikoh va ajralish jarayonlari bilan
chambarchas bog‘liqdir. Demografiya nikoh evolyusiyasi va uning aholiga takror
barpo bo‘lishidagi o‘rnini ham o‘rganadi.
Ajralish, ya’ni nikohni bekor etilishi ham aholi takror barpo bo‘lishiga ta’sir
etuvchi demografik jarayon hisoblanadi. Demografiya ushbu jarayonni o‘rganar
ekan, unga ta’sir etuvchi qator sabab va oqibatlarini atroflaricha taxlil etadi.
Demografiya aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi – migratsiyasini
ham o‘rganadi. Lekin bu jarayonni o‘rganishda, aholi geografiyasidan farqli
ravishda, asosiy e’tiborini migratsiya jarayonining hududiy xususiyatlarga emas,
balki ushbu jarayon natijasida ro‘y beradigan hududning demografik holatidagi
o‘zgarishlarga qaratadi.
Demografiyada oila asosiy ijtimoiy – demografik gurux sifatida o‘rganiladi.
Oilani jamiyat taraqqiyoti davomidagi o‘rni, evolyusiyasi, aholining takror barpo
bo‘lishidagi asosiy faoliyati va uning o‘zgarib borish omillari va oqibatlari
o‘rganilib, kelajak rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari aniqlanadi.
Ma’lumki, aholi, tug‘ilish va o‘lim jarayoni natijasida mavjud bo‘lgan
avlodlar almashuvini yig‘indisidir. Inson mavjudligini ta’minlovchi barcha
demografik jarayonlar – tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajralish uning hayotidagi
ma’lum davrida, ya’ni ma’lum yoshida ro‘y beradi.
Shuning uchun, yosh demografik jarayonlarni o‘rganinishda asosiy mezon
hisoblanadi. Insonning demografik va ijtimoiy holatida, o‘z xayoti davomida yosh
va jins asosiy ko‘rsatgichdir. Aholining jinsiy tarkibi ham demografik holatga
ta’sir etuvchi asosiy, demografik taxlili lozim bo‘lgan mezonlardandir.
Demografik proghozlar ishlab chiqishda demografiya fani, birinchi navbatda
o‘rganilaniyotgan hudud yoki ijtimoiy gurux aholisining demografik maylini
(demografik jarayonlariga bo‘lgan munosabati) atroflicha taxlil etadi va ayni shu
asosda demografik jarayonlarda kelajakda kutilayotgan o‘zgarishlarni ko‘rsatib
beradi.
Demografik siyosat mazmuni va tadbirlarini ishlab chiqish juda ma’suliyatli
va murakkab jarayondir. Ushbu yumushni bajarishda demografiya o‘rganilayotgan
davlat yoki alohida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish qoninuyatlarini,
demografik holatini mukammal o‘rganishi lozim.
Demak aholi geografiyasi va demografiya o‘rganish ob’ektlari va
predmetlari nuqtai nazardan, o‘zaro juda yaqin tutash fanlardir. Ular o‘z
tadqiqotlarida bir hil manbalarga asoslanadilar, va o‘z yo‘nalishlari, maqsadlari
bo‘yicha tadqiqot olib boradilar, va hulosa chiqaradilar. Masalan, demografiya
ma’lum hudud aholisi soni va tadqiqotidagi ma’lum vaqtda sodir bo‘lgan
o‘zgarishlarni demografik jarayonlarga asosan izohlaydi, aholi geografiyasi esa
uning geografik omillari hamda hududiy xususiyatlariga e’tibor qaratadi.
Aholi migratsiyasini ham har ikkala fan mukammal o‘rganadi. Demografik
tadqiqotlarda aholi migratsiyasi demografik jarayonlarga ta’sir etuvchi omil
sifatida taxlil etilsa, aholi geografiyasi esa migratsiya oqimining yo‘nalishlari,
hududiy xususiyatlari mehnat resurslari shakllanishda ishlab chiqarishni tashkil
etishdagi o‘rni va ahamiyati kabi jihatlari tadqiq etadi.
17
Aholi geografiyasi va demografiya fanlarining eng muhim predmetlaridan
biri aholining takror barpo bo‘lishi, tug‘ilish, o‘lim, nikoh, ajralim kabi demografik
jarayonlar asosida avlodlar almashuvini; oila tashkil topishi va uzluksiz davom
etishini ta’minlovchi jarayon sifatida taxlil etadi. Shuningdek, aholi soni
dinamikasi va tarkibining shakllanishida ham aholi takror barpo bo‘lishini, asosiy
omil sifatida o‘rganadi. Aholi geografiyasi esa aholi takror barpo bo‘lishidagi
hududiy farqlarni o‘rganadi. Aholi geografiyasi har bir hudud aholisi soni
dinamikasi, yosh-jinsiy oilaviy tarkibi, takror barpo bo‘lishi, mehnat resurslarining
hududiy shakllanishini o‘rganganda bevosita demografik ko‘rsatkichlarga,
demografik tadqiqot natijalariga asoslanadi. Ana shu bois geograf mutaxassislar
asosiy demografik tushunchalar, ko‘rsatkichlar, uslublar haqida batafsil bilimga
ega bo‘lishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: