2.6. Cu(Xz)(TPP).H2O – aralash ligandli kompleks
birikmasining IQ-spektri
Cu(Xz)(TPP).H2O - kompleks birikmasining IQ-spektrida 2-Tiokso-5,7-dimetilpirido[2,3-d] pirimidinon-4 (TPP) ni uchinchi holatdagi ν(N-H) ga tegishli nur yutilish chiziqlarini 3200 sm-1 sohada kuzatilmasligi va to‘rtinchi holatdagi ν(C=O) ga tegishli nur yutilish chiziqlarini 1710 sm-1 dan 30 sm-1 ga ya’ni 1680 sm-1 gacha kamayishi TPP ni mis metali bilan 3-holatdagi azot va to‘rtinchi holatdagi kislorod orqali to‘rt xalqali metallosikl hosil qilgan holda, bidentat koordinatsiyaga uchrayotganligidan dalolat beradi [24].
Sintez qilingan kompleks birikmalar spirt, suv, DMFA va DMSO larda juda yaxshi eriydi.
2.7. Cu(Xz)(AAXz).H2O va Cu(Xz).(KMAX).H2O kompleks birikmalari
To’q yashil rangli CuX.Xz.2H2O kompleks birikmasi suspenziyasining ustiga atsetilaminoxinazolon-4 ni monokaliyli tuzining spirtdagi eritmasidan oz-ozdan tomchilatib qo’shish natijasida Cu(Xz)(AAXz).H2O tarkibli yangi aralash ligandli kompleks birikmasi sintez qilindi.
Kompleks birikmaning IQ-spektrida ν(C=O) hamda ν(N-H) larga tegishli nur yutilish nurlarini 1690-1740 sm-1 larda yo’qolib ketishi, uning o’rniga 1350 va 1620 sm-1 sohalarda ν(C-O) va ν(C=N) larga tegishli nur yutilish chiziqlarini hosil bo’lishi, bundan tashqari 3400 sm-1 da suv molekulalariga tegishli chiziqlarini hosil bo’lishi hamda ν(Cu-N) va ν(Cu-O) bog’lariga tegishli nur yutilish chiziqlarini pastki 535-555 sm-1 sohalarda namoyon bo’lishi markaziy ionni xinazolon-4 hamda atsetilaminoxinazolon-4 bilan 4 xalqali metallosikl hosil qilgan holda bidentat birikayotganligini ko’rsatadi. Olingan ma’lumotlarga asoslangan holda aralash ligandli kompleks birikmani tuzilish formulasini quyidagicha taklif etish mumkin:
Cu(II) tuzlarini xinazolon-4 bilan 1:1 tarkibli, spirtda kam eruvchan, to’q yashil rangli cho’kmasining ustiga KMAX ni monokaliyli tuzini spirtdagi eritmasidan oz-oz qo’shib, aralash ligandli, 1:2 tarkibli kompleks birikmasi Cu(Xz)(KMAX).H2O sintez qilindi. Ushbu kompleks birikmaning IQ-spektri Cu(Xz).(AAXz).H2O kompleks birikmasining IQ-spektriga juda o’xshash ekanligi o’rganilib, quyidagi tuzilish formulasi taklif etildi:
Ushbu kompleks birikmada ham mis metali ligand bilan uchinchi holatdagi azot va to’rtinchi holatdagi kislorod orqali to’rt xalqali metallosikl hosil qilgan holda birikayotganligini ko’rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |