Applications in the construction of varnish-paint materials



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix20.11.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#164107
1   2   3   4   5
Gadoyeva Olmaxon Po’latovna


часть
3
 
«
Научный импульс
»
Мая 
, 2023
1724 
Quritadigan yog’larning sifati rang, shaffoflik, yopishqoqlik, uchuvchan bo’lmagan 
moddalar miqdori, quritish vaqti, kislota soni bilan belgilanadi. 
Shisha quyidagi jihatlari bilan sinflarga bo’linadi: kimyoviy tarkibi bo’yicha; oksidli 
(silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va sh.k.); kislorodsiz (gologenidli, nitratli va sh.k.); ishlatilish 
joyiga nisbatan: qurilish va arxitektura qismlari uchun; texnik (kvarsli, optik, toblangan, 
ko’pqatlamli va sh.k.); shisha tolalar va boshqalar. Shisha kvars qumi, ohaktosh, soda va 
natriy sulfati asosida olinadi. Xomashyo tarkibidagi soda, natriy sulfati va potash shisha 
pishirish haroratini pasaytiradi, (15000C) ohaktosh esa shishani suvda erimaydigan holatga 
keltiradi. 
Shisha xomashyosi tarkibiga alyuminiy oksidi (mustahkamlik), bor angidridi, 
qo’rg’oshin va rux oksidlari (termochidamlilik), qo’shilib shishaning xossalari yaxshilanishi 
mumkin [12]. 
Shisha amorf tuzilishga ega bo’lib, xossalari izotrop, aniq erish haroratiga ega 
bo’lmasligi bilan xarakterlidir.Oyna shishasining nur o’tkazishi 90-
issiq o’tkazuvchan-ligi (1000S) 0,4-
-
issiqdan chiziqli kenga-
-6-
-6)0C-1, egilishdagi va cho’zilishdagi 
mustahkamligi 30-90 MPa, siqilishdagi mustahkamligi 700-1000 MPa, qattiqligi 5-7 (Moos 
shkalasi bo’yicha), elastiklik moduli 70000-75000 MPa tashkil qiladi. Shisha o’ta mo’rt 
bo’lib, egilishdagi zarbiy mustahkamligi 0,2 MPa ga teng. Shisha taxtali, vitrinabop, issiqlik 
nurlarini qaytaruvchi, issiqlik nurlarini yutuvchi, uviol (25-75% ultrabinafsha nurlarini 
o’tkazuvchi), nurni tarqatuvchi, armaturalangan, toblangan, ko’pqatlamli (tripleks), 
radioktiv nurlarga bardoshli, termobardoshli (borosilikatli) va boshqa turlarga bo’linadi. 
Shisha asosida ichi bo’sh shisha bloklar, shishapaketlar, quvurlar, panellar (shishaprofilit) 
kabi buyumlar va arxitektura qismlari olish mumkin. 
Taxta oyna shishasi 3 navda, quyidagi o’lchamlarda ishlab chiqariladi: qalinligi: 2; 2,5; 
3; 4; 5 va 6 mm, eni: 250-1600 mm, uzunligi 250-2200 mm. Bir m2 taxta oyna massasi 2-5 
kg bo’ladi. Taxta oyna rangsiz bo’lishi kerak, ozgina havorang va yashil rang aralashishi 
ruxsat etiladi [13]. 
Arxitektura yodgorliklari restavratsiyasida ishlatiladigan taxta oynada nuqsonlar – 
havo pufakchalari, chizmalar, burmalar, notekisliklar bo’lmasligi kerak. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin