Analitik kimyoda kompleks birikmalarning ahamiyati katta. Bunday birikmalar elementlarning modda tarkibida bor-yo’qligini bilishda (sifat analizi), modda tarkibining qancha foizini tashkil etishini aniqlashda (miqdoriy analiz) va elementlarni bir-biridan ajratish (ekstraksiya) maqsadida ishlatiladi.
Ko’pchilik kationlar tuzlari aralashmasiga etarli miqdorda ammiak eritmasi ta’sir ettirilganda kationlar gidroksidlar holida cho’kmaga tushadi. Bunda Cu2+, Ag+, Zn2+, Ni2+, Co2+ kabi ionlarning gidroksidlari mo’l ammiak eritmasida erib ketib, [Cu(NH3)4]2+, [Ag(NH3)2]+, [Zn(NH3)4]2+, [Ni(NH3)6]2+ ga o’tadi, Co2+ esa kislorod ishtirok etmaganda [Co(NH3)6]2+ tarkibli kompleks ionlarini hosil qiladi. Co2+ kislorod ishtirok etganda esa Co3+ ionining bir necha ammiakatlari hosil bo’ladi.
Bazi kompleks ammiakatlar o’ziga xos rangga ega bo’ladi:bu rangga qarab ayni kompleksni hosil qilgan metallarning miqdorini aniqlash mumkin. Masalan, rangsiz yoki suvda erimaydigan asoslar hosil qiluvchi tuzlar aralashmasida mis bor-yo’qligini aniqlash uchun shu eritmaga mo’l miqdorda ammiak eritmasi qo’shilganda cho’kma hosil bo’ladi. Uni filtrlab ajratilganda yashil zangori rangli filtrat hosil bo’ladi. Bu filtratga [Cu(NH3)4)]2+ tarkibli kompleks ioni o’tadi; uni kolorimetrik usulda tekshirib aralashmada bo’lgan mis miqdorini aniqlash mumkin. Kaliy ionini aniqlash uchun Na3[Co(NO6)] tarkibli, temir Fe2+ ionini aniqlashda K4[Fe(CN6)], Na+ioni uchun UO2(CH3COO)2 . Mg(CH3COO)2, Zn2+ uchun (NH4)2[Hg(CNS)4] tarkibli kompleks tuzlaridan reaktiv sifatida foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda metall ionlarini aniqlash uchun tarkibida maxsus atomlar gruppasi bo’lgan reaktivlar qo’llaniladi. Metallarni aniqlashda, asosan tarkibida bir necha karboksil gruppalari bor α- aminokislotali reaktivlar ishlatilmoqda. Ana shunday birikmalardan biri sifatida imin-di-sirka kislota HOOCCH2-NH-CH2COOH ni aytib o’tish mumkin.
Ana shu kislotaning hosilasi etelendiamintetrasirka kislota va uning 2ta vodorod atomi natriyga almashingan tuzi NaOOCCH2-NaOOCCH2-N-CH2-CH2-N-CH2COOH-CH2COOH trilon-B nomi bilan ataladi. Bu birikma, masalan, kalsiy bilan reaksiyaga kirishganda o`zidagi ikkita natriy atomini kalsiy atomiga almashtiradi, natijada xelat koordinatsion birikma hosil bo`ladi. U uch valentli kationlar bilan ham shunga o`xshash tuzlar hosil qiladi [12].
Trelon-B kompleksonlar nomi reaktivlar jumlasiga kiradi. Trelon-B eritmada bo`lgan metall ionning hammasi bilan mustahkam birikma hosil qila oladi. Bunday reaksiyalarni o`rganishda indikator sifatida mureksid va qora erioxrom ishlatiladi.
Kimyo laboratoriyalarida metallarni aniqlash uchun ko`p qo`llaniladigan reaktivlar jumlasiga kupferon H-O-NC6H5-N=O, 8-oksixinolin C9H6NOH va ditizon C6H5-NH-NH-CS-NH-NH-C6H5 lar kiradi [19].