1.5. Kompleks birikmalarni xalq xo’jaligidagi ahamiyati
Xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega bo’lgan ko’pgina organik moddalar ham kompleks birikmalardan iboratdir. Ular jumlasiga gemoglabin, xlorofil, ferment, vetaminlar va boshqa moddalar kiradi. Kompleks birikmalar turli sohalarda keng qo’llaniladi [18], [4].
1. Ular ionlarni (Fe2+, Fe3+, Ni2+, Co3+) aniqlash uchun analitik kimyoda ishlatiladi. Masalan:
3FeCl2+2K3[Fe(CN)6]→Fe3[Fe(CN)6]↓+6KCl
4FeCl3+3K4[Fe(CN)6]→Fe4[Fe(CN)6]3↓+12KCl
Analitik kimyoda metallarni aniqlashda, kompleksonlar ta’sir ettirib, kompleks birikmalar hosil qilinadi. Hosil bo’lgan kompleks birikma eritma holida(fotometrik usulda) cho’kma holida (tortma analiz) o’rganiladi. Kuchsiz ishqoriy muhitga ega bo’lgan nikel (II) –sulfat eritmasiga 3-4 tomchi dimetilglioksim qo’shilganda ko’k-qizil kristal hosil bo’ladi:
CH3 - C = NOH
+ NiSO4 + 2NH4OH → (NH4)2SO4 + 2H2O + [NiC4H6N2O2]
CH3 - C = NOH
Bu reaksiya Chugayev reaksiyasi nomi bilan yuritiladi. Nekilni modda tarkibida bor yo’qligini aniqlash uchun natriy giksonitrokobaltiat (III) ishlatiladi.
3KCl+Na3[Co(NO2)6]→K3[Co(NO2)6]+3NaCl
2. Ba’zi metallarni bir-biridan ajratish va yuqori darajada toza metallar (oltin, kumush va hakozolar) olish uchun kompleks birikmalardan foydalaniladi. Masalan: Kvars va qumdan oltinni ajratib olishda ko’pincha oltinning kislorod ishtirokida natriy sianit bilan kompleks tuz hosil qilishdan foydalaniladi. Chunki oltin kislorod ishtirokida NaCN bilan suvda yaxshi eriydigan kompleks birikma hosil qiladi.
4Au+8NaCN+O2+2H2O→4Na[Au(CN)2]+4NaOH
Eritmaga o’tgan kompleks tarkibidagi oltinni rux yordamida erkin holda ajratib olish mumkin.
2Na[Au(CN)2]+Zn→Na2[Zn(CN)4]+2Au
3. Kompleks birikmalardan bo’yoq moddalar sifatida foydalaniladi. Tarkibida temir tuzlari bo’lgan zangori bo’yoq 1704-yilda Dispax tomonidan qora mol qonini potash (K2CO3) bilan qizdirish natijasida hosil qilingan. Zangori bo’yoq K4[Fe(CN)6]+Fe3+→KFe[Fe(CN)6]+3K+ tarkibli kompleks birikmadir.
Bu modda lak bilan aralashtirib ishlatiladi. Hozirgi vaqtda xrom, kobalt va misning organik moddalar bilan hosil qilgan bo’yoqlari ko’p ishlatilmoqda.
4. Kompleks birikmalar o’simlik va hayvonot olamida muhim rol o’ynaydi. Uzoq vaqt mobaynida o9’simlik, hayvonot va odam organizmida kimyoviy jihatdan biologik sistemalar bunyodga kelgan. Bularning ko’pchiligini metal organik birikmalar tashkil qiladi. Tirik organizmlarda uchraydigan eng sodda komplekslar metallarning aminokislotalar bilan hosil qilgan komplekslaridan iboratdir. Ular tarkibidagi aminokislota ikki dentalli ligand vazifasini bajaradi. Ularning formulalarini quyidagicha yozish mumkin:
Bu birikmada ligand o’zining tabiati jihatidan besh a’zoli qilib, bidentat birikma yotganligi yuqoridagi formuladan ko’rinib turibdi. Bu kompleks birikmalarning barqarorligi quyidagi tartibda oshib boradi:
Ca2+< Mg2+< Mn2+< Fe2+< Co2+< Zn2+ 2+2+
Bu metallardan organizmning boshqa murakkab birikmalari xlorofil va gemoglabinlar hosil bo’ladi. Vitaminlarning ba’zilari kompleks birikmalar tarkibiga kiradi. Ular tirik organizm hayotida muhim ahamiyatga ega. Akademik A. A. Grenberg tashabbusi bilan professor M. A. Azizov rahbarligida Toshkentda biologik jihatdan faol bo’lgan kompleks birikmalar o’rganishga kirishildi. Ligandlar sifatida aminokislotalar markaziy atom sifatida kobalt, temir, rux kabi metallardan foydalanildi. Sintez qilingan kompleks birikmalarning ko’pchiligi tibbiyot uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan dorivor priparatlardir. Masalan: nikotin kislota va kobalt (II) xloriddan hosil qilingan modda ,,koalid“ va [Pt(NH3)2Cl2] tarkibli kompleks birikmasi sariq qon kasalligini davolashda zaruriy dori sifatida ishlatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |