Asinxron dvigatelning magnit maydoni, asosiy tenglamalari va energetikasi



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə12/16
tarix20.01.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#79866
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2 ASINXRON DVIGATELNING MAGNIT MAYDONI, ASOSIY TENGLAMALARI VA ENERGETIKASI

Magnit maydonlarni aylanma (a) va elliptic (b)
xarakatlanish diagrammasi
Bir-biriga nisbatan 90 el. grad. surilgan ikkita cho‘lg‘am yordamida aylanuvchi magnit maydonini olish uchun, quyidagi shartlar bajarilishi: a) cho‘lg‘amlarning MYuK lari teng bo‘lishi (FA = FВ), v) cho‘lg‘amdagi tok IA va IВ lar faza bo‘yicha bir-biriga nisbatan 90 el. grad. siljigan bo‘lishi kerak
Yuqorida ko‘rsatilgan shartlardan birortasi aniq bajarilmasa, magnit may-doni, doiraviydan farq qiladigan eliptik magnit maydoni bo‘lib qoladi.
Bu maydonning magnit induksiyasi vektori uchlari aylanganda, aylana emas balki ellipsni chizadi (4.15-rasm, b), bundan tashqari, magnit induksiyasi vektorining oniy aylanish tezligi o’zgarmas bo’lmay qoladi (n = var).
Elliptik maydonni turli tomonlarga aylanadigan va qiymati bo‘yicha teng bo‘l-magan, ikkita doiraviy: to‘g‘ri va teskari maydonning yig‘indisi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Teskari aylanuvchi maydon to’xtatuvchi momentni hosil qiladi va u dvigatelni ishchi xossalarini yomonlashtiradi.
Bir fazali asinxron dvigatellarning tuzilishi uch fazali asinxron dvigatellardan farq qilmaydi (4.14-rasmga qarang). Faqat o‘xshamaslik shundaki, bir fazali asinxron dvigatellarning statorida, uning 2/3 pazlarini egallagan bir fazali cho‘lg‘am joylash-tiriladi.
Bunday cho‘lg‘am, eng samarali foydalanish nuqtai-nazaridan tanlangan. Statorning barcha pazlarini cho‘lg‘am bilan to‘ldirilganda xam magnitlovchi kuch va cho‘lg‘amning elektr yurituvchi kuchini ko‘payishi shunchalik kam bo‘ladiki, u misning qo‘shimcha sarfini va undagi elektrik isroflarni oqlamaydi.
Statorning bir fazali cho‘lg‘amlari yoki ikki qatlamli, yoki bir qatlamli qilinadi. Stator pazining to‘lg‘azilmagan 1/3 qismi ishga tushirish cho‘lg‘ami uchun foyda-laniladi. Bu cho‘lg‘amning o‘qi, ishchi cho‘lg‘amning o‘qiga nisbatan 90 el. grad. siljigan.
Bir fazali asinxron dvigatellarning rotor cho‘lg‘ami xar qachon qisqa tutashuvli qilinadi.
Eng ko‘p qo‘llaniladigan bir fazali asinxron dvigatellar 18 dan 600 Vattgacha quvvatga ega bo‘lib, 127, 220 va 380 V kuchlanishlarga xisoblanadi.



Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin