Mavzu: Ma‘lumotlar bazasi, ularni tuzish, saqlash va kayta ishlash. Ma‘lumotlar bazasining grafik tasviri
Reja: Ma‘lumotlar bazasi
Boshqaruvning informattsion tizimi
Avtomatlashtirilgan ma‘lumotlar banklaridan foydalanish
Ma‘lumotlarni bankining vazifalari
Tayanch iboralar:Ma‘lumot, ma‘lumotlar bazasi, rejali ma‘lumot, ma‘lumotlar bazasini boshqarish, operativ (tezkor) hisobot, mashina-server, axborotlar bazasi integratsiyasi, interaktiv rejim, fayl server
Ma‘lumotlar bazasi Ma‘lumotlar bazasi kaytarilmaydigan ma‘lumotlarning yaxlitlangan jamlamasi sanaladi. Uning asosida mazkur sohaning barcha masalalari xal etiladi. Ma‘lumotlar bazasida ko’p kirrali kirish va aynan bir xil ma‘lumotlardan turli mijozlar foydalanish imkoni mavjud.
Tashkil etiladigan Ma‘lumotlar bazasi tuzilmasi predmet sohasi ma‘lumotlarining axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim. Ma‘lumotlar bazasidagi mantiqiy o’zaro bogliklik ma‘lumotlar modeli namunasiga muvofik tashkil etiladi.
Me‘yoriy-ma‘lumotnomaliva boshqa ma‘lumotlar koida bo’yicha alohida massivlarda joylashtiriladi. Bu massivlarni yuzaga keltirish va yuritish texnologiyasi uz xususiyatiga ega. Mazkur massivlar Ma‘lumotlar bazasining boshlangich yo’qlanish bosqichida tashkil etiladi.
Operativ (tezkor) hisobot ma‘lumotlari ma‘lumotlar bazasiga vazifalarni yechish tartibi muvofik kiritiladi. Ma‘lum bir hisob-kitob kilingach (masalan, omborxonada kolgan tovarlarni hisob-kitob qilish), tuplangan tezkor hisobot ma‘lumotlari yo’q kilinadi yoki arxivda saqlanadi.
Ma‘lumotlar bazasini nisbatan samarali tashkil etish bu - ma‘lumotlar bazasida mantiqan o’zaro bog’langan to’plamlarini tashkil etishdir (1-rasm).