Arm haqida



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.09.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#147309
  1   2
arm-haqida (2)



ARM haqida
ARM direktori:
Kuzieva To’xtaxon Abdurashidovna
⌚ Qabul kunlari: Har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 09:00 dan 16:00 gacha.
☎ Telefon:71 230 28 58
e-mail:
Axborot-resurs markazi haqida:


O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish
to’g’risida”gi (2012 yil, 4 iyun, PQ-1771) qarori asosida institut Axborot-resurs markazi o’z ish faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda kutubxona tarmog’ini tashkil qilishda zamon talablarini hisobga olgan holda, o’sib kelayotgan yosh avlodning intelliktual ehtiyojlarini qondirishga shu
bilan birga aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun kerakli bo’lgan sharoitlarni yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2006- yil 20-iyundagi PQ-381-sonli qarori va Oliy ta’lim vazirligining 2006-yil 29-dekabrdagi 295-sonli buyrug’iga asosan Axborot-resurs markaziga aylantirildi. 2011-
yil 23-fevral “2011-2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot kutubxona va axborot-resurs хizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 1487-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-aprel “Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida”gi O’PQ-280-sonli qonuni va 2019
yil 7 iyundagi PQ-4354 sonli O’zbekistin Respublikasi Prezidentining “O’zbekistin Respublikasi aholisiga Axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada
takomillashtirish” to’g’risidagi qarorlari asosida ishlar olib borilmoqda.ARM fondi 14302 nomda, 87361 nusxadagi adabiyotlardan iborat. Kitobxonlarimiz 2032 ta,
o‘rtacha kitob o‘qilishi 92%, kitob bilan ta’minlanish 84%, qatnov 96% ni tashkil etаdi.Vaqtli matbuot nashrlari uchun ham salmoqli darajada obuna tashkil qilindi.
Jami 34 nomda 157 nusxada gazeta-jurnalga obuna qilingan bo‘lsa, shundan 18 nomda 133ta gazeta, 16 nomda 24ta jurnal, Jami vaqtli matbuot nashrlari uchun 17502425 so‘m
mablag’ ajratildi.Vaqtli matbuot nashrlari uchun ham salmoqli darajada obuna tashkil qilindi. Jami 34 nomda 157 nusxada gazeta-jurnalga obuna qilingan bo‘lsa, shundan
18 nomda 133ta gazeta, 16 nomda 24ta jurnallardan iborat.
Axborot-resurs markazining moddiy-texnik bazasi qoniqarli ahvolda. Axborot-resurs markazi 17 ta kompyuter, 5 ta skaner, 5 ta printer va 5 ta nusxa ko’chiruvchi texnik
jihozlar bilan ta’minlangan. Ichki tarmoq mavjud va institut tarmog’iga hamda Internetga ulangan. Kitobxonlar muntazam ravishda internetdan foydalangan holda
respublikaning barcha OTMning ARMlaridan, institutimiz ARMining elektron katalogidan adabiyotlar qidirib topishlari va elektron resurslardan foydalanishlari mumkin.
Axborot-elektron resurslar bo’limida disklar (mavzuli, EBSCO), institutimiz professor-o‘qituvchilarining o‘quv qo‘llanmalari, dasrliklar, o’quv-uslubiy majmualari,
maqolalar va boshqa materiallari mavjud. “Ziyonet” tarmog’idan madaniyat va san’at sohasiga doir adabiyotlarning elektron nusxalari muntazam ravishda ko’chirib
olinmoqda.
ARMda ARMAT dasturi asosida kutubxona-axborot tizimi tashkil etilgan. ARM fondining elektron katalogi yaratilmoqda. Boshqa ARMlardan farqli ravishda ARM fondini
tashkil etuvchi barcha retroadabiyotlarning ham yangi adabiyotlar bilan bir qatorda bibliografik ma’lumotlari katalogga kiritilmoqda. Har bir kitobga annotatsiya, 3
tadan kalitli so‘z ham berib borilyapti. “ARM chitatel” bo‘yicha kitobxonlar haqidagi ma’lumotlar kompyuterga kiritilmoqda. Kitobxonlar ARM fondida mavjud bo‘lmagan
adabiyot haqidagi ma’lumotlarni boshqa ARMlarning EK dan topishlari mumkin.Elektron resurslar bo`limda foydalanashuvchilar uchun adabiyotlarning tulik matnlari ham
yaratilgan. Foydalanuvchilar ARMda mavjud adabiyotlarni qidirib topishda elektron hamda an`anaviy katalogdan foydalanishadi.
Institut ARM Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi ARMlar hamda barcha kollej va litseylarning ARM xodimlariga ARM ishi bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam
ko‘rsatib kelmoqda. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasi, “Turon” nomli Toshkent viloyat Axborot kutubxona markazi, Respublika Bolalar
kutubxonasi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Muntazam ravishda yangi adabiyotlar haqida ma’lumotni bibliografiya bo‘limi tomonidan har chorakda nashr qilinadigan
«Axborot bulleteni» orqali professor-o‘qituvchilarni institutimiz ilmiy kengashida va fakultetlar kengashida tanishtirib boriladi.
ARM institutning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, xotin-qizlar kengashi hamda kafedralar bilan hamkorlikda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib keladi. Jumladan,
“Dramaturg+” to’garagi bilan soxa mutaxassislariga oid mashxur shaxslar bilan ijodiy uchrashuvlar, muhim va unutilmas sanalarga bag’ishlan tadbirlar va kitob
ko’rgazmalari tashkil etib boriladi.
Institutimiz аxborot-resurs markazida 10 ta malakali mutaxassis kadr faoliyat yuritadi. Ular ARM fondini boyitish, institut professor–o‘qituvchilariga va talabalariga
axborot–bibliografiya xizmati ko‘rsatish, elektron katalogdan adabiyotlar qidirish yo‘llari haqida talabalarga yordam beradilar, har bir kitobxonlar bilan yakka va
ommaviy ishlarni olib boradilar.
ARM o‘z ish faoliyatini Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi, Madaniyat Vazirligining ARM ishiga oid farmonlari, qaror va
ko‘rsatmalari, me’yoriy hujjatlari, ARM Nizomi asosida ish olib boradi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin