2008 yilda dunyoning yirik mintaqalarida mehnatga yaroqli yoshdagi aholi
Yirik mintaqalar nomi
|
jami aholiga nisbatan % da
|
Dunyo bo‘yicha
|
65
|
Shimoliy Afrika
|
62
|
G‘arbiy Afrika
|
53
|
Sharqiy Afrika
|
53
|
Markaziy Afrika
|
52
|
Karib rayoni
|
64
|
Janubiy Amerika
|
65
|
G‘arbiy Osiyo
|
62
|
Markaziy va Janubiy Osiyo
|
63
|
Janubi-Sharqiy Osiyo
|
65
|
Sharqiy Osiyo
|
71
|
Shimoliy Yevropa
|
66
|
G‘arbiy Yevropa
|
66
|
Sharqiy Yevropa
|
70
|
Janubiy Yevropa
|
67
|
Avstraliya va Okeaniya
|
66
|
Aksincha, Sharqiy Osiyo (71%) aholi tarkibida mehnat resurslari ulushini yuqoriligi bilan ajralib turadi. Mazkur mintaqada aholi soniga ko‘ra dunyoda birinchi o‘rinni egallovchi Xitoyning joylashganligi va unda tug‘ilishni cheklash yuzasidan olib borilayotgan faol demografik siyosat natijalari buning sababidir. Bundan tashqari, Fors ko‘rfazida joylashgan davlatlar – Baxrayn (76%), Quvayt (75%), Katar (82%), BAA (80%) da ham mehnat resurslari salmog‘i katta. Hozirgi paytda jahon bozorida uglevodorod resurslariga bo‘lgan talabning ortishi iqtisodiyoti neft qazib chiqarishga ixtisoslashgan ushbu mamlakatlarning gullab-yashnashiga olib keldi. Iqtisodiy va demografik rivojlanish teskari mutanosiblikda ekanligi bizlarga yaxshi ma’lum. Shunga ko‘ra, mazkur davlatlarda tug‘ilish darajasi yil sayin pasayib bormoqda.
Iqtisodiy o‘sish jarayonlari jamiyatdagi bir qator miqdor va sifat o‘zgarishlar orqali ro‘y beradi. Bular orasida aholi bandligi bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari tarkibidagi o‘zgarish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyoti tez yuksalayotgan mamlakatlar uchun bandlik va yalpi mahsulot ishlab chiqarish tarkibida qishloq xo‘jaligi salmog‘ining pasayishi xosdir. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, AQShda 1920 yilda 70 foiz ishchi kuchi qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritgan, 1940 yilda 20 foizga tushib qolgan, 2000 yildan u 3 foiz atrofida. Yaponiyada qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ishchi kuchi salmog‘i 1879 yildagi 72 foiz o‘rniga, 1930 yilda 30 foizga, 1990-yillarda 8 foizga tushdi. Belgiyada 1846 yilda qishloq xo‘jaligida 51 foiz ishchi kuchi band bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1947 yilda 12,5 foizni, 1970 yilda 7 foizni tashkil etdi. Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasi u yerdagi aholi bandligining tarmoq tarkibi bilan uzviy bog‘liq. Bu fikrlarni quyidagi jadval ma’lumotlari ham tasdiqlaydi (3-jadval).
3-jadval
Dostları ilə paylaş: |