Armatura po‘latlarining sinflarga bo‘linishi Bajardi: 116-19-guruh


Вг-I sovuqlayin cho'zilgan (oddiy davriy profilli)



Yüklə 9,39 Kb.
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü9,39 Kb.
#179828
1   2   3   4
Armatura po‘latlarining sinflarga bo‘linishi-hozir.org

Вг-I sovuqlayin cho'zilgan (oddiy davriy profilli);

В-I tekis sirtli;

B-II yuqori darajada mustahkam (tekis);

Br-II yuqori darajada mustahkam (davriy profilli);

К-7 , K-19 (V -II sinfli simdan to'qilgan sim arqon-kanat).

Oddiy armatura sifatida А-I, A-II, A-III va Br-I, В-I sinfli armaturalardan foydalaniladi. Zo'riqtirilgan armatura sifatida esa A-IV , A-V , A-VI, AT-V, АT-VI, Br-II, B-II va K-7 , K-19 sinfli armaturalar ishlatiladi.

Agar sterjenli armatura kuchlanish ostida zanglashga (korroziya)ga nisbatan o'ta tuig'un bo'lsa, uning sinfiy belgisiga «K» harfi qo'shiladi (masalan, Aj-IV K ), agar payvand moyil bo'lsa, «С» harfi qo'shiladi (o'tda toblangan arm aturalar uchun: masalan, AT-IV C ). Agar armaturada har ikkala xususiyat mavjud bo'lsa, unda «СК» harflari qo'shiladi (masalan, AT-V CK ).

Temirbeton konstruksiyalarida davriy profilli sterjenli armaturalar keng qo'llaniladi (1.10-a, b rasm). Armatura sirtining davriy profilli shakli (ya'ni uning g'adir-budurligi) uning beton bilan yopishuvini yanada oshiradi, bu esa, o'z navbatida, beton cho'zilishga ishlaganida yoriqlaming kengayishini kamaytiradi, armaturani betondagi mahkamlashi bo'yicha maxsus choralar ko'rishdan xalos etadi.

Armaturalarning fizik-mexanik xossalari

Armaturalarning fizik-mexanik xossalari po'latning kimyoviy tarkibi, ishlab chiqarish va ishlov berish usullariga bog'liq. А -I, AII, A -III sinfli yumshoq po'latlarda uglerod 0 ,2 —0 ,4 foizni tashkil etadi. Uglerodning miqdori oshirilsa, po'latning mustahkamligi ortib, qayishqoqligi va payvandlanuvchanligi karnayadi. Agar po'lat tarkibiga marganes va xrom qo'shilsa, uning qayishqoqligi kamaygan holda mustahkamligi ortadi; kremniy qo'shilsa, po'latning mustahkamligi ortib, payvandlanuvchanligi yomonlashadi.

Armatura po'latining cho'zilishdagi xarakterli diagrammalari.

Po'latning mustahkamligini qizdirib toblash yoki oddiy cho'zish yo'li bilan oshirsa ham bo'ladi. Po'latni qizdirish yo'li bilan toblaganda 800—900°C ga qadar qizdiriladi, so'ngra keskin sovutiladi; keyin yana 300—400°C ga qadar qizdirib, asta sovutiladi. Buning natijasida po'lat armaturaning mustahkamligi ortadi.


Po'lat armaturani 3—5 % ga cho'zilsa, uning ichki kristall tuzilishi ma'lum darajada o'zgaradi, bu o'zgarish armatura mustahkamligini oshiradi. Armatura qayta cho'zilsa, cho'zilish diagrammasi boshlang'ich diagrammadan farq qiladi

Yüklə 9,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin