IQ – mehnat organlarida ish qidirayotganlar sifatida ro‘yxatga olinganlar;
RI – rasman ishsizlar.
Iqtisodiy nofaol aholi. Mehnat resurslarining balansini tuzish vaqtida iqtisodiy nofaol aholining soni hamma vaqt mehnat resurslari soni bilan iqtisodiy faol aholi soni o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi:
INA = MR – IF,
bunda: INA – iqtisodiy nofaol aholi;
MR – mehnat resurslari soni;
IF – mehnat resurslarining iqtisodiy faol qismi.
Mehnat resurslari balansi ma’lumotlari turli tahliliy maqsadlar uchun, masalan, mehnat resurslarining shakllanish omillarini, ularning ish bilan bandligini va ishsizlikni aniqlash, shuningdek, mehnat bozorining ahvoli va ish bilan bandlik sohasidagi vaziyat, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va joylashishi haqida jamoatchilikka axborot berish uchun xizmat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligidan farqli o‘laroq, xalqaro statistikada mehnatga laqayotli aholining yosh chegarasi 16-65 yosh qilib belgilangan. Bu yoshdagi kishilar guruhi Yer shari aholisining 2/3 qismiga yaqinini tashkil etadi. Biroq, dunyoning turli mintaqalarida ushbu ko‘rsatkich o‘zaro farq qiladi.
2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bu sohadagi eng quyi ko‘rsatkichlar Afrika mintaqalariga tegishli (Shimoliy Afrika mustasno). Agar bu jarayonlar alohida mamlakatlar misolida o‘rganilsa, ko‘rsatkichlar yanada pastroq ekanini guvohi bo‘lamiz. Xususan, Burkina-Faso, Malavi, Zambiya, Chad, Uganda, Niger kabi davlatlarda mehnat resurslari salmog‘i jami aholining yarmidan ham kamrog‘ini tashkil etadi. Buning sababi, mazkur mamlakatlarda aholi tabiiy o‘sishining yuqoriligi va kuchli «demografik portlash” jarayoni ro‘y berayotganligi bilan bog‘liq.
2-jadval
Dostları ilə paylaş: |