Asadov, Mahkamov bilan 4 yil muddatga turar joy ijara shartnomasini tuzadi



Yüklə 272,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix31.01.2023
ölçüsü272,37 Kb.
#81873
  1   2   3   4
Maftuna.



21-bilet.
Asadov, Mahkamov bilan 4 yil muddatga turar joy ijara shartnomasini tuzadi.
Shartnoma shartlariga ko’ra, agar Mahkamov turar joyni sotadigan bo’lsa, Asadov
bilan tuzilgan ijara shartnomasi bekor qilinishi nazarda tutiladi. Oradan 1 yarim yil
o’tganidan so’ng Mahkamov turar-joyni sotishga qaror qilib, Do’stmatov bilan
oldi-sotdi shartnomasini tuzadi. Bu haqda xabardor qilingan Asadov esa turar
joy ijara shartnomasini 4 yil muddatga tuzilganligi, qolaversa,
O’zR FKning 604-moddasiga asosan turar-joyni boshqa shaxsga o’tishi
ijara shartnomasini bekor qilishga asos bo’lmasligini ma’lum qilib, turar joyni
boshatishni rad etadi. Shuningdek bir necha bor sotib oluvchi Do’stmatovga tahdid
qilib turar-joyni olish haqidagi fikridan qaytishiga majbur qiladi.
Vaziyatdan kelib chiqib, shartli bitimlarni muhokama qiling. Shartli
bitimlarga amaliy misollar keltiring.
Javob:
Avvalo, kazusdagi muammoli vaziyatlarni ajratib olib, quyida ularni tahlil
qilamiz:
I. Turar joy ijara shartnomasi qanday tuziladi?
II. Ijara shartnomasi bekor qilish asoslari?
III. Shartli bitimlarning asoslari?
I. Turar joy ijara shartnomasi qanday tuziladi?
Fuqarolik huquqida shartnomalar davlat rivojlangani sari kundan-kunga
ahamiyati ortib bormoqda. Avvalo shartnoma tushunchasini to’xtalib o’tsak,
O’zR FKning 353-moddasining birinchi qismida “Ikki yoki bir necha shaxsning
fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish
haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi”. Shartnoma bitim ko’rinishlaridan biri
hisoblanadi. Shu munosabat bilan shartnomalarga nisbatan ikki va ko’p taraflama
bitim qoidalari yozma shaklda tuzilishi mumkin.
Uy joyni ijaraga olish yozma shaklda tuziladi. Bunda shartnoma soliq
organlarida davlat hisobida qo’yilishi kerak. Bu ijaraga beruvchining majburiyati
hisoblanadi va shartnoma tuzilgan kundan 3 kundan kechiktirmay amalga oshirish
kerak. Uy joyni ijaraga berish shartnomasi 5 yildan ortiq bo’lmagan muddatga
tuziladi. Agar shartnomada muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, u 5 yilga tuzilgan
hisoblanadi. Shuningdek, ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda
imtiyozli huquqqa ega hisoblanadi.
Uy joyni ijaraga berish haqida O’zR FK 600-moddasida ta’rif bergan bo’lib,
uy joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan bir taraf- uy joyning mulkdori yoki u
vakolat bergan shaxs (ijara beruvchi) - boshqa taraf (ijara oluvchi)ga uy-joyda
yashash uchun haq evaziga qilish va foydalanishga topshirish majburiyatini oladi.
Ya’ni, shartnoma bo’yicha ijaraga beruvchi sifatida uy-joyning mulkdori yoki u
vakolat bergan shaxs bo’lishi mumkin. Ijaraga oluvchi sifatida faqatgina jismoniy
shaxs ishtirok etishi mumkin. Yuridik shaxs uy-joydan faqat faqat fuqarolarning
yashashi uhun foydalanishi mumkin. Shuningdek, uy-joyga bo’lgan mulk huquqi
boshqa shaxsga o’tganida uy-joyni ijraga berish saqlanadi.


O’zR FK 604-moddasida ta’kidlanganidek, ijara shartnomasi bo’yicha egallab
turilgan uy-joyga bo’lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o’tishi shartnomaning
bekor qilinishi yoki o’zgartirilishiga olib kelmaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari
tuzilgan shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi.
Demak, Mahkamov turar joy ijara shartnoma shartlariga va majburiyatlariga
rioya etmagan holda uni sotishga qaror qilgan. Fuqaro Asadov esa turar joyni
bo’shatishni rad etishga haqli. Chunki shartnoma 4 yilga tuzilgan va uning
roziligisiz bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin emas. Ammo u sotib oluvchi
Do’stmatovga tahdid qilishga haqli emas.

Yüklə 272,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin