Array119: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massivning har bir seriyasiga bir element qo’shuvchi programma tuzilsin. (Arrayl 16 ga qarang)
Array120: n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan. Massivning kamida 1 ta seriyasi uzunligi birdan katta. Massivning har bir seriyasini bir elementga kamaytiruvchi programma tuzilsin. (Arrayl 16 ga qarang)
Array121: n ta elementdan tashkil topgan massiv va K butun soni berilgan (K > 0). Massivning K - seriyasi uzunligini 2 marta oshiruvchi programma tuzilsin. Agar massivdagi seriyalar soni K dan kam bo’lsa, massiv o’zgarishsiz qoldirilsin. (Arrayl 16 ga qarang)
Array122: n ta elementdan tashkil topgan massiv va K butun soni berilgan (K > 0). Massivning K - seriyasini o’chiruvchi programma tuzilsin. Agar massivdagi seriyalar soni K dan kam bo’lsa, massiv o’zgarishsiz qoldirilsin. (Arrayl 16 ga qarang)
Array123: n ta elementdan tashkil topgan massiv va K butun soni berilgan (K > 1). Massivning K - seriyasi bilan birinchi seriyasi o’rnini almashtiruvchi programma tuzilsin. Agar massivdagi seriyalar soni K dan kam bo’lsa, massiv o’zgarishsiz qoldirilsin. (Array116 ga qarang)
Array124: n ta elementdan tashkil topgan massiv va K butun soni berilgan (K > 0). Massivning K - seriyasi bilan oxirgii seriyasi o’mini almashtiruvchi programma tuzilsin. Agar massivdagi seriyalar soni K dan kam bo’lsa, massiv o’zgarishsiz qoldirilsin. (Array116 ga qarang)
Array125: nta elementdan tashkil topgan massiv va K butun soni berilgan (K> 1). Uzunligi K dan kichik bo’lgan seriyalarni qiymati nol bo'lgan bitta elementga almashtiruvchi programma tuzilsin. (Array116 ga qarang)
Array126: n ta elementdan tashkil topgan massiv va K butun soni berilgan (K > 1). Uzunligi K ga teng bo’lgan seriyalarni qiymati nol bo'lgan bitta elementga almashtiruvchi programma tuzilsin. (Array116 ga qarang)
Array127: n ta elementdan tashkil topgan massiv va K butun soni berilgan (K > 1). Uzunligi K dan katta bo’lgan seriyalarni qiymati nol bo'lgan bitta elementga almashtiruvchi programma tuzilsin. (Array116 ga qarang)