Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari



Yüklə 62 Kb.
tarix17.04.2023
ölçüsü62 Kb.
#99206
ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI


ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI


Reja:
1.Isbotlash va rad etishning umumiy tavsifi.
2.Isbotlash va rad etishning turlari.
3.Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar.
4.Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza, nazariya.

Argumentlash (dalillash) asoslangan fikrlarni, chin bilimlarni hosil qilish usuli bo’lib hisoblanadi.


Argumentlash (dalillash) lotincha «argumetatio» so’zidan olingan bo’lib, fikmi asoslash uchun qo’llanadigan fikrlarga nisbatan ishlatiladi. Fikrlar chinligini asoslashning mantiqiy usullarini o’rganuvchi mantiq fanining maxsus bo’limi argumentlash (dalil keltirish) nazariyasi deb yuritiladi.
Argumentlash (dalillash) jarayoni olamni bilishda ilmiy tafakkurda, ijtimoiy-siyosiy hayotda muhim ahamiyatga ega. Dalillash jarayonida mantiqiy fikrlashga bo’lgan eng muhim talablardan biri-yetarli asosga ega bo’lish, asosli fikr yuritishamalga oshadi. Hayotda, ilm-fan, bilishning turli sohalarida asoslash, dalillash jarayoni o’ziga xos shakllarda kechadi. Dalillash o’ziga xos tuzilishga ega bo’lishi, muayyan maqsadlarga xizmat qilishi mumkin. Lekin dalillash maqsadlari, qo’llanishi qanchalik xilma-xil bo’lmasin, ular inson tafakkurining eng muhim xislati bo’lib hisoblanadi va mantiq qoidalariga bo’ysunadi.
Biz u yoki bu fikrni, nazariyani, ta’limotni haqiqiy, chin bilim sifatida shunchaki qabul qila olmaymiz. Uning chin bilim, haqiqatligiga ishonganimiz taqdirdagina, uning asoslari, dalillari bizda shubha qoldirmagan taqdirdagina to’g’ri fikr nazariya, deb hisoblaymiz.
Insonning olam haqidagi bilimlari turli-tuman bo’ladi. Ularni shakllanish xususiyatlari va anglatgan mazmunlariga ko’ra nazariy va amaliy bilimlarga bo’lish mumkin. Nazariy bilimlar ilmiy bilish natijalari hisoblanadi va ularning haqiqiy bilim ekanligi mantiqiy asoslanganligida namoyon bo’ladi. Kundalik amaliy faoliyat jarayonida amaliy bilimlar shakllanadi. Ularning qay darajada chinligi. hayotdan olingan dalillar bilan asoslanadi yoki inkor etiladi.
Shunga ko’ra dalillash (asoslash) ikki usulda namoyon bo’ladi: a) nazariyalar, ta’limotlar, ilmiy bilimlarga nisbat, dalillash (asoslash), isbot va raddiya shaklida namoyon bo’ladi; b) kundalik hayot jarayonida fikrlar hayotiy faktlar orqali tasdiqlanadi yoki ular tanqid qilinadi (qisman rad qilinadi).
Dalillash (asoslash) murakkab jarayon bo’lib, unga xilma-xil omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillarni ikki guruhga bo’lish mumkin:
Argumentlashning mantiqiy asoslari.
Argumentlashning ijtimoiy-psixologik asoslari.
Dalillash (argumentlash) xilma-xil shakllarda namoyon bo’ladi. Uning dastlabki eng oddiy shakllari deganda a) isbotlash va rad etish; b) tasdiqlash va shubha ostiga olish (uni tanqid qilish) nazarda tutiladi. Shu bilan bir qatorda uning nisbatan murakkab shakllari ham borki, bularga suhbat, bahs-munozara kabilarni kiritish mumkin.
Dalillash yuzaki qaraganda kishilar tafakkuridagi chin bilan yolg’on, yaxshilik (ezgulik) bilan yomonlik orasidagi ziddiyatni bartaraf qilishdek bo’lib ko’rinadi. Lekin aslida argumentlar (dalillar) hayotning o’zidan kelib chiqadi va unda nimaga xizmat qilishidan qat’iy nazar ishontirish va ishonish muhim o’rin tutadi. Argumentlash (dalillash, asoslash) shunday mantiqiy usulki, uning natijasida muayyan fikr, qarash, nazariyaning chinligi yoki xatoligi asoslab beriladi.
Isbotlash, yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, argumentlashning eng oddiy mantiqiy usuli hisoblanadi. Isbotlash va uning tarkibi. isbotlash turlari.
Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qo‘llayotgan bilimlarning kay darajada chin bulishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirishiga bog‘liq. Xato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib ko‘rsatadi, bilishda ko’p chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun ham bilish jarayonida xar bir fikrni to‘g‘ri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan ko‘rsata olish, xato fikrlarni esa rad kila bilish muhim ahamiyatga ega. Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni xodisaning (faktning) o‘zi bilan solishtirish mumkin. Lekin ko‘p hollarda bilish jarayonida natijalarning
chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog‘lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlaщdir. Isbotlash bir xukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin xukmlar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli - demonstratsiya.
Tezis - chinligi asoslanishi lozim bulgan xukm, u isbotlashning markaziy figurasi xisoblanadi; butun diqqat- e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga karatiladi. Tezis bir muloxazaning o‘zidan, yoki muloxazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq, faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki xodisalarning sababini ko‘rsatuvchi muloxazalardan va shu kabilardan iborat buladi.
Argumentlar - tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan xukmlar. Argumentlar bulib faktlarni qayd qiluvchi xukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar xamda boshka empirik va nazariy umumlashmalar xizmat kiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro bog‘langan va tezisning moxiyatiga aloqador bo‘lishi lozim. Ta’riflar xam chin xukmlar bulib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, “Xarakat - bu har kanday o‘zgarishdan iborat”, degan ta’rif chin xukmdir. Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi uchun xam ularni isbotlash zarur emas. Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni xech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin. Isbotlash usuli - demonstratsiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantikdy aloqadan iborat. U xulosa chikarish shaklida buladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqdan keltirib chikariladi. Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bulgan xukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p xollarda yakka xodisani ifoda kilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi.
Masalan, “O’zbekiston - mustaqil davlatdir”, degan xukm (tezis)ning chinligi “O’zbekistonning mustaqil davlat deb, e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi” kabi asoslar yordamida isbotlanadi. Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo’lgan xukmning (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi.
Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis (a) o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan, “Materiya xarakatsiz mavjud emas”, degan xukmning chinligini asoslash uchun unga zid bulgan “Materiya harakatsiz mavjud”, degan xukm olinadi. Apagogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich),
vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi kursatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, “Materiya harakatsiz mavjud”, degan xukm chin bulsa, “Moddiy predmetlar strukturasiz mavjud”, degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin buladi. Bizga ma’lumki, moddiy predmetlar tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o‘zaro aloqasisiz) mavjud emas. Demak, “Materiya xarakatsiz mavjud”, degan fikr xato, shu tarika “Materiya xara-katsiz mavjud emas”, degan fikrning chinlish asoslanadi. Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi xukmning (kuchli diz’yunksiyaning) bir a’zosi bulib, uning chinligi boshka a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orkali asoslanadi. Masalan, “Jinoyatni yo A, yo V, yo S
shaxslar sodir etgan”, degan fikr tekshirilib, “Jinoyatni V shaxs xam, S shaxsxam sodir etmagan”ligi aniqlanadi va shu tarika “Jinoyatni A shaxs sodir kilgan”, degan xukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi
isbotlash ayiruvchi - qatiy sillogizmning inkor etib, tasdiklovchi modusi buyicha qurilgan:
Raddiya - isbotni buzishga qaratilgan mantikly amaldir. Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid bulgan fikrning xatoligi ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun raddiyani isbotlashning xususiy ko‘rinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim bulgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi xukmlar) va demonstratsiyadan (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya’ni baxs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri malum bir tezisni ilgari surib, uni ximoya kilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chikadi (opponent). Hal qilinmagan, munozarali masalalar buyicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-karshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
tezisni rad etish;
argumentlarni rad etish;
demonstratsiyani rad etish.
Tezisni rad etish.
Tezisni rad etishning kuyidagi usullari mavjud:
Faktlar orkali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bulib o‘tgan voqealarga, statistik ma’lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, “Sovet davrida O‘zbekiston to‘laqonli mustaqil respublika bo‘lgan”, degan tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. O‘sha davrda respublika rahbariyati birorta muhim masalan Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar keltirib, tezisni rad etamiz.
Tezisdan kelib chikadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish orkali rad etish. Bunda tezisdan kelib chikadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul “bema’nilikka olib kelish”, deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib , bu natijalarning xaqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. Chin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks xolda bu bema’nilik buladi. “Bema’nilikka olib kelish” usulining formulasi kuyidagicha:
(a —> ) —> ((a —I ) —> a)
Tezisni antitezisni isbotlash orkali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bulgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno konuniga muvofik, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib chikariladi. Masalan, I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” nomli maqolasida “Amir Temur buyuk sarkarda bo‘lgan va yovuzliklar kilgan”, degan tezisni shunday rad etadi: “Inson bir paytning o‘zida ham bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oily koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini silagan, Qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo’lmaydi. Qonxo‘r odam “Kuch - adolatda”, deyishi mumkinmi?”45 Darhaqiqat, Soxibqiron Amir Temur xomiyligida, uning ko‘rsatmasiga binoan yaratilgan bog‘lar, qurilgan imoratlar uning bunyodkor shaxs ekanligini yaqqol isbotlaydi.
Argumentlarni rad etish.
Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar tanqid kilinib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun etarli emasligi aniqlanadi. Argumentlarning xatoligi tezisning xam xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bulishi xam mumkin:
R -> Q, P
Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish.
Rad etishning bu usulida isbotlashda yul qo‘yilgan xatolar aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezis chinligining uning asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chikmasligi asoslab beriladi. Isbotlash usulida yo’l qo‘yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab kilinadi. Rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birgalikda, bir-birini to‘ldirgan holda qo‘llaniladi.
Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar.
Tezisga aloqador qoidalar:
Tezis mantiqan aniq, va ravshan bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, isbotlash yoki rad etish o‘zining aniq predmetiga ega bo‘lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish bexuda ish xisoblanadi.
Tezis isbotlash yoki rad etishning boshidan oxirigacha o‘zgartirilmasligi kerak. Bu qoida buzilsa, “tezisni almashtirish”degan xato kelib chikadi.
Argumentlarga nisbatan koidalar:
Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin Xukmlar bulishi va bir-biriga zid bulmasligi lozim.
Argumentlar tezisni asoslash uchun etarli bulishi kerak.
Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan xukmlar bulishi lozim.
Isbotlash usulining qoidasi:
1.Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chikadigan xulosa bo‘lishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki rad etishda xulosa chikarish koidalariga rioya kilish zarur.
Isbotlash va rad etish koidalarining buzilishi mantikiy xatolarsh olib keladi. Bu xatoliklar uch turga bo‘linadi:
45 И.А. Каримов. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. “Мулоқот”, 1998, №5, 8-6.

1. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar:


Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida o‘zgarmasligi shart, degan qoidaning buzilishi tezisning almashtirilishiga sabab buladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshka tezis bilan almashtiriladi va bunda yangi tezis isbotlanadi yoki rad etiladi. Tezis mazmunining toraytirilishi yoki kengaytirilishi xam baxs jarayonida tezisning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, respublikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g‘oyaning ahamiyati tug‘risidagi tezisni isbotlash davomida umuman jamiyatga mafkura kerakmi yoki yo‘qmi, degan masalani isbot etishga harakat kilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis almashinadi.
Insonning shaxsiy sifatini bahona kilib tezisni almashtirish. Baxs jarayonida mavzudan chetga chikib, opponentning shaxsiy, ijtimoiy xayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari xususida fikr yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan, deb ta’kidlash tezisning almashinishiga sabab buladi. Bunday xatoga ataylab yul qo‘yiladi. Tinglovchilarning xis-tuyg‘ulariga ta’sir qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb kabul kilinishiga urinish xam tezisni almashtirish xisoblanadi.
Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning almashinishi. Fikr ortiqcha isbotlansa, berilgan tezis o‘rniga undan kuchlirok tezisni isbotlashga xarakat kilinadi. Agar A xodisadan V kelib chiksa, lekin V xodisadan A kelib chikmasa, unda A xodisani ifodalovchi tezis V xodisani ifodalovchi tezisdan kuchlirok, buladi. Masalan, “A shaxs birinchi bo‘lib janjalni boshlamagan” degan tezis (V) o‘rniga, “A shaxs umuman janjal bo‘lgan erda yuq edi” degan tezisni (A) isbotlashga xarakat kilinadi.
Ikkinchi tezisni isbotlab bulmaydi, chunki A shaxsning janjalda qatnashganligini ko‘rgan guvohlar bor.
Argument (asos)larga taalluqli xatolar:
Asoslarning xatoligi. Tezis isbotlanganda yoki rad etilganda xato argumentlarga chin deb asoslanish natijasida atashib yoki bilmasdan mantiqiy xatoga yul qo‘yiladi. Masalan, Qadimgi grek faylasufi Fales o‘z talimotini hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan, degan fikrga asoslanib yaratgan.
Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis isbotlanmagan argumentlarga asoslansa, bunday argumentlar tezisning chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi taxminlanadi, xolos.
“Aylanma isbot etish”deb nomlanuvchi xato. Tezisning chinligi argumentlar orqali, argumentlarning chinligi tezis orkali isbotlansa mantiqiy xatoga yul qo‘yiladi. Masalan, “So‘zning qudrati fikr bilan o‘lchanadi”, degan tezisni “Fikrning qudrati so‘z bilan o‘lchanadi”, deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo’l qo’yiladi.
Isbotlash usuli (demonstratsiya) bilan bog‘liq, xatolar.
1. “Yolgon (soxta) isbotlash”. Agar tezis uni isbotlash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasa, mantikiy xatoga yul kuyiladi. Bunda tezisga aloqador bo‘lmagan argumentlarga asoslaniladi. Masalan, “A shaxs yomon odam”, degan tezis “Tunda yomon odamlargina ko‘chada yuradi”, “A shaxs ko‘chada tunda yuribdi” degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan bo‘ladi. Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va baxs yuritish koidalariga amal kilish tafakkur madaniyatini yukori darajaga ko‘tarish imkonini beradi. Bilishning maqsadi qayd kilingan hodisalarning mohiyatini tushuntirishdan iborat. Buni hamma vakt ham mavjud tasavvurlar, prinsiplar yordamida amalga oshirib bulmaydi. Bilish jarayonida ma’lum bir ziddiyatlar, birinchi navbatda, mavjud bilimlarimizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini xal qilish zaruriyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo buladi. Bunday ziddiyatlar, ayniksa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni hal kilishda, fanda esa tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Mana shunday vaziyat, masalan, tabiatshunoslikda XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida radioaktivlik hodisasiiing kayd kilinishi, elektronning kashf etilishi, nurlanishning kvant xususiyatga egaligining asoslanishi va shu kabi kashfiyotlar natijasida vujudga kelgan. Uning mohiyatini tabiatshunoslikning, birinchi navbatda, fizikaning mavjud qonunlari va prinsiplarining yangi qayd kilingan xodisalarni tushuntirish uchun etarli emasligida, deb bilmok zarur.
Shuni ham aytish kerakki, ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan tarakkiyotining ichki ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi paytda fanda sinergetika g‘oyalari va metodlarini tushuntirish, matematikada aksiomatikaning imkoniyatlari va qo‘llanish sohalarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal qilish zaruriyati yangi vaziyatni yaratadi.
Bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari: muammo, gipoteza, nazariya
Muammo - javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va echish usuli noma’lum bulgan savoldir. SHuning uchun xam muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud bilimlarni qayta ishlash, ba’zi hollarda esa, xatto, ular doirasidan chetga chiqishni, yangicha echish usuli, metodlarini qidirishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surishni, uni muxokama kilishning xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz extiyojlari belgilab beradi.
Muammoni muvaffaqqiyatli hal qilishning zarur shartlaridan biri uni tug‘ ri qo‘yish va anik bayon kilishdan iborat. To‘g‘ri ko‘yilgan savol, V.Geyzenberg aytganidek, muammoni echishning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Muammoni to‘g‘ri quyish uchun muammoli vaziyatni aniq tasavvur kilishning o‘zi etarli emas. Buning uchun muammoni xal kilishning turli xil usullari va vositalarini xam oldindan ko‘ra bilish kerak. Gipoteza - o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim shaklidir. Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bo‘lish shakli sifatida olib qarash zarur. CHin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, masalalar haqidagi fikr-muloxazalar kuzatish, eksperiment natijalarini taxlil kilish va umumlashtirishga asoslangan bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud bo‘ladi. Masalan, Levkipp va Demokritning jismlarning atomlardan tashkil topganligi xakida bildirgan fikrlari dastlab gipotetik shaklda bulib, eng oddiy, kundalik tajribada minglab marta kuzatiladigan hodisalar: qattiq jismning suyuklikka aylanishi, hidning tarqalishi va shu kabilarni tahlil qilishga asoslangan, ularning sababini tushuntirishga qaratilgan. “Jismlar mayda, bo‘linmas zarrachalardan tashkil topmaganda bunday xodisalar bo‘lmas edi”, degan fikr o‘zining ma’lum bir mantiqiy kuchiga ega.
Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining qonuniyatlari xaqida bildirilgan asosli taxminga aytiladi. Bunga misol kilib neft kelib chiqishining organik va noorganik tabiati haqidagi gipotezalarni, yerda hayotning paydo bo‘lishi, ongning kelib chikishi, ijtimoiy profess haqidagi farazlarni ko‘rsatish mumkin. Juz’iy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va xodisalarning kelib chikishi, xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat.
Nazariya ma’lum bir predmet soxasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar yaratishga olib keladigan, shu soxadagi xodisalarni tushuntirish, oldindan kurish imkonini beradigan ishonchli bilimdan iborat.
Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy kismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga aloqador faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos: nazariyaning asosiy tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 3) nazariyaning mantikiy apparati: tushunchalarni xosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar).

ADABIYOTLAR:


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.:“O’zbekiston”, 2014. 24 b
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. - 488 b.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. - Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. - 104 b.
Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar.- T.: O’zbekiston 1996-2016.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. 2 nashr -T.:Ma’naviyat, 2016 176-b.
Sharipov M. Fayzixo’jayeva D. Mantiq. - T.: Unversitet, 2007. 214 b.
Xayrullaev M, Haqberdiev M. Mantiq. - T.: o’qituvchi, 1993.
Sharipov M. Fayzixo’jayeva D. Mantiq. O’quv qo’llanma, -T., 2004
Yüklə 62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin