Asab kasalliklar fanidan



Yüklə 182,5 Kb.
səhifə4/5
tarix14.09.2022
ölçüsü182,5 Kb.
#63658
1   2   3   4   5
Markaziy asab tizimining o‘smalari, absessi, parazitar kasalliklari

97
Bosh ogrigi, qayt qilish va korish nervi sorgichining dimla­nishi - shu uchta belgi 60 % bosh miya osmalarida uchraydi. OsmalarAsab va ruhiy kasalliklar paydo bolgan vaqtda mahalliy miya belgilari ular qayerda joylashishiga va qanday osishiga bogliq. Osmalar osishiga, joylashishiga qarab, ekstroserebral - bosh miyadan tashqaridagi osmalar, introserebral - bosh miya ichida osadigan osmalarga bolinadi.
Agar meningioma miyaning ustki qismi (konveksital)da bolsa, unda bemorda bosh ogrigi, bosh aylanishi hamda tutqanoq xurujlari, Jekson xilida, yani yuz, qo‘1-oyoqda klonik qaltirash kuzatiladi. Ayrim hollarda qaltirash qisqa vaqt ichida boladi va 2-3 daqiqa davom etadi. Bazan esa tonik-klonik qaltirash bolib, bemor hushini yoqotadi, tilini tishlab oladi, tagiga siyib yuborish holatlari kuzatiladi. Bazi hollarda qol yoki oyoqda monoparez markaziy xarakterda, har doim qarama-qarshi tomonda boladi.
Agar osmalar miya asosida bolsa, unda mahalliy miya belgilari kozning korishi pasayishi yoki yoqolishi, hid bilmaslik, kozga narsalarning ikkita bolib korinishi, ichkari va tashqariga qarab qolgan gilayliklar, nistagm kuzatiladi. Agar osma bosh miyaning peshana qismida ossa, unda parezlardan tashqari ruhiy ozgarishlar - karaxtlik, hech narsaga qiziqmaslik yoki xursandchilik, kop qilgan ishlariga javob bermaslik, oz-oziga tanqid hissi pasaygan boadi. Agar osma ichki kapsula sohasida bolsa, unda VII- XII juft kalla bosh miya nervlarining markaziy falajlanishi, gemiparez markaziy xarakterda, gemianesteziya otkazuvchanlik xilida boladi. Agar osmalar qorinchalar ichida ossa, unda qattiq bosh ogrigi, qusish, boshni malum xilda ushlab turish kuzatiladi, chunki osma suyuqliklar yolini tosib qoyadi.
Dislokatsiyabosh miya ozagining siljishi yoki bosh miyadagi osmaning boshqa toqimalarga qisilishi.Osmalarning asosiy belgilari: 1. Tana harorati kotarilmaydi. 2. Otkir boshlanmaydi. 3. Umumiy va mahalliy miya belgilari asta- sekinlik bilan rivojlanadi. 4. Orqa miya suyuqligida oqsil miqdori kop boladi. 5. Koz tubida dimlanish boladi.Agar bosh miyada osmalarga xos belgilar kuzatilsa, unda bosh miya quyidagi tekshirishlardan otkaziladi: EEG, EXO, kalla suyagini rentgenografiya qilish, kompyuter tomografiya, angiografiya, koz tubini, orqa miya suyuqligini tekshirish zarur.
Davosi. O‘smalarning palliativ va radikal davo usullari mavjud. Palliativ davolashda dori-darmonlar bilan birga gormonlar hamda rentgenoterapiya usullari qo‘llaniladi. Rentgenoterapiya usullarida radioaktiv izotoplar (palladiy, ittriy, oltin) bilan davolash yaxshi natija 98 beradi. Hamma o‘smalarga siydik haydovchi dorilar - mannitol, gipotiazid, furosemid, diakarb 0,025 mg 1 ta tabletkadan kuniga
marta berish lozim. Laziks 2,0 ml dan, magneziy sulfat 25 % li 10,0 ml mushak orasiga qilinadi. Siydik haydovchi dorilarni uzoq vaqt qo‘llash natijasida organizmda tuz va suv muvozanati buziladi va organizm suvsizlanadi. Shuning uchun fiziologik eritma 0,9 % li, glukoza 5 % li, elektrolitlar, kaliy xlor, vitaminlar, tana harorati ko‘tarilgan bo‘lsa, litik aralashmalar tavsiya etiladi. Bundan tashqari, tutqanoq xurujiga qarshi finlepsin, fenobarbital, benzonal 0,1 g 1 ta tabletkadan 3 mahal ichishga beriladi.
Radikal usulda jarrohlik yo‘li bilan o‘sma olib tashlanadi. O‘smalar qancha erta aniqlansa, bemorning ahvolida shuncha tez umumiy va mahalliy belgilarning kuchayishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jarrohlik usulining iloji bo‘lmasa, bemorni rentgen nurlari bilan davolash tavsiya etiladi.Parvarish qilish. O‘sma jarrohlik usuli bilan olib tashlangandan keyin bemorni parvarish qilish katta ahamiyatga ega. Chunki bunda bemor bezovtalanib, har xil harakatlar qilishi, ruhiy tushkunlikka tushishi mumkin. Ayrim bemorlarda talvasa xuruji bo‘lib turadi. Kalla operatsiya qilingandan so‘ng bemor operatsiya qilingan tomonga qarama-qarshi tomon bilan chalqancha yoki yonbosh qilib yotqizilishi kerak. Bunda yutish faoliyati buzilgan bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘iga so‘lak yig‘ilib qoladi. Natijada, so‘lak yuqori nafas yo‘llariga yig‘ilib qoladi. Bunday bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ini kuniga
5 marta tozalab turishi tavsiya etiladi. Bemor kallasiga bog‘langan bog‘lamni olib tashlamasligi uchun uni mahkam bog‘lash kerak. Jarrohlik aralashuvidan bir kun oldin bemorni tayyorlash va yengil ovqatlantirish tavsiya etiladi. Agar bemorlarni og‘riq bezovta qilsa, og‘riq qoldiruvchi dorilar buyuriladi. Operatsiyadan keyin bemorni oz-ozdan, tez-tez ovqatlantirish talab etiladi.
Miyaning parazitar kasalliklari
Bosh miyaning eng ko‘p uchraydigan parazitar kasalliklari sistiserkoz, exinokokkoz va toksoplazmozdir.Sistiserkoz. Sistiserk cho‘chqa solitori rivojlanishining ilk bosqichi - finna. Bu kasallik ifloslanib qolgan ovqat bilan birga hazm yo‘liga gijja tuxumlari tushib qolganida kelib chiqadi. Gijja tuxumlari qon o‘zanidan miyaga borib, shu yerda o‘tirib qolishi mumkin. Odatda, bosh miya bir talay sistiserklar bilan zararlangan bo‘ladi.
Klinik manzarasi. Kasallik ko‘pincha bosh miya o‘smalariga o‘xshab ketadi. Kasallikning alomatlari juda xilma-xil, bu, asosan, kasallik o‘chog‘ining miyada qanchalik ko‘pligi va qaysi joyda o‘rin olganiga bog‘liq bo‘ladi. Gipertenzion belgilar (bosh og‘rig‘i, qusish, ko‘ruv nervining so‘rg‘ichida dimlanish) kuchayib boradi. Tutqanoq xurujlari ko‘pincha Jekson xuruji ko‘rinishida bo‘ladi. Xuruj boshlanishi o‘zgarib, goh o‘ng yoki chap tomondan, goh qo‘l yoki oyoqda qaltirash belgilari namoyon bo‘ladi. Ruhiy buzilishlar: qo‘zg‘alish, depressiya, gallutsinatsiyalar, Korsakov alomati belgilari ko‘rinishida bo‘ladi. Brunsa belgisi - bunda sistiserk IV qorinchada bo‘lsa, bemor boshini birdan yon tomonga burganda kuchli bosh aylanishi tufayli bemor yiqiladi, umumiy miya belgilari: bosh og‘rig‘i, qusish, ko‘z oldining qorong‘ilashishi, tomir urishining sekinlashishi, birdan teri rangining oqarib ketishi, ko‘p terlash holatlari kuzatiladi. Sistiserkozga tashxis qo‘yish maqsadida bir necha serologik reaksiyalar qo‘llaniladi. Orqa miya suyuqligida Vozn reaksiyasining musbat bo‘lishi, ko‘z tubi, kalla suyagi rentgenografiyasi, kompyuter tomografiya xulosalariga asoslanadi. Orqa miya suyuqligida hujayralar sitoz - limfositlar hisobiga ko‘paygan, ba’zan eozinofiliyalar uchraydi. Oqsillar soni me’yorida yoki 0,5 g dan 2 g/1 gacha ko‘payishi mumkin.
Davosi. Simptomatik davolar va ba’zan jarrohlik usullari qo‘llaniladi.
Oldini olish choralari. Gigiyena qoidalariga amal qilish, meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish, ovqatdan oldin qo‘llarni sovunlab yuvish talab etiladi.
Exinokokkoz. Bosh va orqa miya exinokokkozi kam uchraydigan kasallik bo‘lib, kichkina tasmasimon gijja - Taenia echinococus embrioni miyaga o‘tib qolganida vujudga keladi, bu gijjaning shu embrioni miyada finna davrini o‘taydi. Exinokokkning tasmasimon shakli it va bo‘rilarning ichagida yashaydi. Odam kasal itga yaqin yurganida, tabiiy suv havzalaridan xom suv olib ichganida, yuvilmagan mevalarni yeganida o‘ziga shu gijja tuxumini yuqtirib oladi. Odam me’dasiga tushgan tuxumlar pardasi yemiriladi; ajralib chiqqan embrion me’da-ichak yolining qon va limfa tomirlariga o‘tadi. Qon oqimi bilan ular turli a’zolarga, ko‘pincha, jigar va o‘pkaga borib qoladi. Turli a’zolarning to‘qimalarida embrion pufakcha shakliga 100 (finnaga) aylanadi, uning so‘rg‘ich va ilmoqchalari bilan ta’minlangan boshchasi bo‘ladi. Pufak bo‘shlig‘i sarg‘ish tiniq suyuqlik bilan to‘lib turadi. Bosh miyada ko‘pincha bir kamerali exinokokk uchraydi. U qat- qat parda bilan o‘ralgan kattakon pufakdir. Bu pufakda rivojlanayotgan qiz pufaklari va uchinchi tartib pufaklari bolishi mumkin. Shunday qilib, suyuqlik bilan ko‘p bo‘shliqli kista hosil bo‘ladi.Boshqa a’zolarda (jigar, o‘pka va boshq.) exinokokkoz borligi, qonda lateks - agglutinatsiya reaksiyasining musbat bo‘lib chiqishi to‘g‘ri tashxis qo‘yishga yordam beradi. Tashxisni aniqlash uchun teri ichiga allergik reaksiya qo‘yib ko‘rilganida (Kassoni sinamasi) ko‘pincha organizmning umumiy allergik reaksiyasi ko‘riladi.
Davosi. Jarrohlik: exinokokk pufagi olib tashlanadi.
Toksoplazmoz. Odam kasal hayvonlarning go‘shti va sutini iste’mol qilganda yoki kasal hayvonlarga yaqin yurganda (so‘lagi orqali) organizmga Toxoplasma gondi parazitining tushib qolishi turli a’zolarning: yurak mushagiga, o‘pka, jigar, limfa tugunlarining zararlanishiga sabab bo‘ladi. Parazitning platsenta orqali o‘tishi natijasida ona qornidagi homila ham kasallanishi mumkin. Tok­soplazmoz ko‘pincha asab tizimini zararlaydi. Bemorlarda toksop­lazmoz serebral leptomeningit, ensefalit, ensefalomiyelit ko‘rinishida kuzatiladi. Toksoplazmoz serebral leptomeningitida ko‘p uchraydigan belgilar gipertenzion alomat va talvasa tutqanoqlaridir. Toksoplazmoz ensefalitining alomatlaridan biri gipotalamik alomatdir. Kasallikka tashxis qo‘yishda o‘tkaziladigan immunologik tekshirishlar: komplementni biriktirish, immunofluoressensiya, bilvosita gemagglutinatsiya reaksiyalari, toksoplazmin bilan teri ichiga qo‘yiladigan allergik sinama hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Davosi. Xloridin (0,025 g dan kuniga 2 mahal), sulfadimezin (1 g dan kuniga 2 mahal) buyuriladi, bular 2 hafta oralab 5 kundan davom etadigan 3 kurs davomida ishlatiladi. 1-1/2 oy oralab 3-4 davo kursi o‘tkaziladi.
Bosh miyaning abstsess kasalligiga tashxis qoʼyishda bemorning shikoyatlari, kasallikning rivojlanish xususiyatlari, quloq, tomoq, burunda yiringli-yalligʼlanish va yurak kasalliklari mavjudligi, aniqlangan nevrologik umumboshmiya va oʼchoqli simptomlar, exo-entsefaloskopiya, bosh miya kompьyuter va magnit-rezonans tomografiya tekshirish usullarining natijalari inobatga olinadi. Bosh miya abstsesslari oʼz vaqtida malakali tarzda davolanmagan hollarda kalla qutisi suyaklarining osteomieliti, miya qorinchalari ichiga yiringning yorib kirishi sababli davolanish mushkul boʼlgan meningit, meningoentsefalitlar, gidrotsefaliya, epilepsiya, qoʼl-oyoqlar falajlanishi singari ogʼir asoratlar va ushbu asoratlar sababli bemorning umri qisqarishi singari noxush holatlar yuzaga kelishi mumkin.

Bosh miya abstsesslari xirurgik usulda davolanishni taqozo etadi. Hozirgi vaqtda abstsess boʼshligʼini drenajlab yiringdan holi qilish, keyin antibakterial eritma bilan oʼrnatilgan uzoq muddatli drenaj orqali abstsess boʼshligʼini yuvib turish, shuningdek, uni ochiq usulda, yaʼni kalla suyagi ochilib kapsulasi bilan birga olib tashlash usullari amaliyotda qoʼllaniladi.


Bosh miya abstsessi kasalligining profilaktikasida sogʼlom turmush tarzining ahamiyati katta. Inson oʼzining salomatligiga bolalikdan jiddiy eʼtibor ajratishi, ota-onalarning goʼdaklarini sogʼlom ulgʼaytirishlari, tomoq, quloq, burun sohalaridagi yalligʼlanish kasalliklarini profilaktika qilish singarilar kasallikka chalinishga qarshi sinalgan choralardir.




Nazorat savollari?

Yüklə 182,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin