Art menejmentni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix30.04.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#56734
1   2   3   4
art-menejmentni-rivojlantirishda-zamonaviy-yondashuvlarning-ahamiyati

Keywords:  art  management,  culture,  market  economy,  need,  manager, 

institution, production, trade. 

 

San’atda  menejmentni  “madaniy  ehtiyoj”  atamasi  bilan  bogʻlashadi.  Insonning 



har  qanday  ijodiy  faoliyatining  ijobiy  motivatsiyasi,  ya’ni  biror  narsaning 

yetishmovchiligini  bartaraf  etishga  qaratilgan  zaruriyat his  tuygʻusining  shakllanishi 

natijasidir.  Madaniy  ehtiyojlar  insonni  boshqa  tirik  mavjudotlardan  ajratuvchi 

omillardan  biri  hisoblanadi.  Ular  yordamida  inson  shaxs  sifatida  jamiyatda  ajralib 

turadi  va  kamol  topadi.  Gʻoya  ham  oʻqish,  izlanish  va  koʻnikmaning  rivojlanishi 

orqali kreativlik tusini oladi. 

San’at  estetik  ehtiyojni  qondiruvchi  vositadir.  Estetik  ehtiyoj  tomoshabinning 

madaniy  hordiq olishiga,  boʻsh  vaqtini  mazmunli oʻtkazishiga  intilishidir. Kundalik 

hayotda goʻzallikka bоʻlgan ehtiyoj insonning yashash muhiti (xonadoni, ish joyi) va 

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021

ISSN 2181-063X

65

http://oac.dsmi-qf.uz/




оʻzini  bezatishi  kabi  harakatlar  odamzodning  azaldan  san’at  oshiftasi  boʻlib 

kelganidan darak beradi. 

Ijodiy  jarayon  va  madaniy  boyliklarni  yaratish,  hamda  jamiyat  madaniy 

ehtiyojlarini  qondiruvchi  ijodiy  gʻoyalarni  amalga  oshirish,  tomoshabinga  kreativ 

gʻoya  asosida  tashkil  etilgan  asarlarni  taqdim  etishda  san’at  menejmentining  оʻrni 

juda katta. 



San’at  menejmenti  -  bu  zamonaviy  menejment  va  san’atshunoslikning  tarkibiy 

qismi  hisoblanib,  madaniy  va  ijodiy  jarayon  uchun  sharoit  yaratuvchi  tizim  sifatida 

san’atni  idrok  etishdan  kelib  chiqadi  va  jamiyatning  madaniy  hayot  darajasini 

oshirish  maqsadida  insonlarning  madaniyat  va  san’at  sohasidagi  mehnat  natijalari 

bilan muvofiqlashtirishga qaratilgan faoliyat sifatida nazarda tutiladi [1: 11]. 

San’at  menejmentining  negizini  zamonaviy  menejment  tashkil  qiladi.  Boshqa 

sohalardagi  kabi  san’at  sohasining  boshqaruvida  ham  menejmentning  rejalashtirish, 

tashkil  qilish,  boshqarish  (liderlik)  va  nazorat  qilish  funksiyalari  qоʻllaniladi,  ushbu 

soha  menejerlari  kоʻplab  monand  vazifalarni  bajarishda  barcha  boshqaruv 

kоʻnikmalardan foydalanadilar. San’at menejmentining mohiyatini anglashda avvalo 

menejmentning nazariy asoslarini оʻzlashtirish talab qilinadi. 

Menejment  -  bu  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  aniq  korxona  va  tashkilotlarni 

boshqarishdir. Boshqarish koʻproq keng ma’noda qoʻllaniladi. 



Menejment  -  bu  tashkiliy  resurslarni  rejalashtirish, tashkil  qilish, boshqarish va 

nazorat  qilish  orqali  tashkilot  (ya’ni  korxona,  muassasa,  firma,  jamiyat  va  h.k.) 

maqsadlariga samarali va unumli erishishdir [2: 139].

 

Menejment  fani  -  bu  boshqaruvchiga  tanlovni  to‘gʻri  amalga  oshirishni  va 

ishchan  qarorni  qabul  qilishni  o‘rgatuvchi  fandir.  Uning  asosiy  maqsadi  bozor 

munosabatlari  sharoitida  barcha  bo‘gʻinlarda  ishlay  oladigan  yuqori  malakali 

boshqaruvchilarni  tayyorlashdan  iborat.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  bu  fan 

quyidagilarni o‘rganadi: 

▪  boshqarish nazariyasi va amaliyoti; 

▪  boshqarish obyekti va subyekti; 

▪  boshqarish tamoyillari va usullari; 

▪  boshqarish madaniyati; 

▪  menejer va uning fazilatlari; 

▪  menejer reytingi; 

▪  boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; 

▪  boshqarish funksiyalari; 

▪  xodimlarni boshqarish; 

▪  ishlab chiqarishni boshqarish; 

▪  samaradorlikni boshqarish; 

▪  o‘z-o‘zini boshqarish; 

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021

ISSN 2181-063X

66

http://oac.dsmi-qf.uz/




▪  hududiy boshqarish va hokazolar. 

Ko‘rib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti 

orasidagi  o‘zaro  munosabat  bo‘lib,  uning  asosiy  vazifasi  o‘quvchilarga 

boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgatishdan iborat. 

Fanni  o‘qitish  talabalarda  boshqarish  muammolariga  nisbatan  qiziqishni 

uygʻotish,  amaliy  va  ijodiy  tashkilotchilik  faoliyatiga  ishtiyoq  tugʻdirishdan  iborat. 

Chunki,  hozir  boshqarish  asoslarini  o‘rganayotgan  talabalar  kelgusida  boshqarish 

tizimining  xodimlari,  kichik  va  o‘rta,  katta  jamoalarning  rahbarlari,  korxona  va 

firmalar iqtisodiy, sotsial, tashkiliy - texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish 

bo‘yicha  loyihalar,  tadbirlar  ishlab  chiqishga  da’vat  etilgan  mutaxassislar  bo‘lib 

etishadilar [3: 267]. 

Ijodiy  jarayon  va  madaniy  boyliklarni  ishlab  chiqarish  hamda  ularni  jamiyatda 

idrok  etishni  targʻib  etish  uchun  sharoit  yaratish  san’at  menejeri  faoliyatining  asosi 

hisoblanadi. 



Menejer - bu maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-

qoidalarini  puxta  egallagan  malakali  mutaxassisdir.  Menejer  -  bu  yollanma 

boshqaruvchi boʻlib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub boʻladi. 

Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga 

ega  boʻlgan  boshqaruvchi,  direktor,  rahbar,  mudir,  maʼmuriy  boshqaruvchilar 

menejerlar deb yuritiladi [4: 99]. 

San’at menejerining faoliyati quyidagilarni qamrab oladi: 

-  ijodiy jarayonni (gʻoyalar beruvchi, ssenariy yozuvchi va h.k.) tashkil etuvchi 

tadbirkor menejeri; 

-  badiiy asarlarni yaratishni tashkil etuvchi menejer tashkilotchi; 

-  madaniy  mahsulotlar  tarqatishni  tashkil  etuvchi  va  vositachilik  xizmatlarini 

koʻrsatuvchi  savdo  boʻyicha  menejer  (koʻrgazmalar,  gastrollar,  kitob,  disk,  ijod 

mahsulotining savdosi) 

-  madaniyat  va  san’atni  ommalashtirishni  tashkil  etuvchi,  madaniy  jarayonni 

jamiyat  tomonidan  qabul  qilishga  yordam  beruvchi  marketing  sohasi  boʻyicha 

menejer (axborot, reklama); 

-  madaniy  boyliklarni  tiklash,  ularni  asrash  va  ommaga  taqdim  etish  dasturi 

boʻyicha menejer. 

Bugungi kun menejeri axborot va kommunikatsiya harakatini an’anaviy vertikal 

aloqada  emas,  balki  gorizontal  yoʻnalishda  ta’minlamoqda.  Bu  esa  oʻz  navbatida 

tashqi  muhit  oʻzgarishlariga  tashkilotning  javoban  harakatini  tezlashtiradi. 

Iyerarxiyaning  gorizontal  yoʻnalishida  faoliyat  yurituvchi  loyiha  menejerlari, 

funksional va bosh menejerlar zamonaviy biznesning talabiga aylanmoqda. 

San’at menejmentida ham erkak va ayol menejerlar faoliyat koʻrsatadi. Ularning 

qobiliyatlari  va  bajaradigan  vazifalarini  oʻrganish  jarayonlari  bir  qator  olim  va 

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021

ISSN 2181-063X

67

http://oac.dsmi-qf.uz/




olimalar  tomonidan  ilmiy  tadqiqotlar  olib  borilgan.  Ulardan  biri  tadqiqotchi  olima 

F.Denmark katta hajmdagi tadqiqotlari asosida shunday xulosaga keldiki, boshqaruv 

sohalarida muvaffaqiyatga erishishda sezilarli jinsiy tafovutlar kuzatilmas ekan. Ayol 

va erkak menejerlarning boshqaruv faoliyatidagi farq shundan iborat ekanki, ayollar 

jamoadagi  insoniy  munosabatlarga  koʻproq  e’tibor  beradilar.  Erkak  va  ayol 

menejerlarga xos jinsiy psixologik farqning boʻlishi tabiiy, lekin jamoa oldida turgan 

vazifani bajarish, koʻzlangan maqsadga erishish borasida jinsiy tafovut kuzatilmaydi 

[5: 16-17-b.]. 

San’at menejmentning iqtisodiy vazifalariga esa quyidagilar kiradi: 

•  bozor  iqtisodiyotining  madaniy  siyosatidan  kelib  chiquvchi  madaniy  hayot 

tizimi (modeli)ni vujudga keltirish; 

•  madaniyat taraqqiyotini rejalashtirish; 

•  san’at sohasidagi tarmoq tizimlarini yaratish; 

•  san’at  sohasidagi  tashkilotlar  faoliyatining  samaradorligini  doimiy  nazorat 

etish; 

•  xodimlar faoliyatini ragʻbatlantirish; 

•  yangi san’at bozorlarini izlash va egallash; 

•  san’at sohasida xalqaro hamkorlik shakl va modellarini yaratish. 

Zamonaviy  menejment  tarkibiy  qismi  sifatida  san’at  menejmenti  oʻz  oldiga 

quyidagi vazifalarni qoʻyadi: 

▪  san’at tashkilotining rivojlantirish maqsadlarini aniqlash; 

▪  uning strategiyasini ishlab chiqish; 

▪  muammolarni yechish uchun tadbirlar tizimini ishlab chiqish; 

▪  vazifalarning bajarilishini nazorat qilish. 

Bugungi kunda san’at menejmenti madaniy qadriyatlarni tanlash, saqlash, ishlab 

chiqarish va tarqatish jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan funksional faoliyat turlaridan 

biri  sifatida  qaraladi.  San’at  menejmenti,  shuningdek,  madaniy  xizmatlar  bozori 

mahsulotini ishlab chiqarishni boshqarish jarayoni boʻlib, u ushbu ishlab chiqarishda 

ishtirok  etadigan  odamlarni  tashkil  etish  orqali  boshqaruvning  barcha  tarkibiy 

elementlarini  (rejalashtirish,  tashkil  etish,  motivatsiya,  nazorat)  oʻz  ichiga  oladi. 

Aytishimiz  mumkinki,  san’at  menejmenti  klassik  menejmentga  xos  boʻlgan 

boshqaruv uslublari yigʻindisi va umuman badiiy mahsulotlarni yaratish va tarqatish 

jarayonini  oʻz  ichiga  olgan  san’at  sohasidagi boshqaruv  faoliyatining  alohida turidir 

[6: 93]. 

Yurtimizda  madaniyat  va  san’at  sohasi  muhtaram  Prezidentimiz  ilgari 

surayotgan 

Taraqqiyot 

strategiyasida 

boshqaruv 

mexanizmlarini 

nazariy 

umumlashtirish  va  ilmiy  tahlil  qilishni  taqozo  etayotganligini  inobatga  oladigan 

boʻlsak, san’at  menejmentning oʻrni va  ahamiyatini  oʻrganish  dolzarb boʻlib  qoladi. 

Bu shuni anglatadiki, ijtimoiy-madaniy faoliyatda professional, toʻgʻri boshqaruv va 

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021

ISSN 2181-063X

68

http://oac.dsmi-qf.uz/




tartibga  solinmasdan  hech  qanday  tarzda  muvaffaqiyatli  rivojlana  olmaydi,  bu  esa 

madaniyat  va  san’at  oliygohlarida  talabalar  tayyorlashning  yangi  usullarini  va  eng 

samarali oʻqitish texnologiyalarini ishlab chiqishni talab qiladi. 

Rossiyalik  tadqiqotchi  G.N.Novikova  ta’kidlaganidek:  bugungi  kunda  san’at 

menejmenti  madaniyat  va  san’at  sohasidagi  tijorat  faoliyatining  eng  dolzarb 

yoʻnalishlaridan biridir [7: 13]. 

Ishlab  chiqarishda  uning  samarasini  texnika  va  texnologiya,  unumdorlik  va 

rentabellik aniqlasada, san’atda tashkilot faoliyati mohiyatinining har bir xodimining 

ijodiy  qobiliyati,  iste’dodi  va  gʻoyalari  tashkil  qiladi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda, 

notijorat tashkilotlarda personalni boshqarish ishlab chiqarish jarayoni boshqaruvidan 

ahamiyatlidir. San’at muassasida personalni boshqarish san’at mahsulotining sifati va 

tarqatish masshtabini aniqlaydi. 

Muassasa  rahbari  resurslardan  oqilona  foydalanish  masalasi  yechimining  eng 

optimal  variantini  qabul  qilishi  lozim.  Mehnat  resurslari  muassasaning  eng  muhim 

resursi  boʻlib,  uni  ijodkor  xodimlar  tashkil  qiladi.  Ularni  boshqarishda  motivatsiya 

alohida ahamiyatga ega. 

Xodimlarni  tanlash  va  ishga  qabul  qilish  jarayoni  san’at  muassasasida  boshqa 

tashkilotlarga  qaraganda  murakkabroq  kechadi,  chunki  buning  uchun  ma’lum 

obyektiv  oʻlchovlar  mavjud  emas.  San’at  muassasasida  ishga  qabul  qilish  tanlov 

asosida  yoki  mehnat  bozorida  monitoring  bilan  shugʻullanuvchi  maxsus  boʻlimlar 

orqali amalga oshirilishi mumkin. 

Ishga  qabul  qilingan  xodimni  muassasa  foaliyati  konsepsiyasiga  va  mehnat 

usuliga koʻniktirish bu  rahbarning keyingi  vazifasidir. Opera teatri  yoki  muzey kabi 

yirik  kompleksli  muassasa  haqida  gap  borsa,  bu  vazifa  ancha  murakkab  boʻlishi 

mumkin, chunki misol uchun shuhratparaslik kabi nozik masalalar e’tiborga olinishi 

kerak. Har bir xodimning maksimal darajada oʻz qobliyatini namoyon eta olish uchun 

sharoitlar yaratib berish va shu bilan birga mehnatga motivlashtirishning eng yuqori 

pogʻonasiga erishish ham personal boshqaruvning muhim vazifalaridan biridir. 

Art  menejment  motivatsion  muammolarga  ancha  sezgir  boʻlib  kadrlarning 

bazaviy  joylashtirish  motivatsiyaga  toʻgʻridan  toʻgʻri  ta’sir  etadi.  Bu  esa  natijada 

ijodiy  jarayon  samarodorligini  aniqlaydi,  shuning  uchun  motivatsion  jarayoninini 

dasturlash murakkab va strategik jihatdan muhim masalalardan biri hisoblanadi. 

Yaponiyalik  tadqiqotchi  T.  Kono  ma’lumotiga  koʻra,  oddiy  yapon  menejeri, 

albatta,  muhandislik  mutaxassisligi  yoki  ijtimoiy  fanlar  boʻyicha  universitet 

diplomiga  ega boʻlishi shart. Koʻp hollarda  menejerlar  ikki mutaxassislik  diplomiga 

ega  boʻlsa,  bir  qator  yetakchi  biznesmenlar  va  yirik  rahbarlarning  biografik  tahlili 

ularning yuqori ma’lumotga ega ekanliklaridan dalolat beradi [8: 17]. 

San’at  sohasidagi  menejment  mutaxassislaridan  biri  Djilian  Xenberi  Pul 

menejerlarga  quyidagi  yoʻl-yoʻriqlarni  bergan:  “Tashkilotda  kerakli  ma’naviy  muhit 

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021

ISSN 2181-063X

69

http://oac.dsmi-qf.uz/




yaratish  uchun  bir  qator  yoʻlar  mavjud.  Mening  fikrimcha,  xodimlarni  xonasiga 

chaqirib  olish  eng  noʻmaqul  yoʻllardan  biri.  Men  esa  menejerga  boshqarayotgan 

muassasasi  boʻylab  aylanib  chiqishini  tavsiya  etaman.  Kabinetingizdan  chiqing  va 

sizning  xodimlaringiz  “nima  bilan  nafas  olayotganini”  his  qilishga  harakat  qiling. 

Agarda  siz kirib kelishingiz bilan xodimlaringiz gaplashishini toʻxtatsa, bunda nima 

uchun bunday boʻlishini aniqlashingiz kerakdir. Kimdir tushkin kayfiyatda boʻlsachi, 

bir  daqiqaga  uning  yoniga  oʻtiring.  Agarda  yerda  qogʻoz  yotgan  boʻlsa  boshqalarga 

oʻrnak boʻlib uni koʻtaring [9: 34-35-b.]. 

San’at  menejerlari  zamonaviy  san’at  asarlari  narxlarini  shakllantirishda  boror 

sharoitlarini oʻrganish kuchli darajada talab etiladi. 

Zamonaviy  san’at  asarlarining  narxini  nafaqat  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  koʻrib 

chiqish kerak, chunki biz estetik qiymatga ega boʻlgan ob’ektlarning narxlari haqida 

gaplashamiz.  Taxminan  aytganda,  narx  ma’lum  ma’noga  ega.  Barcha  bozorlar  (shu 

jumladan  zamonaviy  san’at  bozori)  bir  xil  ishlaydi:  ularni  madaniy  voqelikdan 

alohida  mavjud  boʻlmagan  narxlar  boshqaradi.  Narxlar  ishlarni  sotadigan  tashkilot 

turiga bogʻliq. 

Galereyalar  va  auktsion  uylari  narxlarni  belgilashda  boshqacha  yondashuvni 

qoʻllaydilar.  Agar  ilgari  san’at  sohasida  savdo-sotiq  qilingan  boʻlsa,  ikkinchisi 

tovarlarni sotadi. Galereya egalari zamonaviy san’atni targʻib qilishda oʻz vazifalarini 

bajaradilar  va  auktsion  uylaridagi  hamkasblarni  “parazitlar”  deb  bilishadi.  San’at 

asarlari savdosining 56% galereyalarga toʻgʻri keladi. 

Narxlarni  oʻz-oʻzidan  oʻrnatish  mumkin  emas.  Katta  formatdagi  ish  kichik 

ishdan koʻra koʻproq xarajat qiladi, rasm chizish esa rasm va shunga oʻxshashlardan 

koʻproq  xarajatlarni  talab  qiladi.  Biroq,  ishning  narxi  nafaqat  uning  texnik 

xususiyatlariga  bogʻliq.  Bunday  texnik  boʻlmagan  jihatlarni  tushunish  uchun  narxni 

tahlil  qilish  kerak,  bu  oʻz-oʻzidan  san’atdir.  San’at  asarlari  sotuvchilari  turli  xil 

narxlar  sxemalariga  tayanadilar,  ular  “biron  bir  qarorga  kelishga  yordam  beradigan 

kognitiv  koʻrsatmalar  kabi  ishlaydi”.  Badiiy  asar  narxini  belgilashda  turli 

savdogarlarning  narxlarni  belgilash  yondashuvlari  ishning  texnik  va  birinchi 

navbatda texnik boʻlmagan xususiyatlariga qarab doimiy ravishda koʻrib chiqiladi. 

Bugungi kunda rassomlar, dilerlar va kollektorlar uchun san’at asarining narxini 

aniqlash  qiyinroq.  Zamonaviy  san’at  bozorining  globallashuvi  yangi  hodisa  emas, 

ammo  bu  hali  ham  narxlar  atrofida  yuzaga  kelgan  noaniqlikni  izohlaydigan  asosiy 

omil.  Yarmarka  misolida  Hindiston  san’at  yarmarkasi taniqli  hind  rassomlarining 

asarlari AQSh va Buyuk Britaniyada Hindistonga qaraganda yaxshiroq sotilganligini 

koʻrish mumkin. 

Rivojlangan  davlatlarda  boʻlgani  kabi  Oʻzbekstonda  ham  san’at  menejerlari 

faoliyat  koʻrsatadigan  markaz  mavjudir.  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

“Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish 

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021

ISSN 2181-063X

70

http://oac.dsmi-qf.uz/




chora-tadbirlari  toʻgʻrisida”  2018-yil  26-avgustdagi  PQ-3920-son  qarori  ijrosini 

ta’minlash,  shuningdek,  madaniyat  va  san’atni  rivojlantirish  uchun  zarur  shart-

sharoitlar  yaratish,  jahon  madaniy  sahnasida  mamlakatning  ijobiy  imijini 

mustahkamlash  maqsadida  Vazirlar  Mahkamasi  2020-yil  6-martda  “Toshkent 

shahrida  Zamonaviy  san’at  markazi  faoliyatini  tashkil  etish  chora-tadbirlari 

toʻgʻrisida”gi 131-sonli qarori qabul qilingan. 

Unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat 

va  san’atni  rivojlantirish  jamgʻarmasi  huzurida  davlat  muassasasi  shaklidagi 

Zamonaviy  san’at  markazi  tashkil  etildi.  Zamonaviy  san’at  markazining  asosiy 

vazifalari quyidagilardan iboratdir: 

- zamonaviy san’at sohasida ijodkorlar bilan ommaviy muloqotni yoʻlga qoʻyish; 

- tasviriy  va  amaliy  san’atning  barcha  turlari  vakillarini  professional  ravishda 

birlashtirishga  yoʻnaltirilgan  zamonaviy  san’atni  innovatsion  va  texnologik 

rivojlantirishda  uzoq  muddatli  tashabbuslarning  fanlararo  oʻzaro  platformasi 

yaratilishini ta’minlash; 

- Oʻzbekistonda  madaniyat  va  san’atning  rivojini  qoʻllab-quvvatlaydigan  yosh 

san’at namoyandalari va pedagoglari hamjamiyatini tashkil etish va uning faoliyatiga 

koʻmaklashish; 

- Oʻzbekiston san’ati tarixi va tadqiqot tashabbuslari boʻyicha ixtisoslashtirilgan 

kutubxonalar  hamda  bosma,  foto,  video  va  audio  materiallar  arxivini  yaratish  va 

boshqarish; 

- zamonaviy  san’at  sohasida  ta’lim  tashabbuslarini  amalga  oshirish  boʻyicha 

platformani yaratish va boshqarish; 

- zamonaviy  madaniyat  va  san’at  sohasida  spektakllar,  perfomanslar,  kino 

namoyishlari,  audio-vizual  loyihalarni  amalga  oshirish  laboratoriyasini  tashkil  etish 

va boshqarish [10: 414-b.]. 

Ta’kidlash  joizki,  hozirgi  kunda  jahon  ta’lim  va  art  bozor  makoniga  qoʻshilish 

sharoitida madaniyat va san’at sohasidagi boʻlajak mutaxassislarni badiiy boshqarish 

texnologiyalari  asosida  tayyorlash  muammosi  eng  dolzarb  masalalardan  biridir. 

Ushbu  bogʻliqlik  natijasida  badiiy  menejmentning  asosiy  vazifasi  ijtimoiy-madaniy 

profildagi  ta’lim  muassasalarining  faoliyati  va  rivojlanishi  muammolarini  hal 

qiladigan  texnologiyalar  va  usullarni  qoʻllashning  nazariy  ahamiyati  va  amaliyotini 

oshirish zarur. 

Art menejment san’at va madaniyatning maxsus tizimi sifatida markaziy oʻrinni 

egallaydi,  chunki  u  insonning  ijodiy  va  moddiy  faoliyati  mahsullari  bilan  bevosita 

bogʻliq  boʻlib,  ularga  nisbatan  mustaqil  ma’noga  ega  boʻlgan  estetik  va  ma’naviy 

mazmunni  kiritadi,  lekin  pirovard  natijada  funktsional  va  ma’noga  boʻysunadi. 

narsaning konstruktiv, amaliy maqsadi. 

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021

ISSN 2181-063X

71

http://oac.dsmi-qf.uz/




San’at  sohasidagi  art  menejment  sohasida  kadrlar  tayyorlash  tizimini  samarali 

boshqarish va  tartibga  solish  vositasi  sifatida qaraladi, chunki u  badiiy  qadriyatlarni 

yaratish  va  targʻib  qilish  uchun  qulay  shart-sharoitlarni  yaratishda  texnologik 

vositaga aylanishi kerak. 

Kasbiy  san’at  menejmentining  asosini  tashkilot  (teatr,  filarmoniya,  ishlab 

chiqarish  markazi  va  boshqalar)  tashkil  qiladi,  uning  samaradorligi  toʻgʻri  topilgan 

modelga,  shuningdek,  menejerning  shaxsiyati  va  kasbiy  tayyorgarligiga  bogʻliq. 

San’at  biznesining  har  bir  yoʻnalishi  oʻz  boshqaruv  modellariga  va  uning 

samaradorligi  mezonlariga  ega.  Madaniy  tadbirkorlik  ham  bundan  mustasno  emas. 

Ushbu  sohada  tashkilot  faoliyatini  boshqarish  jarayonlarining  samaradorligi 

koʻrsatkichlari mavjud. 

Binobarin,  badiiy  menejmentning  maqsadlari  quyidagilardan  iborat:  san’at 

sohasidagi  sub’ektlarning  individual  madaniy  faoliyatini  va  ijtimoiy-madaniy 

faoliyatini tartibga solish, san’at sohasidagi jarayonlarni boshqarish, badiiy va badiiy 

va  ijodiy  jarayonlarni  modellashtirish,  ularning  madaniy  ekspertizasi,  ijtimoiy-

madaniy  dizayn  va  ijtimoiy  amaliyotning  turli  sohalarida  tegishli  texnologiyani 

tanlash. 

Bugungi  kunda  har  kuni  amalga  oshiriladigan  moliyaviy  operatsiyalarning 

aksariyati  Nyu-York,  London,  Chikago  va  Gonkong  kabi  jahon  san’atining  yirik 

poytaxtlarida  amalga  oshiriladi.  Mahalliy  darajada  emas,  balki  “global  shaharlar” 

oʻrtasida yaqinroq  aloqa  mavjud.  Xuddi  shu narsa  zamonaviy san’at bozorida sodir 

boʻladi,  unda  xalqaro  darajadagi  galereyalar  etakchi  oʻrinni  egallaydi:  Gagosian 

galereyasi  (Dunyo  boʻylab  16  galereya)  Pace  galereyasi  (10),  Hauser  va  Wirth 

galereyasi  (6),  Perrotin  galereyasi  (6),  Zvirner  galereyasi  (4)  plyus  xalqaro 

koʻrgazmalar), Marian Goodman galereyasi (3), Blum & Poe galereyasi (3) va Fergus 

Makkaffri galereyasi (2) shuningdek, xalqaro koʻrgazmalar v.b. 

Eng yirik  zamonaviy  rassomlar  oʻz  asarlarini sotishga  ishonishadi: ular orasida 

Takashi  Murakami,  Richard  Serra,  Yayoi  Kusama,  Metyu  Barni,  Urs  Fisher,  Sofi 

Kull,  Damian  Xirst,  Gregori  Krudson,  Sindi  Sherman,  Andreas  Gurskiy,  Gerhard 

Richter, Jeff Kouns, Pol MakKarti. va Olafur Eliassonlar art menejment olamida yirik 

tajribaga egadir. 

Bugungi  kunda  xalqaro  miqyosdagi  ushbu  galereyalar  savdogar  va  kollektor 

oʻrtasidagi  munosabatlar  tizimini  rivojlantirmoqda.  Rivojlanayotgan  manbalar  va 

ma’muriy  moslashuvchanlik  ularga  yangi  tendentsiyalarga  tezda  javob  qaytarish  va 

muzeylar  va  shaxsiy  kolleksiyalardan  ishlarni  jalb  qilishga  imkon  beradi.  Muzey 

ob’ektlari  ekspozitsiyasi  ushbu  san’at  galereyalari  va  rassomlarning  oʻzlarini 

yaratadi,  ular  galereyalarni  ommalashtirish  uchun  yanada  obroʻli  va  ahamiyatlidir. 

Shu sababli, galereyalar taniqli san’atshunoslar va muzey xodimlarining tajribalarida 

oʻz  hududlarida  koʻrgazmalar  tashkil  qilish  uchun  murojaat  qilishadi.  Galereya 

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021

ISSN 2181-063X

72

http://oac.dsmi-qf.uz/




resurslari koʻpayishi bilan ular endi faqat birlamchi bozorda sotuvdan qoniqmaydilar 

-  shuning  uchun  galereyalar,  odatda,  kim  oshdi  savdosi  uylarining  huquqi  boʻlgan 

ikkilamchi bozorda juda faol harakat qila boshlaydilar. 

Bugungi  kunda  zamonaviy  san’at  bozorida  eng  katta  savdogarlar  oʻrtasidagi 

raqobat  mahalliy  emas,  balki  xalqaro  miqyosda.  Ushbu  bozorda  muhim  oʻrinni 

egallash  uchun,  yosh  galereya  egalari  doimiy  boʻsh  joylardan  foydalanishni  rad 

etishga qaror qilishadi. Koʻp yillar davomida koʻchmanchi koʻrgazmalar tashkil etgan 

Vito  Shnabel, Sankt-Morits shahrida  (Shveytsariya) galereya ishi uchun  gʻayrioddiy 

joy  ochdi.  Andy  Valmorbid  va  Vladimir  Restaun  Reutfeld  an’anaviy  galereya 

maydonisiz  ham  shugʻullanadilar.  Ular  sotuvga  qoʻyishga  qaror  qilgan  asarlarni 

koʻrgazma  uchun  dunyo  boʻylab  binolarni  ijaraga  olishadi.  Bundan  tashqari,  ba’zi 

mehmonxonalar  oʻzlarini  koʻrgazma  maydonchalari  -  galereyalarga  alternativa 

sifatida  koʻrsatishadi.  Galereyalar  yoki  muzeylar  uslubida  oʻz  foyesini  yoki 

xonalarini koʻrgazma maydonchalariga aylantiradigan xizmatlarni taklif qiladi. 

Galereyalar  duch  kelishi  mumkin  boʻlgan  eng  yoqimsiz  ajablantiradigan  narsa 

bu  zamonaviy  yirik  rassomlarning  oʻzlarining  shaxsiy  koʻrgazmalari  va  shaxsiy 

toʻplamlarini namoyish etadigan shaxsiy koʻrgazma maydonlarini ochish toʻgʻrisidagi 

qaroridir.  Damian  Xirst  bu  jarayonni  allaqachon  boshlagan:  2015  yilda  u  galereya 

ochgan  Newport  koʻcha  galereyasi  (bu  “Damian  Hirst  Galereya”  deb  ham  ataladi) 

Lambertda, Londonning tez oʻsib boradigan hududida. 

Umuman  olganda,  fazoni  kengaytirish  nuqtai  nazaridan  gallereyalarning 

rivojlanishi dunyoda eng chuqur oʻzgarishlar roʻy berayotganligini koʻrsatmoqda. 

Yirik  muzeylar  nafaqat  sayyohlar  tashrif  buyuradigan  mustaqil  ziyoratgohga 

aylandi,  balki  san’at  bozori  globallashuvi  ta’siriga  uchradi.  XIX-XX  asrlarda 

muzeylar  xalqlarning  “xayoliy  birlashmasi”  tarkibiga  kirgan.  Ammo  XXI  asr 

boshlarida  ular  milliy  va  xalqaro  loyihalar  mavjudligini  anglashga  yordam  berishdi. 

Eng  yirik  muzeylar  oʻz  kollektsiyalaridan  dunyo  boʻylab  filiallari  boʻlgan 

galereyalarga  tegishli  asarlarni  namoyish  etishadi,  shuningdek  xalqaro  miqyosdagi 

muzeylar almashinuvida qatnashadilar. 

Art  menejmentini  rivojlantirishda  bu  kabi  zamonaviy  yondashuvlarning 

ahamiyati  juda  katta.  Shu  nuqtaiy  nazardan  Oʻzbekistonda  art  menejmentini 

rivojlantirishda quydagi zamonaviy yondashuvlarni ilgari suramiz. 

Art  menejment  faoliyatida  litsenziyalash,  litsenziatlarning  davlat  reyestrini 

yuritish,  ularning  faoliyati  va  erishgan  natijalari  haqidagi  axborotlarni  kiritib  borish 

va art marketing statistikasi boʻyicha yagona onlayn portali yaratish kerak va barcha 

art menejment dasturlari orqali amalga oshiriladi. 

Madaniyat  va  san’at  muassasalarining  asosiy  vazifa  va  funksiyalaridan  kelib 

chiqib, ularning tashabbuslari bilan o‘tkaziladigan galleriyalar, media prezentasiyalar, 

art  menejmentda  ommaviy-madaniy  va  konsert-tomosha  tadbirlarini  oʻtkazish 

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021

ISSN 2181-063X

73

http://oac.dsmi-qf.uz/




boʻyicha  kalendar  rejalari  ishlab  chiqish  va  aholiga  yogana  onlayn  portal  orqali 

yetkazib borish. 

Art  menejment  dasturlarini  tashkil  etish  bo‘yicha  ko‘rsatiladigan  xizmatlar 

bo‘yicha buyurtmachilar bilan ishlashish va ularni moliyalashtirish manbalari yanada 

takomillashtirish zarur. 


Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin