Rivojlanish markazlari bolalarga o‘zlarining shaxsiy ko‘nikmalari va
qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya
jarayonini mustaqil
individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san’at markazida bir bola qog‘oz
qirqadi, boshqa bola esa shu qog‘ozdan qaychi bilan o‘zi o‘ylagan shaklchani kesib
oladi. Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar markazida bir bola to‘rtta yog‘och kubikdan
shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo‘lakli karton qog‘ozli tasvirni
tuzishni ma’qul ko‘radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning
rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so‘ng u bolalarga
vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu
vazifalarni bajarishda bolaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam beradi. Bunday yo‘l
tutish
tufayli bola samarali tarzda rivojlanadi.
Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini
o‘ynaydilar, mashg‘ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini
ta’minlaydilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan xolda
faoliyat turlarini rejalashtiradilar.
Kun tartibi turli mashg‘ulot turlarini o‘zida qamrab olishi lozim:
kichik
guruhlarda, birgalikda va tarbiyachi hamkorligida individual tartibda (individual)
yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg‘ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki
bolalar ongli tanlab olishni o‘rganadilar, o‘z qiziqish
va qobiliyatlarini amalga
oshiradilar). Bolalarning o‘z tanlovlarini amalga oshirishi, muammolarni hal etishi,
atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad qo‘yishi
va unga
erishishni bilishlari lozim.
Guruhlardagi markazlar shunday tarzda yaratilishi kerakki, u bolaga mustaqil
tanlash imkonini bersin. Har bir guruhda 6 ta markazlar bo‘lib,
ularning har birida
izlanish va o‘yinlar uchun yetarli miqdordagi materiallar saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: