Arealogiya lot



Yüklə 54,35 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü54,35 Kb.
#181342
Areal lingvistika masalalarini yoritishda




Areal lingvistika masalalarini yoritishda
geografiyaning o’rni


Lingvistik geografiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u ma’lum hududda tarqalgan til hodisalarining tarqalish yo‘nalishini xaritaga tushiradi. Til hodisalarining tarqalish joyi bilan munosabatini aniqlaydi. Bunda xalq tarixi, til tarixi bilan hamohanglikda qiyosiy tarzda o‘rganiladi. Maqolada Vobkent tumanining ba’zi leksemalari arealogik jihatdan o‘rganib, xaritalashtirilgan.
Arealogiya (lot. are – maydon, hudud otdan yasalgan sifatning yunoncha logikos – so’z, tushuncha, ta’lim so’zi bilan birikishidan hosil bo’lgan qo’shma so’z) ma’lum bir hududda ma’lum bir hodisalarning (o’simlik, hayvonot, yer qatlami, yer osti va yer usti boyliklari, aholi hamda ularning tili va boshqalar) tarqalish xususiyatlarini o’rganishga oid fan bo’lib, bir necha fanlarda (jumladan, botaniqa, zoologiya, geologiya, etnografiya, filologiya va boshqalar) arealogik yo’nalish shaklida mavjuddir. SHuning uchun muayyan fanlarda bu tushuncha (areal lingvistika (tilshunoslik), areal botanika, areal geologiya va boshqalar) o’z aksini topgan.
Areal lingvistika lisoniy hodisalarning ma’lum hududlarda tarqalishi va shu asosda tillararo aloqalarni o’rganuvchi yo’nalishdir.
Areal lingvistika tushunchasi va atamasi Matteo Julio Bartole (1873-1946) italyalik tilshunos) tomonidan XX asrning 40-yillarida tilshunoslikka kiritilgan bo’lsa-da, ammo arealogik tadqiqotlar o’zining uzoq tarixiga egadir. Faqat XX asr boshlarida tillar bilan bog’liq hududiy masalalarni o’rganuvchi yo’nalish areal lingvistika emas, lingvistik geografiya yoki geografik lingvistika atamasi ostida mashhur edi.
Bu monografiyaning «Turkiy tillar areal lingvistikasining ayrim metodologik masalalari”; “Refleksiya”. “O’zbek tilshunosligida lingvoareal tadqiqotlarning shakllanishi va rivojlanishining asosiy omili ydlaridan bu yo’nalishda katta material olish mumkin.
Turkiyshunoslik bo’yicha diqqatga sazavor va kutubxonalarimizda mavjud bo’lgan tadqiqotlar sirasida N.Gadjiyevaning «Turkiy areal lingvistika muammolari O’rta Osiyo mintaqasida ( Moskva: «Nauka» 1975.304-b) kitobini keltirish mumkin. Bu kitob ushbu o’quv fani bo’yicha darslik yoki o’quv qo’llanmasi o’rnini bosa oladi. Xususan, ishning «Areal lingvistik tadqiq metodlari» masalalariga bag’ishlangan uchinchi bobi arealogik tadqiqotlar mohiyati va metodlari bilan tanishish imkoniyatini beradi. Areal lingvistikaning asosiy tushunchalari A.B.Jo’rayevning «O’zbekzabon mintaqani areal o’rganishning nazariy sifatida» deb nomlangan I va II boblari lingvoareal tadqiq maqsadi va usullarini sharhlagani bois tanishish hamda o’rganish materiali sifatida ahamiyatlidir.
Bu monografiyada refleksiya (tajalli) deganda o’zbek shevalarining va yozma yodgorliklarini emperik (fahmiy, tavsifiy) o’rganish natijasida qo’lga kiritilgan yutuqlar bilan bir qatorda ma’lumotlarni yangi maqsadlarga erishish uchun qayta guruhlash hamda tahlil etib baholash tushuniladi. SHuning uchun A.Jo’rayevning tadqiqoti XX asrning 30-80- yillarida o’zbek shevalarining mahalliy-hududiy tavsifi natijasida qo’lga kiritilgan ma’lumotlarni, ATM nuqtai nazaridan qayta baholash va tahlil etishga qaratilgan.
Arelogiyada o’ziga xos tadqiq metodi, ya’ni ish usuli va o’ziga xos tadqiq ob’ekti borligini ko’pgina olimlar inkor etadilar. Ularning fikrini to’la- to’kis asosli deb aytish mumkin emas. Chunki arealogiya tadqiq manbai sifatida adabiy til va shevalarda u yoki bu lisoniy birlikning tadqiqi bilan ish ko’radi. Bu jihatdan uning tadqiq manbai adabiy til va sheva unsurlarining tadqiqi va tavsifi bilan tanishadi.
Ikkinchi tomondan arealogik tadqiqotda adabiy til va sheva hodisalari qiyoslanadi. Bu jihatdan arealogiyaning tadqiq manbai qiyosiy tilshunoslik tadqiq manbai va usuli bilan to’qnashadi. Qiyosiy va tavsifiy – sixronik tilshunoslik tadqiq manbai va usuli bilan areal lingvistikaning tadqiq manbai hamda usulida bunday umumiylikning mavjudligi, arealogiyaning o’z tadqiq manbai va usuli (metodi) borligini ko’rsatadi (buning yorqin dalilini to’rtburchak misolida ko’rishimiz mumkin: to’rtburchak, rom, kvadrat, parallelepiped, trapetsiya kabi geometrik shakllar to’rt to’g’ri chiziq va to’rt burchakdan iboratdir. Ammo ular xilma-xil munosabatlar chizmasiga egadir. SHuning uchun ularning har biri alohida bir geometrik shakl (butunlik)lar sistemasidir).
Qiyosiy tilshunoslik, tarixiy tilshunoslik, areal lingvistika lisoniy hodisalarning tadqiq va tavsifiga atomistik usul (lisoniy hodisani sistemadan uzilgan holda) bilan yondashadi. (Jumladan, «a» ma’lum bir pozitsiyada «o»ga o’tishi; qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchasining shaklan farqlanmasligi yoki o’rin payt kelishigi qo’shimchasi o’rnida jo’nalish kelishigi qo’shimchasining qo’llanilishi bir-biriga bog’liq ravishda emas, balki alohida-alohida hodisalar sifatida tadqiq va tavsif etiladi). SHuningdek, qiyosiy tilshunoslikda ko’rganimizdek, alohida-alohida olingan lingvistik hodisalar arealogiyada ham qiyoslanadi. Lekin arealogik tadqiqotda makon tushunchasi ham mavjud. Arealogik makon dialektologik makon tushunchasidan batamom farq qiladi. Dialektologiyada makon tushunchasi tom ma’noda ma’lum bir hudud, mintaqa, geografik hudud bilan mos keladi (masalan: Buxoro shevasi, Toshkent shevasi). Dialektologik tadqiqotda bir makondagi turli xil til birliklarining bir davrda bir butunlikning tarkibiy qismlari sifatida yashashi tadqiq etiladi.
Areal lingvistikada bir hodisaning turli hudud va mintaqalarda tarqalishi diqqat markazda turadi. SHuning uchun arealogik makon dialektologik (geografik) makondan tubdan farq qiladi (chunonchi: tushum va qaratqich kelishiklarining shaklan mos kelishi O’zbekistonning qarluq-uyg’ur shevalari uchun xos deb talqin etilsa, bu hodisaning areali sifatida O’rxun-Enasoy, qumuq va yoqut tillari tarqalgan mintaqalar nazarda tutiladi. CHunki bu hodisa mazkur tillarda ancha keng tarqalgan). SHuning uchun areal lingvistikada makon deganda geografik hudud emas, ma’lum bir hodisaning tarqalish hududi (hududlari) tushuniladi. Dialektologiyada hodisa makon orqali (ya’ni, shu mintaqada qanday hodisalar bor) tavsiflansa, areal lingvistikada makon hodisa orqali beriladi (ya’ni, bir hodisaning turli tarqalish makonlari). Boshqacha qilib aytganda, dialektologiyada bir makondagi turli hodisalar (makon – umumiy, hodisalar – xususiy) tadqiq etilsa, arealogiyada bir hodisaning turli makonlari (hodisa – umumiy, hududlar – xususiy) o’rganiladi.
Areal tadqiq usulining qiyosiy, xususan, qiyosiy-tarixiy tilshunoslikdan farqi shundaki, qiyosiy tilshunoslikda tipologik o’xshash va noo’xshash hodisalar qiyoslanaveradi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikda esa faqat o’zaro o’xshash hodisalar turli davrlar asosida qiyoslanadi. Areal lingvistikada esa bir hodisaning ma’lum bir davrdagi o’xshashligi tadqiq etiladi (SHu hodisaning turli davrlardagi o’xshashligi tarixiy arealogiyada o’rganiladi). Areal lingvistikaning tadqiq usuli va manbaida bo’lgan bunday farqlar uning tavsifiy, qiyosiy, tarixiy tilshunosliklar bilan bir qatorda til haqidagi fanning o’ziga xos alohida tarmog’i mavqeida ekanligini asoslaydi. SHunday qilib, areal lingvistikaning tadqiq manbai va tadqiq metodini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Areal tadqiqotlarning manbai sifatida ma’lum bir davrda olingan lisoniy hodisa (qonuniyat)ning qarindosh va yondosh tillar amalda bo’lgan turli hududlarni aniqlash hamda bu hududlarni bir arealga, lisoniy hodisaning tarqalish maydoniga birlashtirishdir. Uning tadqiq usuli sifatida turli mintaqalardagi til shevalarida o’xshash hodisa (qonuniyat)larni aniqlash va ularning qo’llanish maydonini aniq belgilashdan iboratdir. Bundan tashqari areal lingvistikaning oldida ma’lum bir hodisa (qonuniyat)ning tug’ilishini, vujudga kelish markazini, uning turli yo’nalishlarga tarkalishini (irradiatsiyasini) va bu hodisaning turli mintaqalardagi o’ziga xosligini (innovatsiyalarini) belgilash vazifasi ham turadi.
Areal lingvistik tadqiqotlarningo’ziga xos maqsadlaridan biri ayrim lisoniy hodisa (qonuniyat)larning qayerda shakllanganligi, vujudga kelganligini va uning tarqalish yo’llarini aniqlashdir. SHuning uchun arealogiyaning muhim tushunchalaridan biri markaz va chekkadir.
Markaz deganda ikki hodisa tushuniladi: birinchidan, ma’lum bir hodisaning keng tarqalgan va nisbatan katta hududni o’z ichiga olgan mintaqa tushuniladi. Bu arealogiyada markaz tushunchasini sinxron tushunishdir. Jumladan, ilovadagi N.Murodova ishining 5-xaritasiga diqqat qillib qarasak, adabiy tildagi og’iz suti (sigir, qo’y, echki, biya kabi sog’in jonivorlar tuqqandan so’ng yelinidan olinadigan ilk sut bo’lib, u quyuq va seryog’ bo’ladi) gilagay, dalama, qog’anoq, palla/falla, uvuz, dalama/palla, jak/palla variantlari bilan (Navoiy viloyati o’zbek shevalari xaritasi asosida) Olchin, Qoracha, Galabek, Xatirchi, Olchinobod, Xonaqa, CHilosh, YAngi yo’l, Ijand kabi ulkan mintaqalariga tarqalganligini ko’ramiz. Navoiy viloyati o’zbek shevalarida gilagay shaklining qo’llanilish markazi deganda ana shu hududlar tushuniladi. Xaritaga qarab qog’onoq izoglossa markazi G’azg’on, Dehibaland, Qizilcha hududlari ekanligini aniqlash mumkin.
Dalama izoglossasi markazi esa Yangiobod, Konimex, Telman, Arabsaroy, Beshrabot mintaqasidir. Demak, sinxronik areal markaz deganda, ma’lum bir hodisa o’ziga xos yumuq bir izoglossani tashqil etadigan mintaqa tushuniladi. Sixronik markaz ayni bir hodisa uchun ikki va undan ortiq ham bo’lishi mumkin. CHunonchi, 5-xarita asosida dalama/palla izoglossasining Qiziltepa va Toshrabot kabi ikki bir-biridan ancha uzilgan markazlarini ko’rish mumkin. Arealogiyada sinxronik markaz, chekka tushunchasi bilan bir qatorda diaxronik markaz va chekka tushunchalari ham mavjud.
Diaxronik markaz deganda ayrim bir hodisaning ma’lum hududda shakllanganligi va shu hududdan boshqa o’lkalarga tarqalganligi tushuniladi. Hodisa shakllangan hudud − markaz, u yerdan tarqalgan mintaqalar chekka sanaladi. Jumladan, turkiy tillarda bir tomondan turkiy, ikkinchi tomondan forsiy va arabiy so’zlar sinonimiyasi − hodisasi (et ~ go’sht, esh ~ do’st ~ yor, kishi ~ odam va h.) O’rta Osiyoning qadimiy markaziy o’lkalari (Mahmud Koshg’ariy ta’biri bilan aytganda, So’g’d, Arg’u) mintaqasida VIII-IX asrlarda shakllandi. Saljuqiylar X-XI asrlarda g’arbga − Kichik Osiyoga (Vizantiyaga) yurish boshlagan paytida bu hodisa So’g’d, Qashqar mintaqasida shakllangan edi va «Qutdg’u bilig»da o’z aksini topgan.
Ulug’ tilshunos Mahmud Koshg’ariy bu haqda o’zining salbiy munosabatini ochiq-oydin ifodalab, uni qattiq qoralaydi va «Er tatiqsa, ettunchur» (odam totlashsa − arab yoki tojiklashsa, tabiati ayniydi) maqolini keltiradi. SHuning uchun turkiy va noturkiy (eroniy va arabiy) sinonimiya markazi ayrim tadqiqotchilar taxmin etganlaridek, saljuqiylar va usmoniylar davlati mintaqasi emas, hozirgi O’zbekistonning markaziy va janubi-sharqiy arealidir.
Mahmud Koshg’ariy Koshg’ar sharqi va Tibetda xuddi shunday turkiy ~ chiniy leksik sinonimiya markazini qayd etadi. VIII asrda yashagan To’nyuquq VI-VII asrlarda Oltoy sharqida, Mo’g’uliston g’arbida, Tibet va Xitoyning shimoliy qismida xuddi shunday turkcha ~ xitoycha sinonimiya markazlari shakllanganligi haqida ma’lumot beradi.
Diaxronik markazlar qiyosiy-tarixiy tadqiqot natijalari sinxronik kesmalarda berilgan shakldagina shu kesmalarni qiyoslash asosida aniqlanishi mumkin. Diaxronik chekka deganda, arealogiyada diaxronik markazdan ma’lum bir hodisaning boshqa mintaqalarda tarqalgan joylari tushuniladi. Jumladan, totor va boshqird tillarida turkiy ~ forsiy ~ arabiy sinonimiya shunday chekkalardan biridir. O’zbek tilida turkcha ~ mo’g’ulcha sinonimiyaning uchrashi ashchi ~ bakavul, oshpaz ~ bakavul kabilar diaxronik markaz areali bo’lsa, buning soqchi ~ qaravul shakli dixronik chekka areali sanalishi mumkin.
Turkiy tillar bo’yicha, jumladan, ot va olmoshlarning tarqalishi bo’yicha diaxronik markaz va chekkalarni aniqlash bo’yicha qilingan jiddiy tadqiqotlardan biri G.F.Blagovaning eslatilgan tadqiqotidir. Ayrim o’zbek shevalari uchun xos bo’lgan hodisalar markaz va chekkalarini aniqlash bo’yicha jiddiy izlanishlardan biri A.B.Jo’rayevning yuqorida tilga olingan tadqiqotidir.
Arealogik markaz va chekka tushunchalari bilan arealogik radiatsiya va irradiatsiya tushunchalari uzviy bog’langan. Yadro fizikasidan olingan bu ikki tushuncha arealogiyada ma’lum bir hodisaning mujassamlashish, bir markazga yig’ilish (radiatsiya) va undan chekkalarga tarqalishi (irradiatsiya) ma’nolarida qo’llaniladi. Radiatsiya zonasi deganda hodisa (qonuniyat) markazi, irradiatsiya zonasi deganda shu markazdan hodisaning boshqa mintaqalarga tarqalishi tushuniladi.
Izoglossa markazidan hodisa, yuqorida sanab o’tilgan sabablar vositalarida, nurlanishga monand ravishda tevarak atrofga yoyiladi. 5-xaritaga e’tibor bersak, buning yorqin namunasini ko’rishimiz mumkin. Chunonchi, gilagay zonasi markazi Langar − Zarafshon − Qoracha − Olchinobod mintaqasi bo’lsa, u xuddi suv omboridan ikki kanal chiqqani kabi shimoli-g’arbga − Ijand, YAngiyo’l, Olchin, Beshrabot yo’nalishida va janubi-g’arbga Narpay, Uyrot, Karmana, Do’rman tomonga yoyilgan. Xaritada radiatsiyaning markazdan uzoqlashgan sari kuchining kamayib borishini ko’rish mumkin.
Arealogiyadan tavsifiy mintaqaviy dialektologiya nimasi bilan farq qiladi? «Mintaqaviy dilektologik» tavsif bilan «areal lingvistika» tahlil usullari orasidagi asosiy farqi nimada, degan savolga tilshunoslikda lo’ndagina javob mavjud. Arealogiya hodisalarni xaritada ko’rsatadi. Dialektologiya shevaviy farqlarni qayd qiladi va tavsiflaydi. Shuning uchun xaritalashtirish arealogik tadqiqotlarning ham usuli, ham natijasidir. Shuning uchun biz, lingvistik atlas, lingvistik xaritalar tuzish masalasini, bu ma’ruzamizda maxsus tahlil etayotgan bo’lsak-da, lingvistik xaritalar, lingvistik xaritalashtirish haqida 1-ma’ruzamizdan boshlab uzluksiz gapirib kelmoqdamiz. Bu haqda, biz, arealogiyaning dialektologiyadan farqi haqida gapirganda ham, izoglossalar haqida bahs yuritganda ham, izologiya markaz va chekka haqida ma’lumot berganimizda ham to’xtaldik. Buning boisi arealogiyaning istalgan turdagi muammosi xaritalashtirish bilan uzviy bog’liq bo’lganligidir.
Ma’lum bir mintaqa (davlat, til) lingvistik atlasini tuzish arealogiyaning so’nggi maqsadidir. SHuning uchun bugungi o’zbek tilshunosligi oldida turgan muhim vazifalardan biri dialektologik izlanishlarning 70- yillarda to’xtab qolgan taraqqiyot nuqtasidan arealogik izlanishlar darajasiga ko’tarish va bu izlanishlarning samarasi o’laroq o’zbek lingvistik atlasini tuzishga jiddiy kirishishdan iboratdir. Lingvestik geografiya (lingvo - geografiya) - tilshunoslikning, bir bo`limi bo`lib, u ma`lum territoriyada tarqalgan til hodisalari ( tovushlar, Grammatik formalar, so`zlar) ni aniqlaydi, ularning o`sha joy ( makon)gab o`lgan munosabatini ko`rsatadi, territoriyal til xususiyatlarini xalq tarihi, til tarihi bilan aloqador holda qiyoslab, tushintirib, kartalar orqali ifodalaydi. Uning eng muhim hususiyatlaridan biri ko`rgazmaliligi bo`lib, unda ma`lum til hodisalarining o`rni va tarqalish chegarasi kartalar yoki atlas vositasida aniq belgilab beriladi.
Karta ham, atlas ham lingvistik geografiyaning ifoda vositasi bo`lib, unung asosiy maqsadi tilning taraqqiyot qonuniyatlarini va yo`llarini, konkret diolektlarning paydo bo`lishi va hozir mavjudligining cabablarini, shuningdek, dialect xususiyatlarining milliy tilga bo`lgan munosabati va o`zaro aloqasi masalalarini tushuntirib berishdir. Nihoyat, lingvistik geografiya bir qotor umumlingvistik muammolarini, ya`ni tilda lahja, dialikt, shevalar mavjud bo`lsa, ularning xususiyatlari va bu xususiyatlar nimalari bilan chegaralanishi, dialektlarning umummilliy tilga bo`lgan munosabati va shu kabi masalalarni hal qilmog`i kerak.
Lingvestik geografiya (lingvo - geografiya) - tilshunoslikning, bir bo`limi bo`lib, u ma`lum territoriyada tarqalgan til hodisalari ( tovushlar, Grammatik formalar, so`zlar) ni aniqlaydi, ularning o`sha joy ( makon)gab o`lgan munosabatini ko`rsatadi, territoriyal til xususiyatlarini xalq tarihi, til tarihi bilan aloqador holda qiyoslab, tushintirib, kartalar orqali ifodalaydi. Uning eng muhim hususiyatlaridan biri ko`rgazmaliligi bo`lib, unda ma`lum til hodisalarining o`rni va tarqalish chegarasi kartalar yoki atlas vositasida aniq belgilab beriladi. Karta ham, atlas ham lingvistik geografiyaning ifoda vositasi bo`lib, unung asosiy maqsadi tilning taraqqiyot qonuniyatlarini va yo`llarini, konkret diolektlarning paydo bo`lishi va hozir mavjudligining cabablarini, shuningdek, dialect xususiyatlarining milliy tilga bo`lgan munosabati va o`zaro aloqasi masalalarini tushuntirib berishdir. Nihoyat, lingvistik geografiya bir qotor umumlingvistik muammolarini, ya`ni tilda lahja, dialikt, shevalar mavjud bo`lsa, ularning xususiyatlari va bu xususiyatlar nimalari bilan chegaralanishi, dialektlarning umummilliy tilga bo`lgan munosabati va shu kabi masalalarni hal qilmog`I kerak.
Areal lotincha area “maydon”,”kenglik” so’zidan olingan. Areal lingvistika tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib,lingvistik hodisalarning muayyan kenglikda tarqalishini va tillararo munosabatni lingvistik geografiya metodlari asosida o’rganadi. Areal lingvistikaning asosiy vazifasi til xususiyatlarining hududiy bo’linishini tavsiflash va izogolossalarni talqin qilishdan iboratdir. Natijada dialektlar,tillar va areal jamoalar o’rtasida o’zaro ta’sir maydonlari aniqlanadi.
Areal lingvistika atamasi tilshunoslikka M.J.Bartoli va Dj.Viddassi tomonidan1943 yilda olib kirildi. Uning asosiy tamoyillari 1925 yildayoq M.Bartoli tomonidan olg’a surilgan. Areal lingvistika lingvistik geografiya va dialektologiya bilan chambarchas bog’liqdir. Uning markaziy tushunchasi til yoki dialekt arelidir.Boshqacha aytganda,ayrim lingvistik hodisalarning tarqalish va ularning yig’indisidir. Shuningdek, arel atamasi ayrim tillar va tillar guruhining tarqalish chegarasini ifodalash uchun ham qo’llaniladi.
Areal lingvistikani yana bir markaziy tushunchasi izoglossadir. Tilning barcha sathlari uchun bu tushuncha xarakterli bo’lib,sathlaro yana aniq atamalar bilan farqlanadi:fonetik izoglossalar uchun izofonlar, leksik izoglossalar uchun izolekslar,semantik taraqqiyot uchun izosemlar va boshqalar. Izoglossalar bog’liq va konvergent izoglossalarga bo’linadi. Bularning birinchisi bir genetik umumiylikka ega bo’lgan tillarda rivojlanadi va ularni tiklash uchun qiyosiy-genetik tadqiqotlar usulidan foydalaniladi.
Konvertgent izoglossalar esa uzoq davrlar bir hududda yaqin aloqada bo’lish natijasida areal umumiyliknong vujudga kelishi asosida hosil bo’ladi. Bunday izoglossalar tipologik tahlil usullari asosida aniqlanadi. Areal lingvistikaning shakllanishida dialektologik va lingvistik atlaslar katta xizmat qildi. Areal lingvistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishida A.Meye, Bartoli, B.A.Terrachini, Dj.Bonfante, B.Pizani singari olimlarning hizmati alohida ajralib turadi. Ular ushbu yo’nalishning nazariy asoslarini,tushunchaviy apparatini belgilab berdilar. Turkiy tillarni arel nuqtai nazardan o’rganishda N.Z.Gadjiyeva, A.B.Jo’raev singari olimlarn8ing xizmatlari katta.
Ayniqsa A.B.Jo’raevning o’zbek tilini areal o’rganishning nazariy asoslarini belgilab berishdagi xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. O’zbek tili turkiu tillar tasnifiga ko’ra turkiy tillarning uch gruppasiga kiritilgan. Sababi o’zbek tili o’zinig fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug’at tizimiga ko’ra turli turkiy tillar bilan umumiy xususiyatlariga va,shuningdek,u tilardan farq qiladigan o’ziga xos xusisiyatlarga ham egadir. O’zbek tili tizimidagi ayrim lahjalar,chunonchi,o’g’uz lahjasi o’z xususiyatlariga ko’ra turkiu tillarning janubiy- g’arbiy guruhiga kirsa,qipchoq lahjasi esa, shimoliy-g’arbiy gurihiga kiradi. Bu lahjalarning ham o’zlari kiradigan guruhlar bilan noo’xshash tomonlari mavjud.
O’zbek tilining shahar shevalariga asoslangan hozirgi zamon adabiy tili esa,janubiy-sharqiy guruhga kiradi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida miqdor va sifat jihatidan farq qiladigan 6 unli tovush bor. Boshqa turkiy tillar esa 9 va undan ortiq unliga ega bo’lishlari bilan o’zbek adabiy tilidan farq qiladi. Shuningdek, bu tillar unlilarning uyg’unlashishi yoki uyg’unlashmasligi gihatidan ham o’zaro farqlanadi. Masalan, lab ohangining to’la saqlanishi jihatidan qirg’iz tiliga birorta turkiy til teng kela olmaganidek,singarmonizmning zaifligi jihatidan o’zbek adabiy tiliga ham birorta turkiy til mos kela olmaydi.
O’zbek tilinig undoshlar tizimi ham boshqa turkiy tillarga,asosan,mos kelsada,ayrim noo’xshashliklarga ham ega. O’zbek tilida so’z boshida keladigan y tovushi shimoliy-g’arbiy guruhga kiruvchi tillarda dj va j tovushi bilan beriladi. O’zbek tilida so’z boshida keladigan t tovushi janubiy-sharqiy guruhga kiruvchi turkiy tillarda d tovushi bilan beriladi. O’zbek tili va boshqa turkiy tillar o’rtasidagi o’xshashlik va no o’xshashliklar ularning lug’at tarkibidasham ko’rinadi. O’zbek tili lug’at tarkibiga kiruvchi so’zlar boshqa turkiy tillar lug’at fondiga kiruvchi eng muhim hayotiy tushunchalarni ifodalovchi so’lar bilan o’xshashdir. Ammo ba’zi so’zlar ayrim turkiy tillarning o’z fonetik xususiyatlariga ko’ra boshqacharoq talaffuz qilinishi mumkin. Bunday foneytik xodisalardan qattiy nazar o’zbek va boshqa turkiy tillar lug’at tarkibida umumiy o’xshashlik saqlangan.
108-guruh. Boltayeva Nozima
Yüklə 54,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin