Umaviylar - Yaqin va Oʻrta Sharq, Movarounnahrda xukmronlik qilgan arab xalifalari sulolasi (661 — 750), arablarning Makkadagi quraysh qabilasining umayya urugʻidan kelib chiqishgan. Asoschisi — Muoviya I. U. davrida arablar gʻarbda Shim. Afrika, Pirenei ya.o.ning katta qismi, sharqda Tabariston, Jurjon, Movarounnahr, Sind va b. hududlarni bosib olishgan. Muoviya 1 (661—680) va Abdulmalik davrida (685—705) davlatning harbiy, siyosiy, iqtisodiy qudratini oshiruvchi bir qancha maʼmuriy va harbiy islohotlar oʻtkazilgan. Xususan, xalifa lavozimi nasliy boʻlib qolgan, davlat xazinasi va davlat arxivi tashkil etilgan, arab tili davlat tili deb eʼlon qilingan, yangi (oltin, kumush va mis) pul chiqarilgan, harbiydengiz floti tashkil etilgan. U. poytaxtni Damashq sh.ga koʻchirganlar, shu tufayli bu xalifalikni Damashq xalifaligi deb ham atashadi. U. davrida koʻplab qoʻzgʻolonlar (736—737 y. Oʻrta Osiyodagi Xoris ibn Surayj, 731—740 y.larda Marokashdagi barbarlar qoʻzgʻoloni, 742 y. Magʻribda xorijiylar qoʻzgʻoloni va b.) boʻlgan. 747—750 y.lardagi Abu Muslim qoʻzgʻoloni natijasida xalifa Marvon II taxtdan tushgan, hokimiyat abbosiylarqoʻliga oʻtgan. U. hukmdorlari: Muoviya I(661 — 680), Yazid I (680—683), Muoviya II (683684), Marvon I (684685), Abdulmalik (685—705), Valid (705—715), Sulaymon (715717), Umar (717720), Yazid II (720724), Hishom (724743), Valid II (743744), Yazid III (744), Ibroxim (744), Marvon II (744—750).
Abbosiylar arab xalifalari sulolasi (750–1258), Muhammad (sav) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim qo‘zg‘oloni natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki poytaxti – Kufa shahri „Saffoh“ („Xunrez“) laqabi bilan mashhur bo‘lgan Abul Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Jaʼfar Mansur (754–775) Bag‘dod shahriga asos solib, poytaxtni shu yerga ko‘chirdi. Abbosiylar hukmronligining dastlabki davrida mulkchilik munosabatlari o‘sib, savdo-sotiq rivojlandi. Bag‘dod Sharqning yirik savdo markaziga aylandi, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tabiiyot va boshqa fanlarga oid ko‘plab asarlar yaratildi. Andalusiya (Ispaniya) dan tashqari butun musulmon mamlakatlari – Mag‘rib, Hindiston, Movarounnahr Abbosiylar qo‘li ostiga o‘tdi. Bular xalifalikning iqtisodiy negizini, siyosiy va harbiy qudratini mustahkamladi. Ayniqsa Horun ar-Rashid va uning o‘g‘li Maʼmun zamoni Abbosiylar sulolasining gullagan davri edi. 9-asrning ikkinchi yarmidan boshlab Abbosiylar xalifaligi zaiflasha boshladi, Afrikada ag‘labiylar, Misrda tuluniylar, Xuroson va Movarounnahrda somoniylar Abbosiylar xalifaligidan ajrab chiqdilar. 10-asrning boshiga kelib faqat Bag‘dod va uning atroflaridagina siyosiy hokimiyat Abbosiylar qo‘lida qoldi. Harbiy kuchlar turk sarkardalari qo‘liga o‘tib ketdi. Ular xohlagan vaqtlarida xalifalarni almashtira olar edilar.
10-asr o‘rtalariga kelib Abbosiylar siyosiy hokimiyatni tamoman qo‘ldan boy berib, musulmonlarning diniy xalifasi (payg‘ambar o‘rinbosari)gina bo‘lib qoldilar. Erondagibuvayhiylar (945 yil) Bag‘dodni o‘z qo‘liga oldi, lekin ular Abbosiylarning mavqei bilan hisoblashar edi. Bag‘dod saljuqiy-sunniylar tomonidan bosib olingandan keyin Abbosiylar siyosiy hukmronligi qisman tiklandi va dinning mavqei mustahkamlandi. 1258 yil mo‘g‘ullar Bagʻdodni vayron qilib, Abbosiylarni tamoman tor-mor keltirdi. Mo‘g‘ul xoni Huloku buyrug‘i bilan Abbosiy xalifalarning so‘nggisi -Mustaʼsim qatl etildi. Abbosiylar sulolasining qolgan vakillari esa Misrga qochdi. Mamluk sultonlari davrida (turklar 1517 yili Misrni olgunga qadar) Abbosiylar Qohirada muqaddas kishilar sifatida yashab keldilar. 1261 yili mamluk sultoni Beybars Abbosiylardan biri al-Mustansirni xalifa deb eʼlon qildi. 1517 yil Abbosiylarning avlodi Mutavakkil III Istanbulga keltirilib, u diniy rahnamolik huquqini turk sultonlariga topshirgan. Abbosiylardan 37 kishi xalifa bo‘lgan.
Ummaviylar sulolasi
1.Muoviya I 661-680
2.Yazid I 680-683
3.Muoviya II 683-684
4.Marvon I 684-685
5.Abdulmalik 685-705
6.Valid 705-715
7.Sulaymon 715-717
8.Umar 717-720
9.Yazid II 720-724
10.Hishom 724-743
11.Valid II 743-744
12.Yazid III 744
13.Ibrohim 744
14.Marvon II 7844-750
Abbosiylar sulolasi