Ҳасанова манзура (бту)


Dam olish oromgohlari sog'lomlashtirish maskanlarida harakatli o`yinlar – o`quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositasi sifatida



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə4/8
tarix24.03.2023
ölçüsü202,5 Kb.
#89680
1   2   3   4   5   6   7   8
асанова манзура (бту)

Dam olish oromgohlari sog'lomlashtirish maskanlarida harakatli o`yinlar – o`quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositasi sifatida

Bolaning umumiy o`rta ta’lim maktablarida o`qiy boshlashi uning hayotidagi o`zgarishlar bilan bog`liqdir. Bolada muhim o`zgarishlar ro`y bera boshlaydi. Bola biologik jihatdan ikkinchi «yahlitlanish» davrini boshdan kechiradi.
Maktab o`quvchilari 12 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan davrini o`z ichiga oladi.
5-9 sinf o`quvchilari organizimining tuzilishi va funktsiyalari bir tekisda rivojlanadi. Biroq gavda o`cish tezligining sekinlashishiga qaramay, qizlarda 12 yoshgacha, o`g`il bolalarda 13-14 yoshgacha vaznga nisbatan bo`y o`sishi tezroq bo`ladi; 11 yoshdan bolalarda skeletning suyaklanishi davom etadi, lekin uning turli qismlari har hil muddatda tugaydi.
Bu yoshdagi bolalar skeletida tog`ay to`qimalari ko`p bo`ladi. Suyak to`qimalari organik moddalarga boy va mineral tuzlar nisbatan ko`p bo`ladi, bo`g`imlar juda harakatchan, paylari oson cho`ziluvchan bo`ladi. Shuning uchun bolalarda qomatning turli hilda buzilishlari, umurtqa pog`onasining qiyshayishi, ko`krak qafasi shaklining o`zgarishi yuzaga kelishi mumkin.
Suyak tizimining rivojlanish xususiyatlariga ko`ra kichik maktab yoshida haddan tashqari jismoniy yuklanish, uzoq muddatli turg`un harakatlar qilish, balanddan va qattiq joyga sakrashlar man etiladi.
Mushak, buyrak, qon aylanish tizimida ham o`ziga hos o`zgarishlar sodir bo`ladi. Organizm qanchalik yosh bo`lsa, mushak ishi ta’sirida qonning daqiqalik hajmi ortishi kattalardagiga nisbatan shunchalik kam bo`ladi, bu hodisa yurak hajmining kichik bo`lishi va uning funktsional xususiyatlari bilan tushuntiriladi. Shuning uchun hatto uncha og`ir bo`lmagan ishlarni bajarishda ham yurakning bir daqiqadagi soni kattalardagiga nisbatan ancha yuqori bo`ladi.
5-9 sinf o`quvchilarning yuragi nisbatan katta, qon tashuvchi tomirlari kattalarnikiga qaraganda keng, tomir devorlari esa elastikroq bo`ladi. YUrak urishi (1 minutda 70-72 marta), nafas olish me’yori tez (1 minutda 20-22 marta), yuzaki bo`ladi. Shu sababli jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida harakat ko`nikma va malakalarini tashkil toptirishda hamda jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonida yoshni hisobga olish joiz. YUrak – tomir tizimining o`ziga hos xususiyatlari tortilish, og`irlik ko`tarish, qarshilikni engish bilan bog`liq bo`lgan mashqlarni bajarish talab qilinadi.
Mushak tizimi jadal ravishda rivojlanib boradi. Qo`lning mayda mushaklari rivojlanadi, innervatsion apparat yuqori rivojlanish darajasiga erishadi. Oyoqlarning mushak kuchi ortadi. Elkaning mushak paylari etarlicha rivojlangan bo`ladi. Mushaklarining kuchliligi umurtqa pog`onasining yumshoqligi bilan bir qatorda uzoq vaqt davomida qimirlamay turib yuklamani bajarish vaqtida qaddi - qomatning shakillanishiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumki, kattalarning bevosita ta’siri natijasida, mustaqil faoliyat jarayonida, shuningdek atrof muhitdan olayotgan axborotlari ta’sirida rivojlanadi. Ular maktabda va undan tashqari sport mashg`ulotlariga qatnaydilar, harakatlanadilar va shu bilan birga atrofdagi voqealarni qiziqish bilan kuzatadilar, turli hil sport musobaqalarini kuzatadilar o`qituvchi va murabbiylarga murojat qilib ularning topshiriqlarini bajaradilar.
To`g`ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya darslari katta yoshli o`quvchilarda tafakkur, xotira, tashabbus, tasavvur mustaqillikning rivojlanishiga gigienik ko`nikmalarning paydo bo`lishiga ko`maklashadi. Katta sinf o`quvchilari ham atrofdagi olam to`g`irsida yorqin tasavvurlarning shakllanishida hissiy tajribalari katta ahamiyatga ega bo`ladi. Bu davrda ham o`yin faoliyatining yetakchi turi hisoblanadi, lekin bu odatda ko`p vaqtini qiziqarli o`yinlar bilan o`tkazgani uchun emas, - o`yin uning ruhiyatida sifat o`zgarishini yuzaga keltiradi. 5-9 sinf o`quvchisining o`yini ancha takomillashadi: unda hayotiy tajriba qo`lga kiritiladi, muayyan maqsad aniq namoyon bo`ladi, ijodiy tasavvur ko`zga tashlanadi va rivojlanadi. Yildan yilga uning tafakkuri va aqli rivojlanishidi.
Sog`lom insonni tarbiyalashda eng muhim vositalardan biri jismoniy mashqlar, harakatli o`yinlar va sport ermak o`yinlari sanaladi. YUqori sinf o`quvchilari bilan jismoniy mashqlarni bajarganda, ularning salomatligini kuzatib borish, tashqi ko`rinishiga, kayfiyatiga charchashiga e’tibor berish juda muhim. Har bir hatto mutloqo sog`lom bola ham yilda 1-2 marta tibbiy ko`riqdan o`tkazilgani ma’qul. Bunda bolaning bo`yi og`irligi ko`krak qafasining aylanasi ko`rsatkichlarini yozib borish tavsiya etiladi, bu uning to`g`ri rivojlanishini kuzatib borish imkonini beradi.
Katta yoshli maktab o`quvchilarining asab tizimi ham takomillashadi: bosh miya po`stlog`ining analitik va sintetik funktsiyalari mukammalashadi, miyaning og`irligi sezilarli ravishda oshadi. Harakat analizatorlari jadal rivojlanadi, harakatlarni farqlay olish aniqligi tobora ortadi.
Katta yoshli maktab o`quvchilarining tomir-mushak sezgilari , ko`rish sezgilari , rangni sezuvchanlik sezgilari yaxshilanadi.
Bu davrdagi asosiy tarbiya vazifalaridan biri shaxsning ijtimoiy yo`nalganligini takomillashtirishdir. Bu davrda bolalarda idrok etarlicha aniq uyushgan va barqaror.
O`quvchining bilish faoliyatida xotira juda muhim ahamiyatga ega. 12-16 yoshdagi o`quvchi xotirasining tabiiy imkoniyatlari nihoyatda katta; ularning miyasi shunday egiluvchanlik xususiyatiga egaki, bu biror narsani oson va tez, so`zma-so`z eslab qolishga imkon beradi.
Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish jarayonida bolada shuningdek harakat xotirasi ham rivojlanadi. Bu yoshdagi o`quvchilarning tafakkuri o`zining aniqligini saqlab qoladi. Shuning uchun uni predmetli-obrazli tafakkur, deb atash mumkin.
Jismoniy tarbiyada ta’limning asosiy vazifasi harakat maktabini tashkil etishdir: 12-16 yoshdagi o`quvchilarning egallagan ko`nikma va malakalarni takomillashtirish, ularni yangi malakalar bilan to`ldirish, harakatlarni tejamkorlik bilan bajarib, murakkab bo`lmagan harakatlarning uyg`unligini aniq bajarishga erishish.
Harakatlarni vaqt na fazoda boshqarishni o`rgatish. Bunda harakatlarni to`g`ri bajarish tehnikasining asosi jamlanadi, harakat madaniyati ta’minlanadi. 5-9 sinf o`quvchilarining harakatlarni o`ylab topishga, ularni muhokama qilib, nima uchun ular aynan shunday bajarilishi kerak, boshqacha emas, hatolarini aniqlab, bajarilish sifatini baholay bilishga o`rgatish lozim.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonida yangi ko`nikma va malakalar shakllanadi. Maktab o`quvchilari uchun harakatlarni bajarish va harakatlar uyg`unligini takomillashtirishning negizi bo`lib hisoblanadi.
Harakat uyg`unligi butun maktab davri davomida xususan kichik yoshdan boshlab rivojlanadi.
SHy davrda alohida tashkil etilgan va yo`naltirilgan pedagogik ta’sir etish yaxshi samaradorlikni ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasining ko`pgina olimlari fikricha, o`sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiyalashdan maqsad shaxsning jismoniy va ma’naviy madaniyati asoslarini shakllantirish, salomatlik zahiralarini sog`lom turmush tarzida faol hamda uzoq muddat davomida amalga oshirilayotgan qadriyatlar tizimi sifatida yuksaltirilishidan iboratdir. Ularning mulohazalaridan kelib chiqsak, katta maktab yoshidagi o`quvchilariga nisbatan tatbiq etilsa, jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan tarkib topadi.
- o`quvchilarda salomatlik, jismoniy tarbiya va sport qadriyatlarini o`zlashtirishda ongli ehtiyojni shakllantirish;
- o`quvchilardagi jismoniy sifatlar, harakat ko`nikma va malakalari rivojining zarur hamda etarli darajasini ta’minlovchi jismoniy imkoniyatlarning tabiiylikka muvofiq va individual - mos rivojlantirilishi;
- katta maktab yoshidagi o`quvchilariga umumiy jismoniy ma’lumotlarni berish, bunda ularning jismoniy tarbiyasiga oid aqliy, tehnologik, ahloqiy, etik va estetik qadriyatlarni o`zlashtirishga erishish;
- bilimlarning mustaqil mashg`ulotlar o`tkazish ko`nikmalari darajasida dolzarblashuvi.




    1. Yüklə 202,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin