Masalan, bolaga 10 ichida matematik amallar bajarish taklif etiladi.
1+1=2 2+1=3 3+1=? 4+1=? 5+1=? 6+1=?
7+1=? 8+1=? 9+1=? ...
Keyingi etapda topshiriqlar mazmuni murakkablashtiriladi
.
5+2=? 2+7=? 5+2=? 4+3=? 5-2=? 9-7=?
5+3=? 2+6=? ...
Ta’limiy o‘yinlar. Bolani didaktik material bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda
yangi narsalarni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini
tarbiyalash, narsalarning o‘lchami,
shakli, rangi haqidagi tushunchalarini boyitish vazifalari amalga oshiriladi.
“Mozaika”, “Domino”, “Pazl”, “Tangramma” o‘yinlari (doira, uchburchak,
kvadrat) xos shakllarning o‘zaro munosabatlari ichida to‘g‘ri mo‘ljal olishga, bir
necha qismlardan (qirqma rasmlar, kubiklar) bir butunni hosil qilishga,
bir xildagi
narsalarning bitta sensor belgisi (rang, shakl, o‘lcham) bo‘yicha mosligi va
farqlarini aniqlashga, qiyoslashga va guruhlashga o‘rgatishni ko‘zda tutadi.
Bunday
o‘yinlar aqliy tarbiyalashning muhim vositasi hisoblanadi. Ta’limiy o‘yinlar
bolalarda bilish jarayonlarini, fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi.
Didaktik
o‘yinlarning muhim jihati bolalarning fikrlash faolligini, mustaqilligini
va nutqini
rivojlantirishidir. O‘yin vositalari sifatida turli o‘yinchoqlar, konstruktorlar (koptok,
piramida, kub...) yordamchi vositalar sifatida misol bo‘la oladi.
Dostları ilə paylaş: