Ariza (Zayavleniya)



Yüklə 45,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix26.12.2023
ölçüsü45,94 Kb.
#197767
1   2
Muxlisa4

Qayerga yoki kimga
 
Ariza yozuvchining turar joyi, 
lavozimi va telefo’n no’meri
Ariza
 
Ariza matni (mazmuni)
Ilova 
Sana (yil, kun, oy) 
Imzo 
I. Sh va familyasi 


Ariza asosan ko’lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon kilinadi. 
Mazmuni va usubiga kura arizalar bir hil emas: Bir necha suzdan iborat 
bulishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikning uylantirayotgan ijtimoiy 
masalarlar yuzasidan fikr mulohozalar bildirilgan hat tarzida bulishi ham 
mumkin. Shu nuktai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga 
jaratiladi. Murakkab ariza matni katta bulish bilan birga unga ilovalar 
kilinishi mumkin. 
Arizalar aksar hollarda shahsiy hususiyatga egadir. Shu bilan birga, 
hizmat arizalari ham buladi. Hizmat arizalari-fukarolar yoki 
tashkilotlarning uz hukuklarini amalga oshirish yoki manfaatlarini 
himoya kilish yuzasidan yozma ahborotlaridir. Davo arizalari anashunday 
arizalardandir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif 
mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda davo arizalarga nibatan kup 
kullaniladi. 


BILDIRSHINOMA, BILDIRISH 
Muayyan muassasa (tarkibiy kism) rahbariga hizmat faoliyati bilan alokalar 
muhim masalalar yuzasidan yoki yukori idora, mansabdor shahsga biron-bir vokea 
va hodisa hakida habardor kilish zarurati tugilganda takdim etiladigan mufassal 
yozma ahborot. Unda, odatda, bayon kilinayotgan masalalar buyicha tuzuvchi 
(yozuvchi)ning takliflari aks etadi.Kimga yullanishiga karab bildirishnoma ichki va 
tashki turlarga ajraladi. 
Ichki bildirishnoma
rahbar shahs yoki bulim mudiri 
nomiga yoziladi. U toza kogoz varagiga kulda yoki mashinkada yozilishi mumkin. 
Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. 
Tashki bildirishnoma

ya'ni rahbar tomonidan yukori idoraga yoki mansabdor shahsga yoziladigan 
bildirishnoma, odatda, hos ish kogoziga ikki nushada yoziladi. Hujjatning ikkinchi 
nushasi muassasaning uzida koldiriladi. Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan 
imzolanadi. 
Bildirishnomada tashabbus, ahborot va hisobot hususiyatiga ega. Bu 
hususiyatlar hujjat matni sarlavhasidayok uz aksini topadi. 
Tashabbus
bildirishnomasi
matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki anik takliflar 
ilgari surilib, rahbarni ularni hal kilishga undaydi (masalan, Navoiy nomidagi 
jamoa hujaligida mukofotlash nizomining buzilganligi hakida). 


Bildirishnomaning zaruriy kismlari: 
1. Bildirishnoma yo’llangan rahbarning lavozimi, ismi va otasining ismining bosh 
harflari hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi. 
2. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismining bosh 
harflari hamda chiqish kelishigidagi familiyasi. 
3. Matn sarlavhasi. 
4. Hujjat turining nomi (Bildirishnoma). 
5. Bildirishnoma matni (mazmuni). 
6. Qancha varaqligi ko’rsatilgan ilovalar ro’yhati (agar ilovalar bo’lsa). 
7. Bildirishlnma tayyorlovchi hodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs 
tomonidan tayyorlangan bo’lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi). 
8.Bildirishnoma takdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan 
bildirishnoma imzolanayotgan paytda ko’yiladi). 
Yukoridagilardan ko’rinib turibdiki, zaruriy kismlari va yozilish shakli jihatidan 
bildirishnomalar hizmat ma'lumotnoma (spravka)lariga yaqin turadi. Farqi shundaki, 
ma'lumotnomalarda asosan talab qilingan, so’ralgan voqea-hodisalalar hakidagina 
axborot beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalarni sanash bilan birga, ularni 
keltirib chikargan omilar tahlil qilinadi va tegishli hulosalar qilinib, takliflar aytiladi.


Soatsozlik zavodining direktori 
K.B.Karimovga zavod qaramog’idagi 
bolalar oromgohining boshligi 
L.Komilovadan 
BOLALAR OROMGOHI YOTOQ
BINOLARINING UMUMIY 
AHVOLI HAQIDA 
BILDIRISHNOMA
Sizning ko’rsatmangizga binoan, men tehnik-nazoratchi S.Bakirov bilan birgalikda shu yil 24 - 25 may 
kunlari zavod qaramog’idagi bolalar oromgohi yotoq binolarini tekshirib chikdim. 
Barcha yotoq binolari qoniqarli ahvoli. Birokq1-binoda deraza oynalarini o’rnatish, 2-binoni qisman 
bo’yash, 3-binoda esa eshiklarni ta'mirlash zarur deb hisoblayman 
Bolalar oromgohi 
Boshlig’i
L.Komilova 
(imzo) 
2012.05.24


 E'LON
Ko’pchilikni yoki ma'lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada (kelgusida) 
bo’ladigan biron - bir tadbir, majlis, uchrashuv, suxbat, shuningdek ishga, o’qishga 
qabul qilish va boshqalar haqida habardor qilish uchun qo’lanuvchi yozma axborat. 
E'lonning zaruriy qismlari: 
1. Nomi (E'lon). 
2. E'lon kilinayotgan tadbirning vakti, o’tkazilish joyi. 
3. Tadbirning mavzusini o’zida aks ettiruvchi matn.
4. Tadbir o’tkazuvchi nomi (odatda, bo’ladigan tadbirni e'lon kilayotgan tashkilot, 
organning nomi: «Ma'muriyat», «Kuzatuv kengashi», «Yozuvchilar uyushmasi», 
«Tashkiliy qo’mita», tarzida belgiladi). 
E'lon mavzusiga va undan ko’zlangan maqsadga ko’ra turli shakllarda bo’lishi 
mumkin


E'LON 
Shu yil 25 iyul soat 15.00 da UzRFA Til va adabiyot institutining majlislar 
zalida instiut kasaba uyushmasi qo’mitasining hisobot-saylov yig’ilishi bo’ladi. 
Kun tartibi:
Kasaba uyushmasi qo’mitasining xisoboti. 
Taftish komissiyaning xisoboti. 
Kasaba uyushmasi qo’mitasining yangi tarkibini saylash.


VASIYATNOMA 
Vasiyatnoma bir shaxsning (vasiyat qiluvchining), u vafot kilgan takdirda, 
o’ziga qarashli bo’lgan mol-mulkni tasarruf etish buyicha hohish-irodasi bayon 
qilingan hujjatdir. U muayyan andoza bo’yicha tuzilishi, belgilangan talablarga 
(vasiyat qiluvchining huquqiy muomala layoqati, farmoyishning qonuniyligi, 
vasiyat qiluvchi tomonidan o’zining so’nggi hohish-irodasini bayon qilish 
erkinligi) javob berishi kerak. 
Vasiyatnoma bo’yicha har qanday shaxs (jumladan, qonunda belgilangan 
merosxo’rlar doirasiga kirmaydigan shaxslar ham), shuningdek davlat, jamoat, 
kooperativ tashkilotlari merosxo’r bo’lishi mumkin. Vasiyat qiluvchi o’z mol-
mulkini (uning bir qismini) bir yoki bir necha merosxo’rga, shu bilan birga, 
yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish idoralariga 
vasiyat qilish xuquqiga ega. U, shuningdek, vasiyatnomada o’limidan so’ng uni 
kaysi kabristonga ko’mish, yodgorlik ko’yish yoki ko’ymaslik, qanday 
marosimlar o’tkazish xakida va shunga o’xshash farmoyishlar berish huquqiga 
ega. 
Vasiyat qiluvchi yoki meros qoldiruvchi vasiyatnoma tuzilganidan keyin uni 
istagan paytda bekor qilish va o’zgartirish borasida erkin bo’lib, bunda u bekor 
qilish yoki o’zgartirish sabablarini ko’rsatishga majbur emas. 


Uzbekiston Respublikasi Fukarolik kodeksining 1124-1133-moddalarida vasiyatnoma, 
uning shakli va yozilishi uslubi, turlari, uni bekor qilish va o’zgartirish, vasiyatnoma bilan boglik 
boshqa holatlar batafsil ko’rsatib berilgan. 
Vasiyatnoma, odatda, yozilgan joyi va vaqti ko’rsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi 
lozim. Quyidagi vasiyatnomalar yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi:
a) notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar;
b) notarial tasdiklangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar. 
Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o’z ko’li bilan imzolanishi kerak. agar 
vasiyat qiluvchi biron-bir jismoniy nuksoni, kasalligi yoki savodsizligi yoki biror sabab tufayli 
vasiyatnoma o’z ko’li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan, notarius yoki qonunga 
muvofik vasiyatnomani tasdiqlaydigan boshqa shaxs hozir bo’lganida, vasiyat -qiluvchi o’z ko’li 
bilan imzolay olmaganligining sabablari kursatilgan holda, vasiyatnomaga boshka shahs imzo 
qo’yishi mumkin. Lekin notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaxs, vasiyatnomadan 
manfaatdor shaxslar va ularning oila a'zolari, vasiyat kiluvchining qonuniy merosxo’rlari, to’liq 
muomala layoqatiga ega bo’lmagan fuqarolar, vasiyatnomani o’kiy olmaydigan boshqa shaxslar, 
yolg’on guvohlik bergani uchun ilgari sudlangan shahslar vasiyatnomaga imzo kuyishi mumkin 
emas. 
Notarial tasdiklangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan yozilgan yoki uning 
so’zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo’lishi kerak. Vasiyatnomani keyingi holatda 
yozib olish paytida umumiy qabul qilingan texnika vositalaridan (yozuv mashinkasi, shaxsiy 
kompiyuter va hokazodan) foydalanish mumkin. 


Vasiyat qiluvchining so’zlaridan notarius tomonidan yozib 
olingan vasiyatnomani imzolashdan vasiyat qiluvchi uning matnini 
notarius oldida to’lik o’kib chiqishi lozim. agar vasiyat qiluvchi 
ayrim ob'ektiv sabablarga ko’ra vasiyatnomani shaxsan o’kiy 
olmasa, uning matni vasiyat qiluvchiga notarius tomonidan o’kib 
eshittiriladi, bu holat vasiyatnomada tegishlicha qayd etiladi. 
Vasiyat qiluvchining hohishiga ko’ra, vasiyatnoma notaruis 
tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan (mahfiy 
vasiyatnoma) tasdiqlanadi. Mahfiy vasiyatnomani vasiyat qiluvchi 
xaqiqiy sanalmaslik havfi (ehtimoli) borligidan o’z ko’li bilan 
yozishi va imzolashi kerak. Vasiyatnoma ikki guvoh va notarius 
ishtirokida hatjildga solinib, hatjild yelimlanishi lozim. Guvohlar, 
to’lik ismi shariflari va doimiy turar joylarini ko’rsatgan holda, 
hatjildga imzo qo’yadilar. Ushbu hatjild mazkur odamlar ishtirokida 
boshka hatjildga solinadi va bu hatljild ham yelimlanib, notarius 
unga tasdiqlash usthatini yozib ko’yadi. 


Yüklə 45,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin