Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


Matematik tasavvurlarni rivojlantirishda o‘yinlar



Yüklə 253,29 Kb.
səhifə26/55
tarix05.12.2023
ölçüsü253,29 Kb.
#173076
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m-fayllar.org

Matematik tasavvurlarni rivojlantirishda o‘yinlarning ham ahamiyati
beqiyos. Bilimlarni mustahkamlashda didaktik o‘yinlar, jumladan, stol bosma
o‘yinlari, sanamalar asosida boshlanadigan xalq o‘yinlari, piramidachalar va boshqa
o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan o‘yinlar muhim rol o‘ynaydi. Hamma yoshdagi
guruhlarda bajariladigan mashqlar, o‘yin elementlari syurpriz moment ko‘rinishida,
o‘xshash harakatlar, ertak qahramoni va boshqalardan iborat bo‘ladi. Tayyorlov
guruhlarda bunday mashqlar izlanish, musobaqa xarakterini oladi. Bu yoshda fazoda
mo‘ljal olish mashqlarini ta’minlovchi o‘yinlarga katta ahamiyat beriladi. Geometrik
shakllarni bilish, kattalik belgilarini ajrata olish va ular orasida o‘lchov
munosabatlarini o‘rnata olish malakasi, buyumlar orasida fazoviy munosabatlar
o‘rnata olishdan tashqari bolalar doimiy ravishda rasm solish, loy va plastilindan
narsalar yasash, konstruksiyalash va boshqa mashg‘ulotlarda foydalanishlari lozim.
Bolalarning bilimlari borgan sari mustahkamroq va ta’sirchanroq bo‘lib boradi,
yangi sharoitlarga o‘tkaziladi, bolalar ularni mustaqil qo‘llashga o‘rganadilar.
Bolalarni sanashning, o‘lchay olishning muhim ekaniga ishonch hosil qilishlarida
ularga yordam berish zarur. Kattalar o‘zlarining matematik bilimlaridan qanday
foydalanishlari (masofani o‘lchashlarini, o‘lchovni qanday olishlari buyumlarni
sanashlarini va h. k.) ni kuzatish tashkil qilinadi. Tarbiyachi bolalarga nima uchun
hayotda o‘lchay olish, sanash va hokazolar kerakligini tushuntiradi. Maktabgacha
ta’lim yoshdagi bolalarda matematik bilimlarga va ularni egallashga qiziqish
uyg‘otish zarur. Bolalar (o‘rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida) buyumlarni
va geometrik figuralarni har xil alomatlari bo‘yicha guruhlarga ajratishni,
o‘yinchoqlar, figuralar, jadvallar to‘plamiga «qancha» so‘zi bilan savollar o‘ylab
topishni mashq qiladilar. Shuningdek «Qo‘shnilarini top», «Qaysi son tushib



Yüklə 253,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin