Planshetli skanerlarning asosiy farqi shundaki, skanerlovchi moslama qog‘ozga nisbatan qadam dvigiteli yordamida harakat qiladi. Tasvirni skanerlash uchun skaner qopqog‘ini ochib, skanerlanayotgan varaqdagi tasvirni pastga qaratgan holda shisha plastinaga qo‘yiladi, so‘ngra qopqoq yopiladi. Barcha keyingi skanerlash jarayonini boshqarish bu skaner bilan birga taqdim etiluvchi maxsus dasturda ishlash bilan kompyuter klaviaturasi yordamida amalga oshiriladi. Bu turdagi skanerlarning ommaviylashgan turiga Hewlett Packard firmasi ishlab chiqargan model kiradi.
barabanliskaner ofislaruchunskaner
17.2.-rasm.Rulonli(o‘rama)skanerturlari. Stol usti skanerlarining uchinchi turi – proeksion skanerlar bo‘lib, ular ko‘proq o‘ziga xos bo‘lgan proeksiyalash apparatini (yoki foto kattalashtirgichni) eslatadi. Kiritilayotgan hujjat tasviri yuqoriga qaragan holda qo‘yiladi, bunda skanerlash bloki ham yuqorida joylashgan bo‘ladi. Faqat skanerlovchi qurilma harakatda bo‘ladi. Ushbu skanerlarning asosiy xususiyati uch o‘lchamli proeksiyalarni skanerlash imkoniyatining mavjudligidir.
Planshetli skanerlarning konstruksiyasi.Planshetli skaner- larni ishlash tamoyilini ko‘rib chiqamiz. Skanerlanuvchi obyekt oyna ustiga skanerlanuvchi yuzani pastga qaratgan holda qo‘yiladi. Oyna tagida harakati qadamli divigatel tomonidan boshqariladigan surilma lampa joylashgan .
Obyektdan qaytgan nur ko‘zgu tizimi orqali o‘ta ta’sirchan matritsaga tushadi (CCD – Couple-Charged Device), so‘ngra ARO‘ga va kompyuterga uzatiladi. Dvigatelning har bir qadamida obyektning bir qismi skanerlanadi, so‘ngra dasturiy ta’minot yordamida umumiy tasvir ko‘rinishiga keltiriladi.
Ofis uchun mo‘ljallangan zamonaviy skanerlarning ko‘pchiligi ikki turdagi matritsalarga: CCD (Charge Coupled Device)ga yoki CIS (Contact Image Sensor)ga asoslangan bo‘ladi. CIS-skanerining g‘ilofi CCD – apparatiga qaraganda yassi bo‘ladi (uning balandligi, odatda, 40–50 mm atrofida bo‘ladi). Ushbu skanerlar asosiy afzalliklari va kamchiliklari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
17.3-rasm.Skanerishlashiningsxematikko‘rinishi.