ARCHAEOLOGICAL TOURISM AND ITS CHARACTERISTICS. ORGANIZATION
OF OPEN-AIR MUSEUMS
Abstract. The main purpose of writing this article is to provide general information about
"Archaeological tourism and its features". The research method is descriptive, and library and
internet data analysis methods were used for data collection. The author tried to explain the
topic by summarizing archeology with typology, studying the features and functions of
archaeological typology. The results of the research showed that through its features, the
Archaeological Tourism (AT) can develop not only archeology, also the state economy and many
other areas.
Keywords: Archaeological site, open-air museum, excavation site, archaeological object,
reconstruction, cultural resource.
Turizm (sayyohlik) tarmog`i jahon iqtisodiyotining tez rivojlanayotgan sohalaridan
biridir. Sayyohlik sohasida taraqqiyotga erishgan ba`zi mamlakatlarning asosiy darmoad manbai
ham aynan turizim hisoblanadi. Mamlakatimiz ko`plab sohalar kabi turizim sohasida ham katta
imkoniyatlarga ega davlat. O`zbekistonda turizim sohasining 10 ga yaqin turi mavjud bo`lib, ular
orasida madaniy (tarixiy shaharlar va madaniy yodgorliklarni ziyorat qilish) turizm yetakchilar
qatorida turadi. 2017-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
284
Mirziyoyev parlamentga Murojaatida barcha sohalar qatorida turizm sanoati borasida ham
quyidagi fikrlarni bildirdi: «Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan
istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida dunyo bo‘yicha ulkan
salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obektlari
mavjud va ularning qariyb 200 tasi YuNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Samarqand, Buxoro,
Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilish dasturini
rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to‘liq
ishga solish lozim».
Sayyohlik sohasi bugungi kunda mamlakat iqtisodiga katta daromad keltiradigan sohaga
aylangan. Shu sababdan jahonning ko`plab mamlakatlari turizmi sohasini rivojlantirish, sohada
yangiliklar qilish, xizmat ko`rsatish sohasini jahon standartalari darajasiga ko`tarish va sayyohlar
sonini oshirish bo`yicha chora tadbirlar ishlab chiqmoqda.
Afsuski, O‘zbekiston bu sohada hali ancha orqada ekanligini ko‘rish mumkin. Xususan,
Butunjahon turizm va sayohatlar bo‘yicha kengashi (BTSK) tomonidan berilgan bahoga ko‘ra,
O‘zbekiston sayyohlar tashrifi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 150-o‘rinni egallaydi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, turizm sohasi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,3 foiz
bo`lib, bu ancha past ko`rsatgich hisoblanadi.
Shu sababli prezidentimiz tomonidan turizm sohasini rivojlantirish uchun farmon qabul
qilindi. Unga ko`ra turizm sohasining joriy holati tahlil qilinib, uni rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishlari belgilab olindi. 2019 — 2025-yillarga mo`ljallangan turizm sohasini rivojlantirish
Konsepsiyasi qabul qilinib, har bir yilga mo`ljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Sayyohlar sonini oshirish uchun ba`zi xorijiy davlatlarga 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy
qilish, xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish
vizalari toifalarini joriy etish kabi yengilliklar yaratildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning
logistika jozibadorligini tubdan yaxshilash, shuningdek, mahalliy aeroportlarda parvozlarga
xorijiy aviakompaniyalarni jalb etish bo`yicha choralari ko`rish belgilandi. Shu qatorda,
sayyohlik bozorida turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash, sayyohlik
obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish orqali ham o`z o`rnini
mustahkamlash va rivojlanish mumkin.
Arxeoturizm yoki arxeologik turizm - bu madaniy turizmning bir turi bo'lib, uning
maqsadi arxeologiyaga va tarixiy obidalarni saqlash va ularga bo'lgan qiziqishni oshirish
hisoblanadi. Arxeologik turizm amaliy arxeologiyani qo'llash sohalari qatoriga kiradi va
unda jamoatchilik ishtiroki va qo'llab-quvvatlashi katta ahamiyatga ega. Arxeologik
turizmning asosiy maqsadi tarixiy va qadimiy yodgorliklarni qadimiylik qiyofasini saqlab
qolish va ularga bo`lgan qiziqishni oshirish, jamoatchilik orasida madaniy merosga nisbatan
iliq fikrlarni shakllantirishdir. Arxeologiya va turizm o'rtasidagi o'zaro bog`liqlik qadimiy
tarixga ega bo'lib, olimlarning tahminicha u Uyg'onish davriga to'g'ri keladi. Arxeologik
turizm ixtisoslashgan soha sifatida madaniy merosni asrab-avaylash va targ‘ib qilish
sohasidagi masalaning ahamiyatini ko‘rsatuvchi xususiyat va funksiyalarga ega. Arxeologik
turizm insonlarni madaniy meros bilan tanishtiradi va insonlarda madaniy merosga bo`lgan
nauqai nazarni o`zgartiradi. Arxeologiyani turizim bilan bog`lash ham davlat iqtisodiyoti, ham
madaniy meros uchun ancha foydali hisoblanadi.
Turizm o'zining barcha "shakllarida" har bir mamlakat va mintaqa iqtisodiyotining
harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Arxeologik yodgorliklar, shuningdek, qazish ishlari
|