Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023 303
jumalist, yozuvchi, muharrir uchun alohida mas’uliyat yuklaydi. Gazetaning nomi
aniq, ommabop. sodda, ravoa hamda ko‘p sonli auditoriyaga tushunarli bo‘lishida
ixcham, e’tibomi torta olishidagi sarlavhalarning alohida o‘rni bor. Sarlavha qisqa,
ko‘pincha atigi bir necha so‘zdan iborat bo‘lib, matn nomini ifodalaydi. Mana shu
matn nomi aks etgan so‘z yoki ifodadan biz matn mohiyatini ham anglab olishimiz
mumkin. Chunki, sarlavha maqolaning yarimi deganidir.
Gazeta sarlavhasi o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi va bu vazifalar gazetaning
taqdiriga ta’sir o‘tkazish xususiyatiga ega. Sarlavhalar asosan uch vazifasi farqlanadi.
Bular: maqolaga nom berish, maqolaning mazmunini anglatish hamda reklama qilish
vazifalaridir. Shuningdek, ayrim o‘rinlarda sarlavha tashviq qilish, ishontirish,
izohlash, bayon qilish vazifalarini bajarishi ham mumkin. Gazeta sarlavhalari sodda
va ravon bo‘lish bilan bir qatorda axborotning mazmuni haqida ham tushuncha
berishi lozim. Bu talab gazeta sarlavhalarining xilma-xil tuzilishdagi turlarini,
to‘liqsiz va atov gap ko‘rinishlarini yuzaga keltirib chiqargan ayrim tuzilmalarning
ishlatilishini faollashtirgan. Masalan:
ميلعتلا ايجولونكت يف ةدئار ةكلمملا :وكسينويلا 6
(YUNESKO: Saudiya Arabistoni Qirolligi ta’lim texnologiyasida yetakchi) )(
ةدحتملا ةكلمملا عم نواعتلا زيزعت 7
(
Birlashgan Qirollik bilan aloqalarni rivojlantirish ) (so‘z birikmasi)
berilgan sarlavhalardan anglashimiz mumkinki, maqola asosan, axborot berish
shaklida ifodalangan.
Ayrim hollarda sarlavhaning ta’sirchanligini oshirish yoki uni tiniqlashtirish
uchun sarlavha osti izohi bilan ifodalanadi. Bu orqali ham gazetxon mazmunni
chuqurroq anglaydi. Natijada, materialni o‘qishga yanada rag‘bati ortadi.
Sarlavhaning mazmun ifodalash jihatidan ahamiyati eng muhimlardan sanalgani bois,
odatda, ko‘pchilik mualliflarning maqola yozishdan ko‘ra unga sarlavha tanlashda
kattaroq qiyinchiliklarga duch kelishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Arab tilidagi
matbuot nashrlarida, odatda, leksik tarkib til imkoniyatlaridan imkon qadar to‘liq
foydalanishga e’tibor qaratiladi. Sinonimlar va antonimlardan keng foydalaniladi.
Gazeta sarlavhalari ifodasi, odatda, ikki xil tushuniladi:
1) Umumiy sarlavha (ya’ni gazeta nomi);
2) Gazetadagi maqola va materiallarga qo‘yiladigan sarlavhalar.
Istalgan
matbuot
nashrining
dastlabki
sahifasida,
odatda,
boshqa
sahifalardagiga nisbatan kamroq material beriladi. Shuningdek, eng asosiy deb
hisoblangan materiallar o‘rin oladi. Chunki ushbu sahifada gazeta nomi bilan bir
6
“Al bilad”(Saudiya Arabistoni) gazetasi 18.09.2022dagi sonidan
7
“Al bilad”(Saudiya Arabistoni) gazetasi 18.09.2022dagi sonidan