Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Narsalarni 10 tagacha sanay olish



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə14/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

Narsalarni 10 tagacha sanay olish - bu malakalar bolalarda asosan, o‘yinlar
davomida shakllanadi. Ular 10 ichida necha?, nechta?, qancha?, nechanchi? kabi
savollarga javob berish orqali narsalarni 10 tagacha sanay olish malakalarini
o‘zlashtiradilar. Chunki 4-5 yoshga kelib bolalar sonning miqdoriy tarkibini biladi,
matematik tushunchalardan foydalanadi (ko‘p, kam, jami, shuncha), «ko‘proq»,
«kamroq», «teng». Ular ketma-ketlikda sanaydi, ko‘pliklarni taqqoslay oladi.
Masalan, tayyorlov guruhidagi mashg‘ulotlarning birinchi qismida 5 sonining o‘zidan
kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va
oval chiza olish malakasi qaraladi, 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat
tarkibi o‘rganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismda «Nima
o‘zgardi?» o‘yinida buyumlar to‘plamini sanash (masalan, samolyotlar zvenolari
nechtaligini, har qaysi zvenoda nechtadan samolyot borligini, hamma samolyotlar
nechtaligini aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Mashg‘ulotning tuzilishi
dastur bo‘limlarining hajmi, mazmuni, ko‘rgazmaliligi, tegishli bilim va
ko‘nikmalarniig o‘zlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bog‘liq.

Sanok va tartib sonlardan to‘g‘ri foydalanish ham shu savollarga to‘g‘ri
javoblar topish, didaktik va qurish – yasash o‘yinlari davomida sanoq va tartib
sonlarni qo‘llash orqali rivojlantiriladi. Bolalar (o‘rta, katta va maktabga tayyorlash
guruhlarida), buyumlarni va geometrik figuralarni har xil alomatlari bo‘yicha
guruhlarga ajratishni, o‘yinchoqlar, figuralar, jadvallar to‘plamiga tayyorlov


guruhlarida «qancha» so‘zi bilan savollar o‘ylab topishni mashq qiladilar.


Shuningdek, «Qo‘shnilaringni top», «Men qaysi sonni o‘tkazib yubordim?»,
«Kim ko‘p bilsa, u uzoq sanaydi» kabi o‘yinlar o‘tkaziladi. Yangi materialni
tushuntirishda tarbiyachining yoki doskaga chiqarilgan bolaning harakatlari hamma
bolalarga ko‘rinib turishi muhim.


Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin